IP-telefoniyada quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- konferentsiya;
- qo‘ng‘iroqni boshqa manzilga uzatish;
- nomerni avtomatik holda takrorlash;
- qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentning nomerini aniqlash.
IP-telefoniya telefon serverlarning umumiy ishlash printsipi quyidagicha: bir tarafdan, server telefon liniyalari bilan bog‘langan va har qanday telefon bilan bog‘lanishi mumkin, ikkinchi tarafdan, server internet bilan ulangan va har qanday kompyuter bilan ulanishi mumkin. Server standart telefon signalini qabul qiladi. Uni raqamlaydi (agar raqamli bo‘lmasa), juda qisqartiradi, paketlarga bo‘ladi va Internet orqali manziliga uzatadi, Internet-protokolini (TCP/IP) ishlatib, tarmoqdan telefon serveriga keladigan va telefon liniyasiga ketadigan paketlar uchun operatsiya teskarida bajariladi. Shu ikkita operatsiya (signalning tarmoqga kirishi va chiqishi) birgalikda bajariladi. Gaplashib turgan paytda ovozli signallar qisilgan ma’lumotlar paketiga aylanadilar. Keyin bu paketlar Internet orqali boshqa tarafga uzatiladi. Paketlar manziliga borib yetgandan keyin originalning ovozli signallarga dekodlanadi.
Internet-telefoniyaning ikki turdagi bazali so‘rovi mavjud:
1. Kompyuterdan kompyuterga
2.Kompyuterdan telefonga.
Do'stlaringiz bilan baham: |