Html hujjat


Internet axborot resurslari


Download 0.59 Mb.
bet27/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

7.8. Internet axborot resurslari


“Axborotlashtirish to‘g‘risidagi” qonunda quyidagilar belgilab qo‘yilgan:

- axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;

- axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g‘ayri qonuniy munosabatda bo‘lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, muhofaza qilinishi kerak.

Internet axborot resursi – bu internet tarmog‘ida joylashtirilgan axborotdir.

ZiyoNet jamoat axborot ta’lim tarmog‘i 2005 yil 28 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005 yil 28 sentabrdagi qaroriga muvofiq tashkil topgan.

ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash, axborot texnologiyalari sohasida kerakli ma’lumotlarni berish, muloqat qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berishni o‘z zimmasiga oladi.

ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga ZiyoNet portali o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan,


  • ZiyoNet portalining kutubxonasiga axborot – ta’limiy ma’lumotlarni joylashtirish;

  • uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satellitlarni yaratish;

  • ZiyoNet portalining yopiq bo‘limlariga kirish va u yerdan ma’lumot olish;

  • ZiyoNet axborot resurs tarmog‘ining turli tanlovlarida qatnashish.

Internetning asosiy axborot resurslaridan biri – bu fayllar arxividan iborat serverlar hisoblanadi. Ularda dasturlar, drayverlar, audio va video kabi fayllar joylashtirilgan bo‘ladi.

Ushbu serverlardan fayllarni yuklash uchun maxsus yuklovchi menejerlar ishlab chiqilgan va ular quyidagi serverlarda joylashtirilgan: freeware.ru, freesoft.ru, download.ru, megasoft.uz va boshqalar.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling