Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-bob. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktab direktori, sinf rahbari, o‘qituvchilar hamda ota-onalarning huquqlari va majburiyatlari


Download 163.3 Kb.
bet33/45
Sana07.04.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1339368
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid

5-bob. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktab direktori, sinf rahbari, o‘qituvchilar hamda ota-onalarning huquqlari va majburiyatlari
28. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktab direktorining huquqlari quyidagilardan iborat:
uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish jarayonida yuridik va jismoniy shaxslardan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish;
ota-onalardan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun sharoit yaratishni talab qilish;
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga uyda yakka tartibda ta’lim berishning o‘quv dasturlarini takomillashtirish, interaktiv usullar va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish borasidagi takliflar bilan murojaat qilish.
Maktab direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
29. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktab direktorining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
o‘quvchini jonkuyar va mas’uliyatli mutaxassis o‘qituvchi bilan ta’minlash;
o‘quvchining imkoniyati va qobiliyatiga mos ravishda ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash;
o‘quvchining maktab o‘quvchilari va jamoasi bilan ijtimoiy muloqotda bo‘lishini ta’minlash;
ota-onalarning ta’lim jarayoni bilan bog‘liq murojaatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqish va ularda ko‘tarilgan masalalarni hal etish choralarini ko‘rish.
Maktab direktori zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
30. Maktab direktori o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib uning sog‘lom bolalar bilan o‘zaro muloqot qilish malakasini rivojlantirish hamda hayotga ijtimoiylashuviga ko‘maklashish maqsadida o‘quvchini inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun maktabdagi dars mashg‘ulotlariga, darsdan tashqari o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga hamda korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarga jalb qilishi mumkin.
31. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda sinf rahbarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
dars mashg‘ulotlarining olib borilishini nazorat qilish;
ota-onalar va o‘quvchining o‘qituvchilar bilan muntazam hamkorligini ta’minlash;
o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib ota-onalar bilan kelishgan holda uni maktabda yoki sinfda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga taklif etish.
32. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda o‘qituvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
o‘quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o‘quv dasturlarining o‘zlashtirilishini ta’minlash;
o‘quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlash, atrof muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;
o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuyg‘ularini tarbiyalash;
o‘quvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish;
dars mashg‘ulotlari rejasini tuzish;
dars mashg‘ulotlariga oid bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida yuritish hamda o‘quvchining o‘zlashtirishi bo‘yicha baholash daftariga qo‘yilgan baholarni sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish.
Sinf rahbari va o‘qituvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
33. O‘quvchiga ta’lim berayotgan o‘qituvchilarga belgilangan tartibda qo‘shimcha haq va yo‘l haqi kompensatsiyasi to‘lanadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
34. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda ota-onalarning huquqlari quyidagilardan iborat:
farzandining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish;
o‘qituvchining ruxsati bilan dars mashg‘ulotlarida qatnashish;
farzandining ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur hollarda o‘qituvchi, psixolog, defektolog va boshqalardan maslahat olish;
farzandiga ta’lim berayotgan o‘qituvchi faoliyatidan qoniqmagan taqdirda, uni boshqa o‘qituvchi bilan almashtirish to‘g‘risida maktab rahbariyatiga murojaat etish;
dars jadvalini tuzish, o‘quv dasturlarini belgilash bo‘yicha takliflar berish.
Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
35. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda ota-onalarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
farzandining ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash;
vrach tavsiyalari va farzandining kun tartibi to‘g‘risida o‘qituvchini o‘z vaqtida xabardor qilish;
dars mashg‘ulotlarining olib borilishi hamda o‘qituvchi faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish;
o‘quvchining sog‘lig‘i to‘g‘risida maktab rahbariyatini o‘z vaqtida xabardor qilish;
o‘qituvchi dars mashg‘ulotlariga kelmay qo‘ygan taqdirda, bu haqda maktab rahbariyatini xabardor qilish;
farzandi tomonidan uy vazifalarining bajarilishini ta’minlash.
Ota-onalar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling