Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 163.3 Kb.
bet24/45
Sana07.04.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1339368
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid

4-bob. Yakunlovchi qoida
21. Mazkur Tartib talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qaroriga
3-ILOVA
Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom alohida sharoitlarda davolanish va sog‘lomlashtirishga, ta’lim va tarbiya olishga muhtoj bolalar huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan hamda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) faoliyatini tartibga soladi.
2. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, o‘z ustaviga amal qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi va davolanish, sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarga ularning bilim olish imkoniyatlariga muvofiq ravishda umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish va tarbiya olishida yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.
4. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘limlarida shaxsiy hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga ega bo‘ladi.
5. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining vazifalari
6. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
shaxsning aqliy, hissiy va jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;
barkamol, jismonan va ma’naviy sog‘lom shaxsni voyaga yetkazish, o‘quvchilarda madaniy-estetik qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
davlat ta’lim standartlari asosida sifatli ta’lim olish, shu jumladan, kasbga yo‘naltirish, bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli bolalarni taqdirlash va qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning psixofiziologik yosh xususiyati, moyilligi, qobiliyati, qiziqishi, hayoti va sog‘lig‘i muhofazasi talablariga muvofiq ravishda reabilitatsiya hamda davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishni ta’minlash.

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling