Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-bob. O‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish


Download 163.3 Kb.
bet32/45
Sana07.04.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1339368
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Bog'liq
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid

4-bob. O‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish
18. O‘quvchiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi asosida ta’lim-tarbiya beriladi.
O‘quv rejasidagi haftalik soatlar miqdori 1 — 4-sinflar uchun 8 soat, 5 — 9-sinflar uchun 10 soatni, 10-11-sinflar uchun 12 soatni tashkil qiladi.
19. Dars jadvali maktab tomonidan o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ishlab chiqiladi hamda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Dars jadvali haftasiga kamida uch kunga moslab tuziladi.
20. O‘quvchining qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiq o‘quv rejasida ko‘rsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi.
Bunday o‘zgartirish maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq o‘quv rejasidagi bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
21. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish maktabning o‘quv dasturi, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish esa — aqli zaif bolalar uchun jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi.
22. Dars soatining davomiyligi jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun 45 daqiqa, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun 40 daqiqadan iborat bo‘ladi.
Dars mashg‘ulotlarida o‘quvchining olgan baholari ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladigan baholash daftariga qayd etib boriladi.
O‘quvchining baholash daftariga qo‘yilgan baholar o‘quvchi ro‘yxatda turgan maktabning sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib boriladi.
23. Ota-onalar tomonidan baholash daftariga o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi.
O‘quvchi olgan baholarning sanasi va dars mashg‘ulotining mavzusi sinf jurnalidagi sana va mavzuga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
24. O‘quvchi og‘ir miya jarohatlari, bosh miyada bo‘lgan jarrohlik operatsiyalari, shuningdek, kasalligi zo‘raygan davrda yoki o‘quvchining ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladigan boshqa holatlarda tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasiga asosan, unda ko‘rsatilgan muddatga o‘qishdan ozod etilishi mumkin.
25. O‘quvchilar uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat attestatsiyasi maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib o‘quvchining uyida yoki maktabda tashkil etiladi.
26. Yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchiga ta’lim olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat beriladi.
Mazkur hujjatga o‘quv rejasi bo‘yicha o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan fanlar uchun baho qo‘yiladi, dars mashg‘ulotlari o‘tilmagan fanlarga baho qo‘yilmaydi hamda uning o‘rniga “ozod etilgan” degan so‘zlar yozib qo‘yiladi.
27. Dars mashg‘ulotlarining o‘qituvchilar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli olib borilishi hamda o‘quv dasturlarining to‘liq bajarilishi maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling