Html hujjat
UseNet – yangiliklar va konferensiyalar
Download 0.59 Mb.
|
7-mavzy Internet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Proksi-server
UseNet – yangiliklar va konferensiyalar, ya’ni barcha mavzular bo‘yicha umumiy xabarlar bilan almashish imkonini beruvchi kompyuterlar jamlanmasidir. Bu yerda quyidagi kategoriyalar mavjud:
comp- kompyuterlar news – turli-xil ma’lumotlar sci - tabiiy fanlar va boshqalar.
Proksi-serverdan foydalanishning asosiy sababi – axborotni uzatishni tejash va keshlash orqali kirish tezligini oshirish. Masalan, kompaniyaning ko‘pchilik xodimlari ko‘pincha bir xil veb-serveridan foydalanib turganda, bunday server sahifalari proksida saqlanadi va shunday qilib dastlabki serverdan bir martagina so‘raladi. Proksi-serverdan foydalanishning ikkinchi sababi IP manzillarini tejayolishi mumkinligi, ya’ni proksidan foydalanganda kompaniya faqat bitta ommaviy IP manzilga ega bo‘lishi mumkin. Veb-xosting (ingl. web-hosting) - foydalanuvchi veb-sahifalarini Internet provayderi (xosting provayderi) serverida joylashtirish va qo‘llab-quvvatlash. “Xosting” so‘zi to‘laqonli ikki tomonlama aloqa bilan ta’minlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost (host) so‘zidan olingan. Xosting pulli va tekin, oddiy va mukammallashgan, yaxshi va yomon bo‘lishi mumkin. Xosting provayderini tanlayotganda quyidagi tavsifnomalarga e’tibor berish lozim: 1) disk makoni; 2) Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi) ; 3) fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP bayonnomasi orqali erkin foydalanish; 4) standart skriptlar to‘plami; 5) server tomonidan dasturlashtirish mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo‘llab-quvvatlash, cgi-bin katalogi); 6) serverda ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish – o‘z ma’lumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi; 7) shell tizimidan erkin foydalanish; 8) htaccess fayli orqali serverni konfiguratsiya qilish mumkinligi; 9) log fayllardan erkin foydalanish; 10) uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.you_name.ru, name1.you_name.ru va boshqa turdagi manzil); 11) bir yoki bir necha pochta qutisini qo‘llab quvvatlash; 12) uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling