Hozirgi zamon psixologiya fanining dolzarb vazifalari
Download 0.62 Mb.
|
Psixologiya fanining dolzarb masalalari11.22docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. SHAXS PSIXOLOGIYA
SM19_BT_22 talabasi sharipova saidaning umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan REFERAT Psixologiya fanining dolzarb masalalari Reja:
1. FAOLIYATNING PSIXOLOGIK TAHLILI 2. MOTIVASIYA VA EMOSIYA PSIXOLOGIYASI 3. SHAXS PSIXOLOGIYA4. SEZGI VA IDROKPsixologiya fani boshqa fanlar qatori o'ziga xos nazariy va amaliy vazifalarga ega. Bu vazifalar mustaqillik davridagi qabul qilingan «Ta'lim to'g'risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», hamda «Uzliuksiz ta’lim standartlari davlat tizimi” talablardan kelib chiqqan holda ilmiy, nazariy va uslubiy asoslarga ega. Bularning barchasi milliy istiqlol g'oyasini yoshlar ongi va qalbiga singdirish asosida amalga oshadi. Shuning uchun ham hozirgi zamon psixologiyasini quyidagi yo'nalishlarda dolzarb vazifalarni belgilash maqsadga muvofiqdir. 1. Psixologiya fanining ilmiy vazifalariga shu fan qonuniyatlari asosida nazariy va amaliy bilimlarga tayangan holda zamon ruxidagi shaxslarning o'rganishga qaratilgan faoliyat jarayonini tashkil etadi. Shuning bilan birgalikda uning metodologik asoslarini shu fan yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlari, yangiliklar, psixologiyaga oid qonunlar va bir qator bugungi zamon ruxini bayon etadigan adabiyotlar ro'yxati tashkil etadi. Ushbu keltirilgan faktlar psixologiyaning ilmiy vazifalarini ochib berishda mustaqil O'zbekiston Respublikasi taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan faoliyat jarayoniga milliy istiqlol g'oyalarini singdiruvchi jamiyat a'zolarini barkamolligini belgilab beradi. 2. Psixologiyaning nazariy vazifalari: shu fanning qonuniyatlarini, metodlarini, prinsiplari, statistik ma'lumotlarga asoslangan holda shaxsning psixik xususiyatlari va prosesslarini, fiziologik jixatlarini o'z ichiga oladi. 3. Psixologiyaning amaliy vazifalari: shu fanni o'rganish jarayonida olgan nazariy bilimlarni amaliyot jarayonida qo'llay bilish, jamoada sog'lom zamon talablariga javob bera oladigan shaxslarni o'zaro munosabatlarini to'g'ri yo'lga quyish, milliy g'oya va mafkura talablari asosida faoliyat jarayonini shakllantirishdan iboratdir. Shu asnoda biz ko'zlagan oliy maqsad ozod va obod Vatan erkin va farovon turmush tarzini yaratishga xizmat qiladigan komil va fozil raqobatbardosh zamon ruxidagi shaxslarni tarbiyalash va ular talabini qondiradigan muxitni yaratishdir. 4. Hozirgi zamon psixologiyasi milliy istiqlol g'oyalaridan kelib chiqib milliy, etnikva xalq psixologiyasiga oid ajdodlarimizning psixologik qarashlarini, ular tomonidan bayon etilib o'z aksini topgan tarixiy, ma'naviy, madaniy, ma'rifiy manbalarni hozirgi kun talablari nuqtai – nazaridan tavqim etib barkamol shaxsni har tomonlama rivojlanishini ta'minlashda uning o'ziga xos shakllarini, yo'l va usullarini ishlab chiqishdan iboratdir. 5. Psixologiyaning qarama-qarshi metodlar bunda psixologik qarama-qarshi ot metodi muammosi, psixologiyadan qarama-qarshi metodi muammosi, psixologiyadan qarama-qarshi metodlari tarixidan qisqacha ma'lumot berilib, kuzatish va o'zini kuzatish, bu metodlarning bilishdagi roli, savol-javob, tajriba va psixologik testlar ustida to'xtaladi. Shu bilan birga har bir metodning afzalligi va kamchiliklari, bunday metodlarni amalda qo'llashning qulay shart-sharoitlari, ishonchli psixologik bilimlarni olish uchun matematikaning ahamiyati, psixologik tajribalarda hisoblash va boshqa texnikalarni qo'llash ustida fikr yuritiladi. 6. Psixologiyaning tabiiy-ilmiy asoslari. a) Odam markaziy nerv tizimini tuzilishi, uning ishi (vazifalari) va xususiyatlari. Bunda odam nerv tizimining umumiy tuzilishi, uning markaziy va perferik qismi, bosh miyaning tuzilishi, har bir neyronning tuzilishi va uning ish tartibi, "reseptor" tushunchasi va uning turlari, "analizator" tushunchasi, odam bosh miya qobig'ining tuzilishi va uning asosiy maydonlari satxi qismlari ustida, bosh miya qobig'ida sodir bo'ladigan asosiy psixik jarayonlar va kishining psixik holatlari, retikulyar formasiyalarining markaziy nerv tizimida to'tgan o'rni, uning roli va vazifalari ustida batafsil fikr yuritiladi. B) Psixik va odam miyasi bunda nerv bog'lanishlarining prinsipi va umumiy mexanizmlari, psixik hodisalarning miya ishi bilan bog'liqligi, miyaning asosiy bloklari, ishi, ularning psixik jarayonlari bilan aloqasi va xulq-atvor, hatti-harakatlarini boshqarishdagi, psixik hodisalar va miyaning ayrim tuzilishining bir xildagi o'zaro ta'siri, muammolari haqida atroflicha fikr yuritiladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling