Html hujjat
IP texnologiyalar (telefoniya va TV)
Download 0.59 Mb.
|
7-mavzy Internet
- Bu sahifa navigatsiya:
- IP-telefoniya
IP texnologiyalar (telefoniya va TV)Ovoz va video signallarni, tasvir va ma’lumotlarni masofadan uzatish texnologiyasi - telefoniya deyiladi. Telefoniya xizmati foydalanuvchilarga quyidagi xizmat turlarini taqdim qiladi: - abonentlar orasidagi nutqiy muloqot; - faksimil aloqa; - matnlarni masofadan o‘qish; - ma’lumotlar bazasi bilan matnli muloqot. Internet tarmog‘ida, IP «tarmoqlararo bayonnomasi» bo‘yicha bajarilayotgan matn muloqoti IP-telefoniya deb ataladi. Bevosita, IP-telefoniya aloqa bayonnomalari, texnologiyalari va usullari majmuyi bo‘lib, telefon kabi raqamlarni terish, qo‘ng’iroq qilish, ikki tomonlama so‘zlashish va videomuloqotni Internet yoki boshqa tarmoq doirasida tashkillashtirish hisoblanadi. Unda signallar raqamlasahtirilgan bo‘lib, tarmoq doirasida uzatishdan oldin ma’lumotlarni siqib, ya’ni axborot hajmini kamaytiradi va shu bois tarmoqda qo‘shimcha yuklama hosil qilmaydi. Kompyuterlar Internet orqali bir-birlariga ma’lumotni uzatishga qodir. E-pochta (E-mail) bularning eng sodda misolidir. Chunonchi, tovushni ham raqamli ma’lumotga aylantirish hamda uni xuddi boshqa ma’lumot turlari kabi kompyuterlarning bir-birlari orasida uzatilishi ham mumkin. IP-telefoniya – bu ma’lumotni uzatish tarmog‘i bo‘ylab tovushni uzatishdir. Bunday tovush uzatishning an’anaviy holatidagi analogli telefon bog‘lanishining asosiy farqli joyi shundaki, tovushni raqamli signallarga aylantirib, uni ma’lumot ko‘rinishida uzatish demakdir. IP-telefoniyaning negizida telefon so‘zlashuvlarini an’anaviy telefon so‘zlashuvidan ko‘ra 2-3 martaga arzonlashtiruvchi texnologiyalar mavjud. Bunda, tovush signalining asosiy qismi Internet tarmog‘ida raqamli ko‘rinishda o‘tadi. Shuning uchun ham an’anaviy telefon liniyalarida sodir bo‘ladigan xizmatdan ko‘ra ozroq xarajat va sifatli aloqa xizmatlari imkoniyatini yaratib beradi. An’anaviy telefon so‘zlashuvi tushunchasi mazmunida – ikki abonentning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishi uchun imkoniyat yaratilishi ifodalanadi. An’anaviy telefon xizmatida turli mamlakatlardagi operatorlarning xalqaro kommutasiya markazlarida tashkil etilgan qat’iy belgilangan marshrutning maxsus ajratilgan kanallari yordamida ma’lumot (yoki so‘zlashuv) o‘tadi. IP-telefoniyada tovush signali filiallardagi kommutatorning VoIP-shlyuzi (serveri)ga uzatiladi, boshqacha qilib aytganda operatorgacha mahalliy qo‘ng‘iroq vujudga keladi. So‘ngra signal raqamli ko‘rinishga keltirilib, Internet tarmog‘i orqali istalgan mamlakatdagi kommutator kanaliga uzatiladi. Ana shundan so‘ng, ushbu kommutator raqamli tovush signalini oddiy signalga aylantirib tegishli chaqirilayotgan abonentga uzatiladi. Bu jarayon albatta juda ham tez soniyalarda vujudga kelib, aloqa kanalidagi internet tarmog‘ida jo‘natilayotgan paketlardagi so‘zlashuv qismlari turli kanallardan o‘tadi, bu esa kechikish holatini vujudga keltirishi mumkin. IP-telefoniyadagi aloqa sifati, ko‘pincha operatorning xalqaro kanali sig‘imiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan: Telefon bog‘lanuvchi tezligi baland bo‘lsa, bittadan ko‘p qo‘ng‘iroqlarni uzatish mumkin. Shuning uchun IP-telefoniya qo‘shimcha telefon tarmog‘iday ishlatiladi, uyda yoki ofisda. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling