Html hujjat


Download 0.59 Mb.
bet36/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

IPTV texnologiyasi (ingl. Internet Protocol Television) (IP-TV, IP-televideniye) — tarmoqda IP protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish raqamli televideniye, televideniyening yangi avlodidir. IP televideniyening interfaolligi va kontentdan foydalanish bilan bog‘liq qator qo‘shimcha xizmatlarni (Video on Demand (VoD), TVoIP, Time Shifted TV, Network Personal Video Recorder, Electronic Program Guide, Near Video on Demand) taqdim qilish imkoniyatlari asosiy ustunlik tomoni hisoblanadi.

IPTV taklif qiladigan asosiy xizmatlar: Video on Demand (VoD); Time-Shifted TV; TV on Demand (TVoD); TvoIP; near Video on Demand (nVoD); Personal Video Recorder; Electronic Program Guide.

IPTV taklif qiladigan asosiy xizmatlardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz:

1) Abonentlarga interfaol servislardan foydalanish imkonini beruvchi ikki tomonli raqamli televideniye. Ko‘rsatuvlarni faqat bir tomonlama tomosha qilibgina qolmay, balki ularni boshqarish imkoniyatlari, masalan, ko‘rsatuvni to‘xtatib turish va shu joyining o‘zidan keyinroq tomosha qilishni davom ettirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ushbu xizmat Time-Shifted TV deb ataladi va efirda namoyish etilayotgan teleko‘rsatuvni ko‘rib chiqishni yoki 2 soat orqaga surib, ko‘rishga imkon beradi.

2) Agar o‘tib ketgan ko‘rsatuvni ko‘rish zarurati paydo bo‘lsa, TV on Demand (TVoD) servisidan foydalanish zarur va foydalanuvchi uchun zarur qiziqarli ko‘rsatuvlarga buyurtmani amalga oshirish lozim. Bunda mavjud ko‘rsatuvlarni saqlash muddati 2 kecha-kunduzni tashkil etadi.

3) Video on Demand (VoD) — talabga muvofiq video servisi juda qiziqarli. Bu abonentga videofilmlarni individual uzatish tizimidir. Servis abonentga unga yoqib qolgan istalgan film yoki klipni VoD-server bibliotekasidan taqdim etish imkonini beradi. Abonent filmni tomosha qilishda vaqtincha to‘xtatib turish va uni qayta-qayta ko‘rish funksiyalaridan foydalanishi mumkin.

4) Yana bir interaktiv servis — near Video on Demand (nVoD) bo‘lib, «deyarli» talabga ko‘ra videodir. Mazkur servis «virtual kinozal» deb ataladi. Ushbu servis VoD’ga o‘xshaydi, biroq bir vaqtda mazkur xizmatga ulangan ko‘plab foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Oldindan jadvalga muvofiq videokontentni namoyish etish dasturi tuziladi. Foydalanuvchi mazkur dasturni ko‘rib, o‘ziga qiziqarli bo‘lgan kontentni tomosha qilishni rejalashtirishi mumkin.

Bulardan tashqari, IPTV taklif qiladigan quyidagi qo‘shimcha xizmatlari mavjud: Video Telephone; Voting; Information Portals; Web, Games, MOD KOD.

Bugungi kunda «O‘zbektelekom» AK TelecomTV abonentlari 34 ta ommaviy efir va yo‘ldoshli kanallarini hamda raqamli televideniye zamonaviy servislaridan, shu jumladan, teleko‘rsatuvlar elektron dasturi — EPG, telekanallar mozaikasi — Mosaic View, alohida telekanallarni tomosha qilishni cheklash kabi servislardan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etadi. IPTV — bu qator ustunliklarga ega zamonaviy texnologiya bo‘lib, ulardan asosiysi — tasvir va tovush sifati yuqoriligi hisoblanadi.

Oddiy televizorda IPTV telekanallarini tomosha qilish uchun maxsus Set top Box (STB) pristavkasidan foydalaniladi, video ma’lumotlarni dekodlashtirib hamda shifrlangan videoni televizor ekraniga olib chiqadi, hozirda abonentlarimizga mazkur uskunaning: eng oddiydan to «ilgarilab ketgan», yoziladigan videoni saqlash uchun qattiq diskli ikki turi mavjud.



IPTV texnologiyasining oddiy TV ga nisbatan afzalliklari:

  • Sifatliroq;

  • Interfaollik;

  • Servis xizmatlari.

IPTV texnologiyasida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotlar turkumi Middleware deb nomlanadi va u IPTV qurilmalarini boshqaradi.

    1. Download 0.59 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling