Html hujjat
Axborotlarni qidirish usullari
Download 0.59 Mb.
|
7-mavzy Internet
7.7. Axborotlarni qidirish usullariAxborot qidiruvi – (ingl. Information retrieval) ko‘rsatilgan axborotga mos keluvchi tarkiblanmagan axborotiy huijatni qidirish jarayoni. Ushbu tushuncha 1948-yili Kelvin Muers tomonidan kiritilgan bo‘lib, ilk bor ushbu jarayon ilmiy axborotlarni qidirishda foydalanilgan va uni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot axborot-qidiruv tizimi deb ataladi. Ushbu texnologiya Internetning rivojlanishi bilan keng qo‘llana boshlandi. Shunday qilib, axborot qidiruvi – bu ko‘rsatilgan mavzuga mos keladigan, qidiruv so‘rovini qanoatlantiruvchi yoki belgilangan dalillar va ma’lumotlarga mos keluvchi hujjatlarni aniqlab berishga qaratilgan jarayondir. So‘rov – (ba’zida so‘rovnoma) foydalanuvchining axborotga bo‘lgan formallashgan talabi. Bunda maxsus so‘rov tili ham ishlatilishi mumkin. Hozirgi kunda tabiiy tilda yozilgan so‘rovlar bilan ishlash texnologiyasi keng rivojlanmoqda. Qidiruv jarayonida quyidagilar ketma-ket bajariladi, bular: axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va taqdim etish. Umumiy holda quyidagi 4 ta bosqichdan iborat bo‘ladi:
axborot so‘rovini shakllantirish; axborot manbalarini aniqlash; axborotlarni manbadan chiqarib olish; olingan axborot bilan tanishish va qidiruvga baho berish. Qidiruv turlari quyidagilardan iborat: To‘liq matnli qidiruv – hujjatning to‘liq matni bo‘yicha qidiruv, ularga misol sifatida www.yandex.ru va www.google.ru larni keltirsa bo‘ladi. Odatda ushbu texnologiyada oldindan tayyorlangan ”index” texnologoiyasidan foydalaniladi. Ushbu texnologiyani keng tarqalgan usuli ”teskarilangan indeks” texnologoiyasi hisoblaniladi. Metama’lumotli qidiruv – hujjatning atributlari bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradi, masalan, hujjatning nomi, yaratilgan sanasi, hajmi, muallifi va h.k. Bunga misol sifatida MS Windows operatsion tizimidagi fayllarni qidirish tizimi hisoblanadi. Rasmlarni qidirish – rasmning mazmuni bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradi, ya’ni qidiruv tizimi rasmni tanib olish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ushbu texnologiya PolarRose, Picollator kabi tizimlarda amalga oshirilgan. Endi qidiruv usullari bilan tanishib chiqamiz: Manzilli qidiruv – so‘rovnomada ko‘rsatilgan atributga moslik nuqtayi nazar hujjatni qidiruv jarayoni hisoblaniladi. Ushbu usulni amalga oshirish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: - hujjatning aniq manzili bo‘lishi kerak; - hujjatning tashqi qurilmada joylashuvi aniq bo‘lishi kerak. Manzil sifatida, masalan, veb-sahifaning manzilini keltirish mumkin.
Semantik qidiruv – hujjatning mazmuni bo‘yicha qidiruvni amalga oshiruvchi jarayon. Bunda quyidagi shartlar bajarilishi kerak: - hujjatda va so‘rovnomada keltirilgan tabiiy tildagi yozuvlar axborot-qidiruv tizimi tushunadigan tilga tarjima qilinishi kerak; - qo‘shimcha shartlar keltirish orqali qidiruvni amalga oshirish. Hujjatli qidiruv – axborot-qidiruv tizimi tarkibidagi axborotdan birlamchi hujjatlarni qidirish jarayoni. Uning ikki xil turi mavjud: - hujjatni aniq ko‘rsatish; - hujjat manbasini aniq ko‘rsatish. Faktografik qidiruv – so‘rovnomada ko‘rsatilgan aniq dalillarga mos keluvchi qidiruv jarayoni. Uning ikki xil turi mavjud: - hujjatli - faktografik, ya’ni hujjatning fragmentida kerakli dalilning mavjudligini ko‘rsatadi; - faktli, ya’ni topilgan axborotlarni mantiqiy qayta ishlash orqali yangi dalillarni qidirish usuli. Internetdagi qidiruv tizimlari so‘rovga mos keluvchi veb-sahifalarni qidirishga qaratilgan. Bularga quyidagi tizimlarni misol qilib keltirsa bo‘ladi:
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling