Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
-bob. Yakunlovchi qoidalar
Download 163.3 Kb.
|
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
29. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborish hududiy xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan Komissiyaning xulosasiga ko‘ra ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. 30. Komissiya faoliyati ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qaroriga 6-ILOVA Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi) o‘quvchilarini (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchilar) kasbga o‘qitish kurslarini (keyingi o‘rinlarda — o‘quv kursi) tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. O‘quv kurslari alohida e’tiborga muhtoj 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun ko‘maklashish natijasida bitiruvchilarning quyidagi samaradorlik mezonlariga erishish ko‘zda tutiladi: o‘rgangan kasbi bo‘yicha mustaqil faoliyat yurita olish; kasbiy faoliyatida kasbga doir texnologiyalarni to‘g‘ri va xatosiz tanlash va qo‘llay olish; xomashyoning yuqori sifatiga baho bera olish va mahsulotni sifatli tayyorlay olish; ishlab chiqarishda texnologik talablarni bajarish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, ish vaqtini mustaqil rejalashtira olish, o‘zini muntazam nazorat qilish, ish jarayonidagi vaziyatlarga baho berish va to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish; ish beruvchi va ishchi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mehnat haqidagi qonunlarni bilish; mehnat faoliyatiga ijodkorlik bilan yondasha olish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kreativ tashabbuslar ko‘rsata olish; bajargan ishi bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatni va javobgarlikni his qilish. 3. O‘quv kurslari alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rganishini, ularda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishni, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning kasb-hunarga ega bo‘lishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishini ta’minlaydi. 4. O‘quv kurslari barcha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida 10-11-sinf (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarning 8-9-sinf) o‘quvchilari uchun tashkil etiladi hamda ta’lim berish muddati 2 yil bo‘ladi. 5. O‘quv kurslarini ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan ro‘yxat asosida o‘rgatiladigan kasbga mos zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda xomashyo materiallar bilan ta’minlash ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi joylashgan tuman (shahar) hokimligi tomonidan amalga oshiriladi. O‘quv kursida o‘rgatiladigan kasblarning malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. Download 163.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling