Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayoni ishtirokchilari
Download 163.3 Kb.
|
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini boshqarish
7-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayoni ishtirokchilari
41. O‘quvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar o‘rnini bosuvchi shaxslar, pedagogik, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi. 42. O‘quvchilar bepul umumiy o‘rta ta’lim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish hamda ixtisoslashtirilgan sog‘lomlashtirish ta’lim muassasalari uchun belgilangan normalar asosida bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanish, qiziqishlariga qarab turli to‘garaklar, klublar, seksiyalarga (jumladan, vrach tavsiyasi bilan sport seksiyalariga), bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan studiyalarga qatnash huquqiga ega. 43. O‘quvchilar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartibiga, shuningdek, sanitariya normalari va qoidalariga amal qilishlari shart. 44. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi o‘quvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi. 45. Tegishli kasbiy ma’lumotga, tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadir. 46. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati, bolaga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam darajasi bilan tanishish huquqiga ega. 8-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini boshqarish 47. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlangan direktor ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qiladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori bilan mehnat shartnomasi har yili yangidan tuziladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktoriga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan malakaviy talablar qo‘yiladi. 48. Direktor ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassasa mol-mulkini boshqaradi va shartnomalarni imzolaydi. 49. Direktor: ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va mazkur muassasaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning mas’ullik darajasini belgilaydi; o‘z vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda ta’lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini hal qilish bilan bog‘liq takliflarni tegishli xalq ta’limi organlariga kiritadi; pedagog va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi; qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Direktor har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi. 50. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya, pedagogik, metodik hamda kuzatuv kengashlari tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ushbu kengashlarning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar faoliyati tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Download 163.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling