Html hujjat


Download 0.59 Mb.
bet29/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

7.10. Domen tushunchasi


Domen nomlar tizimiga (DNS - Domain Name Systems – Domen nomlari xizmati ) binoan kompyuter tarmog‘i bog‘lamasiga berilgan noyob belgili nom.

Domen – tarmoq ichida umumiy qoidalar va tartiblar asosida yaxlit shaklda idora etiluvchi kompyuterlar va qurilmalar guruhi.

Internet tarmog‘ida bu doimiy IP-manzilga ega bo‘lgan qurilma nomidir. Kompyuter nomi bo‘yicha uninig IP manzilini aniqlashni amalga oshiruvchi Internet xizmati.

Har bir domen nomi tarmoqda ro‘yxatdan o‘tkazilib, alohida kompyuter yoki funksional guruh (domen)ga birlashtirilgan identifikator bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, www.moodle.sies.uz 3-pog‘ona domeni; moodle.sies.uz 2-pog‘ona domeni; sies.uz 1-pog‘ona domeni; uz 0-pog‘ona domeni.

Shunday qilib, yuqori pog‘ona domenlari shajarasi tashkil bo‘ladi: yuqori pog‘ona uz (O‘zbekiston) domeni, uning tarkibida sies (tashkilot) domeni, uning tarkibida moodle (masofaviy ta’lim tizimi) va ularni barchasini o‘z ichiga olgan www (www serveri). Nolinchi pog‘ona domenlari har doim tarmoq nomlarini bildiradi. Nolinchi pog‘ona domenlari - ICANN (Internet Corporation for As signed Names and Numbers ) tomonidan, birinchi va undan yuqori pog‘ona domenlarini taqsimlash vakolatli tashkilotlar va provayderlar tomonidan amalga oshiriladi.

Unifikatsiya qilingan resurs ko‘rsatuvchisi Internet tarmog‘ida axborot resursi (sahifa, fayl) manzilini yozish tartibini belgilaydi: URL domen nomi, saytda sahifaga yo‘l va sahifa fayli nomidan iborat bo‘lib, quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: protokol://server_adresi/katalog_nomi/fayl_nomi

Misol uchun: http ://www .gov.uz/ru/uzbekistan/economics .html

Bu yerda www.gov.uz saytning domen nomi, /ru/uzbekistan/ - yo‘l va economics.html - fayl nomi. Odatda veb-sahifalarni tashkil qiluvchi fayllar .xml ѐki .html kengaytmasiga ega bo‘ladi.

Domen nomi harfdan yoki raqamdan iborat bo‘lib, qo‘shimcha sifatida ‘-‘ defis belgisini o‘rtada qo‘llanishi mumkin. Nolinchi pog‘ona domenlari ikki xil bo‘ladi:


Domenlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni Whois bazasidan olsa bo‘ladi, bu yerda:

- domen nomi band ekanligini;

- qayd qilingan sanasi va amal qilish davomiyligi;

- manzili.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling