Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
-bob. Ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarini tashkil etish tartibi
Download 163.3 Kb.
|
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid
3-bob. Ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarini tashkil etish tartibi
7. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladi va hududiy tegishlilik bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi. 8. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda hududiy xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan hududdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan, maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi. Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish to‘g‘risida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga bir oy muddatda o‘rganish va ekologik qulay mintaqadagi mavjud obyektlardan namunaviy binoni ajratish yoxud ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etishda qo‘yiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maxsus loyiha bo‘yicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash to‘g‘risida topshiriq beradi. 10. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi. 11. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi turlarga bo‘linadi: skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar; sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari xavfi bo‘lgan guruh bolalari uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar. 12. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning eng ko‘p soni 250 nafardan oshmasligi kerak. Download 163.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling