Hozirgi zamon basketbol o’yinining rivojlanish tarixi 1891 yilning dekabr oyidan boshlangan


Download 97.05 Kb.
bet12/14
Sana23.09.2023
Hajmi97.05 Kb.
#1685421
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Sport texnikasiga o’rgatish O’yin usullarini o’rganishda shug’ullanuchilarda ma’lum harakat malakalari shakllanadi. Bu malakalar shakllanadigan jarayonni, ya’ni texnik usullarini o’rganishni to’rtta o’zaro bog’liq bosqichga shartli ravishda, bo’lish mumkin:
1. O’rganilayotgan usul haqida tushuncha hosil qilish.
2. Usulni soddalashtirgan, maxsus yaratilgan sharoitlarda o’rganish.
3. Murakkablashtirilgan sharoitda usulni o’rganish.
4. Usulni o’yinda mustahkamlash.
Qaysi bosqichligiga qaramasdan o’rganilayotgan harakat o’rgatish jarayonining butun davomida tahlil qilinadi va xatosi to’g’rilanib boriladi.
O’yin jarayonining murakkabligi va uning o’ziga xosliligi har xil omillarni hisobga olishni talab qiladi, shu munosabat bilan o’rgatishning har bir bosqichida o’ziga xos ayrim pedagogik vazifalar paydo bo’ladi.
O’rgatishni bu bosqichida shug’ullanuvchilar o’rganiladigan usul bilan tanishadilar, ularda harakat to’g’risida aniq tushuncha hosil bo’ladi. Shug’ullanuvchilar usulni aqliy yoki ko’z oldilariga keltiribgina qolmay, harakatni qanday bajarishlik jarayoni to’g’risida tasavvur hosil qilish uchun uni bajarishlari lozim. Harakatni ko’rsatib va tushuntirilayotganda shug’ullanuvchilar butun e’tiborlarini uni asosiy tomoniga qaratishlari kerak. Usul bir necha marta ko’rsatiladi: avval o’yinda qanday qo’llanilsa shunday ko’rsatiladi, so’ngra sekin uni asosiy qismlariga e’tiborini jalb qilib ko’rsatiladi. Ko’rsatish, shug’ullanuvchilar anglab olishlari va ongli ravishda ularni o’zlashtirishlari maqsadida yaxshi qisqa tasviriy tushuntirish yordamida bajariladi. Usul to’g’risida tushuncha hosil qilish, butun shug’ullanuvchilar mashqni bajarishlari bilan tamomlanadi.


Soddalashtirilgan sharoitda usulni o’rgatish Texnika usullarini bevosita o’yinda o’rganish mumkin emas. O’rganishning boshlang’ich bosqichida usulni o’rgatish soddalashtirilgan sharoitlarda bajarilishi lozim: joyda hech qanday qarshiliksiz to’pni ilish oson bo’lgan joyga uzatayotgan o’qituvchi bilan va h.k. Bunday sharoitda shug’ullanuvchi shoshmasdan bajarishi lozim bo’lgan harakatni aniq, bexato bo’lishiga o’z e’tiborini qaratadi. Soddalashtirilgan sharoitda mashq bajarilayotganda shug’ullanuvchilar xatolarga yo’l qo’yadilar: harakat strukturasini buzishlari, yoki keraksiz ortiqcha harakatlarni bo’lishligi, yoki harakatlarni ba’zi bir qismlari noto’g’ri bajariladi. Noto’g’ri harakatlar iloji boricha tez va sinchkovlik bilan tuzatilishi lozim. Agar xatolarga e’tibor berilmasa, u holda ko’p takrorlanish natijasida ular mustahkamlashib qolishi mumkin va keyinchalik o’rgatish jarayonini sekinlashtirishi mumkin.
Xatoni o’z vaqtida ko’rish va uni kelib chiqish sababini aniqlab (dastlabki holatni noto’g’riligi, usulni noto’g’ri tushunish va h.k.) olish darkor. Xatoni qanday harakat eridaligiga qarab murabbiy uni to’g’rilash uchun har xil yo’l tutadi.
Agar xatoni u yoki bu shug’ullanuvchi qilsa, unday holda uni oldiga borib xatoni to’g’rilash lozim. Mabodo ko’pchilik shug’ullanuvchilar u yoki bu xatoni qilsalar, unday paytlarda butun guruhni e’tiborini jalb qilib to’g’rilash lozim.
Harakat (usulni) to’g’ri bajarilishida, uni qachon boshlash va tugatish maqsadida, har xil belgilar (stoykalar, biron bir belgi, to’p, to’ldirma to’p va shu kabilar)dan foydalanish yaxshi natija beradi.



Download 97.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling