Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Download 163.3 Kb.
|
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid
5-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
21. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish umumiy o‘rta ta’lim o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari asosida olib boriladi. 22. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq 1 — 11-sinflar hajmida o‘quvchilarga majburiy umumiy o‘rta ta’lim beruvchi sog‘lomlashtirish ta’lim muassasasi hisoblanadi. 23. Davolanish, sog‘lomlashtirish va ta’lim olishga muhtoj bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 1 — 11-sinflariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi yo‘llanmalari asosida, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, shuningdek, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan qabul qilinadi. 24. Bolalarni qabul qilish o‘quv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 25. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida bolalarning bo‘lishi muddati tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq va psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan, lekin 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida bo‘lishi muddati tugagan bolalarning muassasada bo‘lish muddati qayta uzaytirilmaydi. 26. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari rivojlanishi xavfi mavjud guruhdagi bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi to‘ldirilishi kamida 25 nafarni, skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi to‘ldirilishi esa — kamida 20 nafarni tashkil qiladi. 27. O‘quv yilining boshlanishi, darslar va ta’tillarning davomiyligi, shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish va ta’lim olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 28. Ta’lim olish, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish, davolanish va dam olishni asosli ravishda uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan kun tartibi bolalarning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida bo‘lishi muddatini hisobga olgan holda tuziladi. 29. Darsning davomiyligi I sinfda birinchi yarim yillikda — 35 daqiqa, ikkinchi yarim yillikda va boshlang‘ich ta’lim (maktab)ning II — IV sinflarida — 40 daqiqa, V va keyingi sinflarda — 45 daqiqa bo‘ladi. 30. Bolalarning mehnat tarbiyasi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi pedagogik va tibbiyot xodimlarining tibbiy ko‘rsatmalari hamda tavsiyalariga ko‘ra ta’limni egallangan mehnat ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirish asosida amalga oshiriladi. 31. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun turli to‘garaklar, qiziqishlariga ko‘ra klublar, seksiyalar (jumladan, vrachlar tavsiyalariga ko‘ra sport seksiyalari) va bolalarning intellektual hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan studiyalar tashkil etiladi. 32. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining psixologik ta’minotini muassasa shtatidagi psixolog amalga oshiradi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘quvchilarni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning maxsus kasbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, shuningdek, ularga turli ko‘rinishdagi psixologik yordam berish maqsadida professional psixologik yordam ko‘rsatish xonalari tashkil etiladi. Download 163.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling