Html hujjat


Internet xizmatlari: WWW, FTP, xosting, konferensiya va proksi


Download 0.59 Mb.
bet30/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

7.11. Internet xizmatlari: WWW, FTP, xosting, konferensiya va proksi


Servis dasturlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- Telnet; - Usenet; - FTP; - Gopher; - WAIS; - WWW

Telnet – terminalning emulyatsiya protokoli. Ya’ni boshqa kompyuterga kirishni ta’minlovchi ish rejimi. Ishlash seansini boshlash uchun telnet buyrug‘i beriladi, masalan, telnet well.cf.ca.us. Ishlashni yengillashtirish maqsadida Hytelnet dasturi ishlab chiqilgan.

FTP ( file transfer protocol – fayllarni uzatish protokoli) – bir xost-kompyuterdan boshqasiga nusxa olish.

Gopher – bu internetning yana bir taqsimlangan axborot tizimi bo‘lib, uning interfeyslari asosiga iyerarxik kataloglar g‘oyasi qo‘yilgan. Gopher ning tashqi ko‘rinishi xuddi tarmoq mashinalarida joylashgan ulkan fayllar tizimidek ko‘rinadi. Gopher dastlab, xuddi fakultetlar, kafedralar va shu kabilarining axborot resurslari bilan universitet axborot tizimini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan edi. Hozirgacha Gopher ning asosiy axborot resurslari universitetlarda to‘plangan. Gopher ma’muriylashtirishni o‘rnatishda oddiy va yetarli darajada mustahkam va himoyali bo‘lgan oddiy tizim hisoblanadi.

WAIS – bu Internetning taqsimlangan axborot-qidiruv tizimidir. Dastlab WAIS AQShning to‘rtta yetakchi kompaniyasining istiqbolli ishlab chiqilgan mahsuloti sifatida paydo bo‘ldi. Tizimga axborotni mantiqiy so‘rov orqali qidirish tizimi asos solingan bo‘lib, u tayanch so‘zlarni qo‘llashga asoslangan. Mijoz berilgan so‘rovni qanoatlanturuvchi hujjatlar borligiga hamma WAIS serverlarini tezda qarab chiqadi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling