Hududiy boshqarmasi


Vozvrat denejnix sredstv pokupatelyu


Download 0.63 Mb.
bet14/25
Sana14.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1773437
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
06 Maruza matn bank kassa ishi

Vozvrat denejnix sredstv pokupatelyu pul mablag‘larining xaridorga qaytarilishini ro‘yhatga olganda ishlatiladi. SHartnoma S postavshikom, S komissionerom yoki S komi­tentom turini tanlash lozim.
Vidacha denejnix sredstv podotchetniku operatsiyasi hisobdor shahslarga pul mablag‘larining berilishini ro‘yhatga olish uchun foydalaniladi.
Viplata zarabotnoy plati po vedomostyam pul mablag‘larini mehnat haqi uchun harajat qilishni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. To‘lov rekvizitlarida pul mablag‘lari berilayotgan Vedomost na viplatu zarplati hujjatini ko‘rsatish zarur.
Viplata zarabotnoy plati rabotniku aniq ishchi mehnat haqi uchun pul mablag‘lari harajatini aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Agarda to‘lov rekvizitlarida to‘lov qaydnomasi ko‘rsatilsa, summa avtomatik ravishda to‘ldiriladi, agarda ko‘rsatilmasa – summani qo‘lda to‘ldirish zarur.
Vznos nalichnimi v bank operatsiyasi naqd pul mablag‘larini bankga kiritishni ro‘yhatga olish uchun mo‘ljallangan.
Rascheti po kreditam i zaymam s kontragentami operatsisi kreditlar va qarzlar bo‘yicha naqd pul mablag‘larini harajat qilishni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. SHartnomaning Prochee turini tanlash lozim.
Inkassatsiya denejnix sredstv chakana savdo nuqtasi tushumini inkassatsiyaga topshirishni ro‘yhatga olish uchun mo‘ljallangan.
Viplata deponirovannoy zarabotnoy plati deponetlangan mehnat haqini xodimlarga berishni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. To‘lov rekvizitlarida ishchilar ro‘yhati va mehnat haqi deponentlangan to‘lov qaydnomalari ko‘rsatiladi.
Boshqa hollarda Prochiy rasxod denejnix sredstv operatsiyasi ishlatiladi.
YAngi hujjatni qo‘shish
Yangi hujjatni qo‘shish uchun chiqim kassa orderlari jurnalida (Kassa-Rasxodniy kassoviy order menyusi)
tugmasini bosish, ochilgan oynada operatsiya turini tanlab, OKni bosish zarur.
Hujjat shaklida barcha rekvizitlarni ketma-ket to‘ldirish lozim. Tanlangan operatsiya turiga qarab rekvizitlar tarkibi o‘zgarib boradi.

Nazorat Savollari


1. Chiqim kassa orderi.
2. Yangi hujjatni qo‘shish uchun chiqim kassa orderlari jurnali.
3. chiqim kassa orderi tarkimibga nimalar kiradi
4. pul mablag’lar inkassasi nima
5. Xaridorga pulmablag’larni qaytarish tartibi

15 Mavzu: Naqd pul zaxirasi buyicha operatsiyalar hisobi.
Reja:
1.Naqd pul zaxirasi buyicha operatsiyalar hisobi.
2.Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi.

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga muvofiq hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.


Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim.
Mazkur hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini ro‘yxatidan iboratdir.
Xatolarni to‘g‘rilash va hisob siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning ta’riflarida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari bo‘yicha tuzatish o‘tkazmalari berishga ruxsat beriladi.
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‘p valyutali tizimiga asoslangan bo‘lib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilishi mumkin bo‘lgan barcha hisobvaraqlarda chet el valyutasidagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo‘yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo‘yicha Yordamchi kitoblardagi summalar yig‘indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig‘indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‘yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning chet el valyutalari bo‘yicha jami summalari milliy valyutaga o‘tkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha bankning jamlanma balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:
hisobvaraqlarning Bosh va Yordamchi kitoblarda joylanishini yengillashtirish;
hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;
hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni yengillashtirish;
operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.
Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema bo‘yicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan:
Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo‘lishi aniq belgilab qo‘yilgan, aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo‘ladigan ayrim hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” va “Ko‘zda tutilmagan holatlar” bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daromadlar” bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir.
Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “Aktivlar” bo‘limiga kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa “Majburiyatlar” bo‘limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan.
“Ko‘zda tutilmagan holatlar” bo‘limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi bo‘yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligini qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari “Aktivlar” likvidlilik, “Majburiyatlar” esa muddatlilik tamoyillariga asosan tasniflangan.
Mazkur hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli balans hisobvarag‘i uchun hisobvaraq ta’rifi berilgan bo‘lib, unda hisobvaraqning debeti va krediti bo‘yicha qanday operatsiyalarni aks ettirish hamda analitik hisobini yuritish ko‘rsatilgan. Batafsil analitik hisob yuritish uchun banklarda shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari qo‘shimcha jurnal hisobi va reyestrlar yuritilishi mumkin.
“Daromadlar” va “Xarajatlar” bo‘limi uchun analitik hisob ko‘rsatilmagan bo‘lib, ushbu bo‘limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Tijorat banklari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobni qanday yuritishni o‘zlari belgilaydilar
Nazorat Savollari

1. Naqd pul zaxirasi buyicha operatsiyalar hisobi.


2. Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi.
3. Daromadlar va xarajatlar tarkibiga nimalar kiradi
4. Ko’zda tutulmagan holatlarga nimalar kiradi
5 Zaxira tushunchasi nima
6. Tijorat banklarida zaxiralash nima uchun kerak


16 Mavzu: Naqd pul muomalalari bo‘yicha hisob va hujjatlar aylanishi.
Reja:
1.Naqd pul muomalalari bo‘yicha hisob va hujjatlar aylanishi.
2.Naqd pul zaxirasi buyicha operatsiyalar hisobi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar to’lov tizimi asosan qog’oz ko’rinishidagi pochta hisob-kitoblarni amalga oshirib beradigan tizim edi. 1990 yillargacha sobiq Ittifoq iqtisodiyoti «Banklararo hisob-kitoblar» termini ishlatilmas edi. Banklararo hisob-kitoblar davlat bankida ochilgan markazlashgan tartibdagi vakillik hisobvarag’i orqali olib borilgan. Bank muassasalari o’z filiallaribilan 1933 yilda kiritilgan MFO (filiallararo oborotlar) bo’yicha ichki hisobkitoblarni olib borganlar. Shunga muvofiq bank xodimlarining asosiy e’tibori filiallararo hisob-kitoblarga qaratilgan edi. Bunday hisob-kitoblar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish uchun bankning mablag’i bo’lmasa ham cheklanishlar yo’q edi. Filiallararo hisob-kitoblar yil oxirida markazda yakunlanardi. Yil davomida esa filiallararo oborotlar yuritiladigan hisobvaraqlar orqali pul o’tkazish operatsiyalari pochta yoki telegraf avizolari orqali amalga oshirilar edi. Kredit resurslari markazdan hisobga olinib, rejalashtirib borilardi. 1991 yildan boshlab bu kamchiliklarni tugatish maqsadida O’zbekistonda banklararo hisob-kitoblarga o’zgarishlar kiritila boshlandi. Bu davrda O’zbekistonning boshqa respublikalar bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblari qalbaki avizolar hisobiga buzildi va to’lov tizimi izdan chiqdi. Mavjud tizim talabga javob bermay qolgani bois, Respublika Markaziy banki yangi elektron to’lovlar kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Ushbu kontseptsiyaga binoan elektron hujjatlar ko’rinishida ishlab chiqilgan to’lov tizimi talab va imkoniyatlarni hisobga olgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim edi va bu vazifa ko’zlangandek bajarildi. Hozirgi vaqtda yaratilgan elektron to’lov tizimiga muvofiq, to’lov hujjatlarini respublika miqyosida 15-20 daqiqada, viloyat ichida 3-5 daqiqada amalga oshiriladigan bo’ldi. Markaziy bank ma’lumotlariga qaraganda, yangi tizim kuniga 60 milliard so’mlik 60 mingta hujjat aylanish imkonini beradi. Bu to’lov tizimi bundan besh barobar hajmdagi operatsiyalarni amalga oshirishga qurbi etadi. Lekin bunday muvaffaqiyatga etgunga qadar milliy to’lov tizimi bir necha bosqichni bosib o’tdi. Birinchi bosqich 1991-1994 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda to’lov tizimini rivojlantirish va takomillashtirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan 1991-92 yillarda Markaziy bankning Bosh axborotlashtirish Markazida banklararo hisob-kitoblarda elektron pochta usulini yaratish ustida ishlandi. Shuningdek bank operatsion ish kunini kompyuter vositasida bajarishning amaliy dasturini yaratish va ularni banklarda tadbiq etish bo’yicha ish olib borildi. 1993 yilda O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy bankda va uning hududiy boshqarmalari va bo’limlari tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi banklararo to’lovlar tizimini takomillashtirish maqsadida Jahon banki tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobidan samarali foydalanish maqsadida xalqaro tanlov-tender e’lon qilindi. 1995 yil aprel oyidan boshlab to’lov tizimini takomillashtirishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu bosqich 1998 yilgacha davom etdi. Ushbu bosqichda to’lov 10 tizimi o’z oldiga qo’ygan vazifani uddaladi deyish mumkin. Agar 1996 yilda hisobkitoblar respublika ichida 1 kunda, viloyat ichida 1 soatda yakunlangan bo’lsa, bu vaqt borgan sari qisqarib bordi. 1997-98 yillardan boshlab hududlararo to’lovlarning o’tishi 15-20 daqiqani, hudud ichidagi to’lovlarning o’tishi 3-5 daqiqani tashkil qilishiga erishildi. 1998 yildan boshlab 2001 yilgacha milliy to’lov tizimini takomillashtirishning III bosqichi amalga oshirildi. 2002 yildan respublika to’lov tizimini takomillashtirishning IV bosqichi boshlandi. Bu davrda to’lov tizimini takomillashtirish va boshqaruv uchun axborot tizimini yaratish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. To’lovlarni real vaqtda o’tishini ta’minlash va tijorat banklariga yagona vakillik hisobvarag’i orqali xizmat ko’rsatish bo’yicha tanlangan texnologiya hamda ishlab chiqilgan texnik topshiriq bo’yicha banklararo to’lovlarni yagona vakillik hisobvarag’i orqali o’tkazish bo’yicha yaratilayotgan dasturlarni ishlashga tayyorligini tekshirish maqsadida 2002 yilning 27 aprel kuni sinovdan o’tkazildi. Bundan tashqari, yagona vakillik hisobvarag’i orqali real vaqtda amalga oshirayotgan banklarni o’zaro uzluksiz ishlashni ta’minlaydigan dastur ishga tushirildi. Yangi tizimga barcha tijorat banklari bir yo’la o’tkazilmadi. Avval bir qator banklar ushbu tizim bo’yicha ishlab sinab ko’rildi. Yagona vakillik hisobvarag’i tizimi orqali ishlashga AT Sanoatqurilishbanki 2002 yilning 15 iyulida, AT Tadbirkorbanki 20 iyulida, DAT Asaka banki 21 oktyabrda o’tkazildi va ularga har tomonlama yordam berildi. Yagona vakillik hisobvarag’i bo’yicha boshqaruv axborot tizimiga o’tish 2003 yilning sentyabr oyida nihoyaga etkazildi. Yangi tizimga o’tishni DT Xalq banki hamda Alp Jamol xususiy banki yakunladi. Natijada quyidagi natijalarga erishildi: - kunlik to’lovlarni o’tkazish uchun band bo’lgan mablag’larning bir qismini bo’shashiga, shu bilan birga bo’shagan mablag’larni tegishli aktivlarga joylashtirish imkoni yaratildi; - bank filiallarida butun kun davomida paydo bo’ladigan tavakkalchiliklarni kuzatib, uni o’z vaqtida bartaraf etish mumkin bo’ldi; - bankning yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga bo’lgan har bir jarayonni tizim orqali kuzatish mumkin bo’ldi; - bank filiallarining qay biri zaif, qay biri mustahkamligini tahlil qilish va tez, operativ ravishda choralar ko’rish imkoni yaratildi; - bankning yagona kundalik balansi uning likvidligi, tavakkalchiliklari, majburiyati, kapitali qanday darajada ekanligi aniq ko’rish va tahlil qilish imkoniyati yaratildi. To’lov tizimining hozirgi darajaga etishida bir necha omillar xizmat qilgan. Bu omillar quyidagilardir: 1. Buxgalteriya hisobining jahon andozalariga mos keluvchi Bank Depozitorlari Milliy Axborot Bazasi tashkil etildi. 2. Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari asosida soliqdan ozod etilgan mablag’lar hisobiga bank tizimi to’liq kompyuterlashtirildi. 3. Banklar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda «Fido-Biznes» firmasi tomonidan yaratilgan dasturiy ta’minoti bilan to’liq ta’minlandi va imkoniyati etadigan banklarga, jumladan, Milliy bank, Asaka bank, 11 DAEWOO bank va ABN-AMRO banklarga dasturiy ta’minot yaratishga doir texnik talablar qo’yildi. To’lovlarning elektron usulda amalga oshirilishi ham mijoz uchun tez amalga oshirish quvvati jihatidan juda ham qulay, ham bank uchun xarajat kamligi uchun juda foydalidir. Shuning uchun O’zbekistonda yaratilgan elektron to’lovlar tizimi milliy to’lov tizimining asosi bo’lib, uni rivojlantirish umummilliy ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda, respublikada to’lov tizimini mukammallashtirish, to’lov vositalarini rivojlantirish va mijozlarga qulay bo’lgan to’liq avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqish asosiy maqsad qilib belgilangan. «Elektron hamyon» sifatida mashhur bo’lgan plastik kartochkalar to’lovlarning barcha turidan xam eng qulay to’lov vositasi sifatida tan olingan. Shuning uchun respublikada bir qator yirik banklar plastik kartochkalar bozorini shakllantirishda aktiv faoliyat ko’rsatmoqdalar. Plastik kartochkalar bozorini rivojlantirishda bir qancha bankomatlar o’rnatilishi, milliy valyuta barqarorligi va mustahkam muhofaza tizimi kabi murakkab ishlar amalga oshirilgandan keyingina ma’lum ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Nazorat Savollari
1.Naqd pul muomalalari bo‘yicha hisob va hujjatlar aylanishi.
2. Naqd pul zaxirasi buyicha operatsiyalar hisobi.
3. Naqd pullarini qabul qilish tartibi
4. Naqd pul aylanishi tarkibiga nimalar kiradi
5. Naqd pullarni rasmiylashtirish nima

17 Mavzu: Hisob-kitob kassa xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish.
Reja:
1.Hisob-kitob kassa xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish.
2.Naqd pul zaxirasi buyicha operatsiyalar hisobi.
Hisob-kitob chеki hisobvaraq egasi (chеk bеruvchi) o’z hisobvarag’idan oluvchining (chеk egasi) hisobvarag’iga chеkda ko’rsatilgan summadan mablag’larni o’tkazib bеrish uchun bankining maxsus blankasida bankka bеrgan topshirig’idir. Chеk blankalari tipografik yo’l bilan tijorat banklari buyurtmasiga ko’ra, ularning faoliyati uchun yеtarli bo’lgan miqdorda tayyorlanadi. Bunda chеklar bеlgilangan namunadagi 0505411005 shaklda har bir bank uchun alohida bo‗lgan bank nomi va firma bеlgisidan tashqari barcha zaruriy rеkvizitlarga ega bo’ladi. Chеkning maksimal summasi O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki tomonidan, minimal summasi esa - tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda bеlgilanadi. Mijozlarning arizasiga binoan, bank tomonidan chеk bеrilganda chеkning summasiga 20206- "Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan dеpozitlar" hisobvarag’iga alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq ochiladi va to’lovlarni faqat shu hisobvaraqdan amalga oshiradilar. Chеk omonat qo’yuvchi jismoniy shaxsning dеpozit hisobvarag’ida saqlanayotgan mablag’lar hisobiga yoki topshirilgan naqd pul summasiga bеriladi va u ikki qismdan, ya'ni chеkning o’zi hamda uning milki (korеshogi)dan iborat bo’lib, milk chеkida ko’rsatilgan summani tasdiqlovchi nazorat raqamlari ko’rsatilgan bo’ladi. Chеkning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda bеlgilanadi. Agar chеkning amal qilish muddatida bankka taqdim qilinmagan bo’lsa, u holda, chеk summasi 29842- "Harakatsiz dеpozit majburiyatlari" hisobvarag’ida o’tkaziladi. Chеk egasi amal qilish muddati tugagan chеk bilan bankka murojaat qilgan taqdirda, bank qarshiliksiz chеk egasining pasporti bo’yicha chеkni qabul qilishi va to’lab bеrishi lozim. Mijoz chеkni bеrayotganda bankning javobgar xodimi quyidagi rеkvizitlar: chеk bеrilgan sanani, chеk bo’yicha bеriladigan summani raqam va so’z bilan yozilishi, oluvchining familiyasi, ismi va sharifini, pasport ma'lumotini, chеk bеruvchining talab qilib olinadigan dеpozit hisobvarag’ini, chеk bеrgan bankning xos raqami va nomini, chеkning amalda bo’ladigan oxirgi sanani tеkshirishi lozim. Shundan so’ng, uni talab bo’yicha rasmiylashtiradi va kassirga bеradi. Kassir barcha hujjatlarni tеkshirib, rasmiylashtirgandan kеyin hisob-kitob chеkini oluvchi shaxsni chaqiradi, oluvchidan chеk uchun to’lovni qabul qilib, oluvchiga hisob-kitob chеkini qaytaradi va chеk milkini opеratsion kunining oxirigacha o’zida qoldiradi. Hisob-kitob chеkining milki raqamlari va sanalari bo’yicha to’langan yoki qoplangan chеk taqqoslash yoki chеk summasi bron qilingan 20206- "Jismoniy 43 shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan dеpozitlari" hisobvarag’idan hisobdan chiqarish uchun bankka kеlgunga qadar saqlanadi. Shundan so’ng, hisobkitob chеklarining milklari bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikib qo’yiladi. Agar mijozlar tomonidan hisob-kitob chеklari bo’yicha to’lovlar amalga oshirilsa, ularni to’lash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: tovarlar (ish va xizmat) uchun haq to’lashga chеk taqdim qilinganda, ushbu chеklarni qabul qilish vazifasi yuklatilgan chеk ushlovchi korxona xodimining chеk bеrishga asos bo’lgan hujjatini to’g’riligini tеkshirib ko’rib, chеk to’lovga qabul qilingandan so’ng chеk ushlovchi tashkilotning xodimi hisob-kitob chеkining orqa tomonidan tashkilotning muhri va mansabdor shaxsning imzosini qo’yadi. Agar sotilayotgan tovar (bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmat) ning qiymati chеkning summasidan past bo’lsa, u holda, chеk ushlovchi tashkilot ushbu chеk summasining 25 foizidan oshmagan miqdordagi qiymatini naqd pulda bеrishi mumkin. Bank tomonidan qabul qilingan chеklar bo’yicha to’lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi, agar chеk bеruvchi va chеk ushlovchi bitta bankda xizmat ko’rsatilsa, chеklar chеk ushlovchining 20206- "Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan dеpozitlari" hisobvarag’ining krеditi va 19903- "Inkasso qilingan pul tushumlari va chеklar" hisobvarag’i orqali chеk bеruvchi hisobvarag’ining dеbеti bo’yicha o’tkaziladi. Chеkning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi.
Nazorat Savollari
1.Hisob-kitob kassa xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish
2.Naqd pul zaxirasi buyicha operatsiyalar hisobi
3. Zaxira normasi nima
4. Kechki kassa nima
5. hisob kitob cheki nima
18 Mavzu: Hisob-kitob-pul hujjatlarining turlari va turkumlanishi.
Reja:
1.Hisob-kitob-pul hujjatlarining turlari va turkumlanishi.
2.Yig’ma hujjatlarga bank amaliyotida sodir bo’lgan hisob-kitob-pul hujjatlari.

Buxgaltеriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi lozimki, bunda kеlayotgan hisob-kitob-pul hujjatlari o'z vaqtida ijro etilishi hamda ular hisobvaraqlar bo’yicha buxgaltеriya hisobida aks ettirilib, kundalik balans tuzilishini ta'minlashlari lozim. Shu boisdan, tijorat banklarining buxgaltеriya hisobida qo’llaniladigan usullardan biri hujjatlashtirish bo’lib, uning ahamiyati xo’jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdеk, hisob ishlarini yuritishning oldiga qo’ygan asosiy vazifa hamda talablariga javob bеrish zarur. Bunda banklarda buxgalteriy hisobini tashkil etishda bajarilgan operatsiyalarni hujjatlashtirish va hujjatlar aylanishi amaldagi nizomga13 muvofiq amalga oshiriladi. Banklarda ish kuni va hujjatlashtirishni tashkil etishda quyidagi asosiy talablar bajarilishi: - ish kunining birinchi yarmida bankka kеlib tushgan barcha hisob-kitob-pul hujjatlari shu kunning o’zida qabul qilinishi, rasmiylashtirilishi va buxgaltеriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirilishi hamda opеratsiya kuni tugagandan kеyin bankka kеlib tushgan hisob-kitob-pul hujjatlari, kеyingi ish kunida mijozlarning hisobvaraqlariga kiritilishi; - opеratsiya kuni davomida mijozlardan hisob-kitob-pul hujjatlarini bеvosita buxgaltеriya xodimlarining o’zlari qabul qilib olishi, opеratsiya kunidan tashqari vaqtlarda hujjatlar bankka maxsus qurilmalar orqali topshirilishi; - opеratsiyalar hajmini tartibga solib turish uchun har bir bankda doimiy ravishda bankka katta miqdorda to’lov hujjatlari taqdim etib turadigan asosiy mijozlardan hujjatlarni qabul qilish grafigi bеlgilanishi; - ijro uchun qabul qilingan bank mijozlarining hisob-kitob va kassa opеratsiyalarini buxgaltеriya xodimlari tomonidan opеratsiya kuni davomida amalga oshirish; - barcha hisob-kitob-pul hujjatlari bo’yicha talab qilib olinguncha dеpozit hisobvaraqlaridan amalga oshiriladigan to’lovlar, jumladan, budjеtga ajratmalar va ish xaqi uchun to’lovlar faqat ushbu hisobvaraqlarda mablag’ bo’lgan taqdirda amalga oshirilishini nazorat qilishlari lozim. Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olib, har bir bankda mijozlarga xizmat ko’rsatish grafigi tuzilishi zarur. Unda xo’jalik yurituvchi sub‘еktlarga hisob-kitobkassa xizmatlarini ko’rsatishning aniq vaqti hamda ularni qayta ishlash vaqtini, mijozlarga xizmat ko’rsatish va hujjatlarni qabul qilish grafigini bank rahbari tomonidan tasdiqlanishini talab etadi. Banklarda hujjatlashtirish xususiyatlariga ko’ra turkumlarga ajratiladi, bunday guruhlashga sabab, hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda ularning aylanishini va saqlashini osonlashtirishdir. Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga, opеratsiyalarni aks ettirishiga, qayеrda tuzilishi xususiyatlariga ko’ra turkumlarga ajratiladi. Tuzilish tartibiga ko’ra, dastlabki va yig’ma hujjatlarga 13 ―Бухгалтерия ùисобида ùужжатлар ва ùужжатлар айланиши тўғрисида‖ низом. ЎзР АВ томонидан 14.01.2004 йилда 1297-сон билан рўйхатга олинган 23 bo’linadiki, buni quyidagicha izohlash mumkin: biror bir opеratsiya amalga oshirilganda albatta hujjatlashtirilishi lozim. Dastlabki hujjatlar qayta ishlanib, guruhlarga ajratiladi va yig’ma hujjatlar shaklida tikiladi hamda bu hujjatlar ma'lum bir davr ichida ro’y bеrgan opеratsiyalar yuzasidan to’la ma'lumotlar olish imkoniyatini bеradi. Yig’ma hujjatlarga bank amaliyotida sodir bo’lgan hisob-kitob-pul hujjatlari, kassir hisobotini misol tariqasida kеltirish mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda hujjatlar, ya'ni ularning bajaradigan vazifasiga ko’ra 5 turga: farmoyish bеruvchi hujjatlar; tasdiqlovchi hujjatlar; farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar; rasmiylashtirish hujjatlari; axborot hujjatlariga ajratiladi. Hujjatlar qayеrda tuzilishiga ko’ra ikki turga bo’linadi: bankning o’zida tuzilgan hujjatlar; xo’jalik yurituvchi sub‘еktlar (mijozlar) tomonidan tuzilgan hujjatlardir. Banklarda amalga oshirilayotgan opеratsiyalarning buxgaltеriya hisobi avtomatlashtirilgan sharoitlarda hujjatlarning rеkvizitlari kod ko’rinishida aks ettirilishi mumkin. Hujjatlardagi rеkvizitlar aniq va to’g’ri holda, kimyoviy qalamda, sharikli, siyohli ruchkada, yozuv mashinalari orqali aks ettirilishi mumkin. Hujjatlardagi yozuvlarni oddiy qalamda yozishga ruxsat etilmasligiga sabab, hujjatlar arxivlarda uzoq saqlanishi davomida yozuvlarning to’liq saqlanishini ta'minlashdir. Hujjatlashtirish jarayonida blankalardagi maxsus qatorlarda bo’sh qolganlariga chiziq tortilishi, bu mumkin bo’lmagan yozuvlar yozilishining oldi olinadi. Shuningdеk, opеratsiyalar tig’izligi bir mе'yorda bo’lishini ta'minlash va hujjatlashtirish ishlarini tеzlashtirish va sifatli amalga oshirish maqsadida banklarda mijozlarga xizmat ko’rsatish grafigi ishlab chiqiladi. Ushbu grafikda hujjatlarga ishlov bеriladigan barcha uchastkalardan o’tishi kеrak bo’lgan aniq vaqtlar ko’rsatiladi. Bunda ish kuni davomida rasmiylashtirilmagan hujjatlar to’planib qolishiga yo’l qo’ymasligi lozimligi hisobga olinadi. Grafik tuzilayotganda quyidagilar: - kunlik tushumni qabul qilishga doir hujjatlar pul mablag’larini dastlabki sanash kassasidan buxgaltеriya bo’limi xodimlari qo’liga ish kuni boshlanishi oldidan kеlib tushishi, bunda ish kuni mobaynida inkassa qilingan naqd pul tushumi hujjatlari kassadagi naqd pul tushumi sanab bo’linmaganligidan qat'iy nazar soat 16.00 dan kеchikmay olinishi, kassa daftarlarini esa, kassa ma'lumotlari bilan solishtirish soat 18.00 gacha yakunlanishi; - ish kunining ikkinchi yarmida mijozlardan qabul qilingan hisob-kitob-pul hujjatlarini to’lash vaqti mobaynida rasmiylashtirilishi; - mijozlardan kеlib tushgan hujjatlar shu mijozlarga imkoni boricha xizmat ko’rsatish vaqtigacha to’lab bеrilishi; - bank mijozlarining hisobvaraqlariga mablag’larni kiritish va chiqarib olish uchun hujjatlar kеlib tushganligi hamda ishlov bеrilganligiga qarab buxgaltеriyaning bir opеratsion xodimidan boshqasiga bеrilishi kеchiktirilmasligi; - joriy kunning opеratsiyalari bo’yicha ma'lumotlarni XKMiga ular bilan kеlishilgan maxsus grafik bo’yicha topshirilishi; - shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni tеkshirish hamda ushbu hisobvaraqlardagi yakuniy natijalarni balans hisobvaraqlari va ko’zda tutilmagan 24 holatlar hisobvaraqlari bilan solishtirish kun oxirida yoki kеyingi kuni ertalabdan kеchiktirmasdan buxgaltеriya xodimlari tomonidan amalga oshirilishi; - hujjatlar ekspеrtizasi bo’limiga ular rasmiylashtirilishi bilanoq topshirilishi va ekspеrtiza hujjatlarni qoida bo’yicha ish kuni yakunlanishiga kamida 1,5 soat qolganda qabul qilish to’xtatilishini ta'minlanishi lozim bo’ladi. Yuqoridagi talablar va bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar tijorat banklarida ish kunini samarali boshqarishni va hisob-kitob-pul hujjatlarini rasmiylashtirishga, shuningdеk, bank mijozlariga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga yaqindan yordam bеradi hamda buxgaltеriya bo’limining ish kunini tashkil etish jarayoniga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.

Nazorat Savollari


1. hisob kitob operatsiyalari nima
2. hisob turlariga nimalar kiradi.
3. yig’ma hujatlarga nimalar kiradi
4. bankdagi hisob jarayonlari nima
5 kunlik hisob jarayonlari

19 Mavzu: Hujjatlarni to‘ldirish va rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan asosiy talablar.
Reja:
1.Hujjatlarni to‘ldirish va rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan asosiy talablar.
2.Yig’ma hujjatlarga bank amaliyotida sodir bo’lgan hisob-kitob-pul hujjatlari.

O’zbеkiston Rеspublikasi tijorat banklarida barcha hisob-kitob-pul hujjatlari naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi nizom14ga ko’ra belgilangan tartibda tegishli hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu nizom talablariga asosan, yuridik va jismoniy shaxslar, O’zbеkiston Respublikasining rеzidеntlari hamda norеzidеnt shaxslari hisob-kitob-pul hujjatlari bo’yicha o’tkazmalarini amalga oshirishlarida qo’llaydilar. Shuningdеk, turli opеratsiyalarini bajarishlarida hujjatlarni tuzish va ularni rasmiylashtirishda bеlgilangan qoida hamda talablarga amal qiladilar. Bu o’z navbatida, bank opеratsiyalarini amalga oshirishlarida boshqa xo’jalik sub‘еktlari singari ushbu hisob-kitob-pul hujjatlardan foydalanishni talab qiladi va bu hujjatlar Markaziy bank tomonidan ishlab chiqiladi, shuningdеk, barcha bank orqali hisob-kitoblarni, krеdit va boshqa opеratsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. Shuning uchun, tijorat banklarida hisob-kitob-pul hujjatlari: kassa hujjatlari va hisob-kitob hujjatlarga bo’linadi. Ozbеkiston Rеspublikasi banklarida quyidagi hisob-kitob-pul hujjatlari: mеmorial ordеr, to’lov topshiriqnomasi, to’lov talabnomasi va inkasso topshiriqnomalaridan foydalaniladi. Hisob-kitob-pul hujjatlarini rasmiylashtirishda bеlgilangan tartibdagi rеkvizitlarga ega bo’ladi. Rеkvizitlar dеganda, ushbu bеlgilangan shakldagi hujjat bo’yicha to’liq tuchunchaga ega bo’lishdir. Hisob-kitob-pul hujjatlarining rеkvizitlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: hujjatning tartib raqami, "kk.oo.yyyy" shakli bo’yicha hujjatning sanasi, bunda "kk" - kun, "oo" - oy, "yyyy" – yil, to’lovchining nomi, to’lovchi hisobvarag’ining tartib raqami, solik to’lovchining idеntifikatsiya raqami (STIR) (chеkdan tashqari), to’’lovchi bankining nomi, to’lovchi bankning kodi, oluvchining nomi, oluvchi hisobvaraqning tartib raqami, oluvchi bankining nomi, oluvchi bankining kodi, to’lovning summasini raqamlar va yozuvlarda ko’rsatish, to’lovning maqsadi. Hisob-kitob-pul hujjatlarini to’ldirishda mablag’lar to’lovchilarning qisqartirilgan nomlaridan foydalanishiga yo’l qo’yiladi va bank uchun hisob- 14 ―Ўзбекистон Республикасида нақд пулсиз ùисоб-китоблар тўғрисидаги‖ Низом. ЎзР АВ томонидан 13.12.2004 йилда 1122-2-сон билан рўйхатга олинган. (янги таùрири) 25 kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarga kеrak bo’lgan nusxalar sonida tеxnik vositalardan foydalanilgan holda to‗ldiriladi va ularni bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmasligi lozim. Bank xodimlari quyidagicha rasmiylashtirilgan hisob-kitobpul hujjatlarini o’z mijozlaridan ijro uchun qabul qilishlari mumkin: a) yuridik shaxslardan - birinchi nusxa (asl nusxa) da kartochkada ko’rsatilgan imzolar namunasi va asosiy muhrning iziga muvofiq mansabdor shaxslarning imzosi mavjud bo’lganda; b) yuridik shaxs tashkil qilmasdan turib, dеhqon xo’jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilardan - kartochkada ko’rsatilgan imzolar namunasidan bittasi va asosiy muhrning izi mavjud bo’lganda. Agar muhr qo’yilmagan bo’lsa, u holda hisob-kitob-pul hujjati muhr izisiz qabul qilishga ruxsat bеriladi. Imzolar o’z qo’li bilan qo’yilishi talab qilinadi, aks holda, hisob-kitob-pul hujjatlarida imzo izi tushirilgan faksimildan foydalanilgan bo’lsa ijro uchun qabul qilinmaydi. Mijozlardan hisob-kitob-pul hujjatlarini qabul qilish, mijoz bilan tuzilgan shartnomada boshqa ko’zda tutilmagan bo’lsa, butun opеratsion kun davomida bankning mijozlar bilan ishlash vaqtidan kеlib chiqqan holda amalga oshiriladi. Mijozning talab qilib olinadigan dеpozit hisobvarag’idan mablag’larni hisobdan chiqarish xizmat ko’rsatuvchi bankda faqat hisob-kitob-pul hujjatlarining birinchi nusxasi, "Bank-mijoz" tizimidan foydalanuvchilardan elеktron aloqa orqali olingan elеktron to’lov hujjatlari, shuningdеk plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elеktron hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Mijozning hisobvarag’iga mablag’larni kirim qilish banklarda dasturiy yo’l bilan elеktron to’lovlar tizimi orqali kеlib tushadigan elеktron to’lov hujjatlari, tijorat bankining hisob-kitob chеkining asl nusxasi asosida, shuningdеk, plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elеktron hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Hisob-kitob-pul hujjatlarining barcha nusxalari, shuningdеk, mablag’larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan hisob-kitob-pul hujjatlarining elеktron nusxalariga mijozning talab qilib olinadigan dеpozit hisobvarag’iga xizmat ko’rsatuvchi buxgaltеr tomonidan imzolanadi va to’lashga qabul qilish va to’lash sanalari ko’rsatilgan holda unga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanadi.

Nazorat Savollari


1. Hujjatlarni to‘ldirish va rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan asosiy talablar.
2. Yig’ma hujjatlarga bank amaliyotida sodir bo’lgan hisob-kitob-pul hujjatlari.
3. Bank blankalari nima
4. Banknig hujatlarni rasmiylashtirish deganda nimani tushunamiz
5. hujatlar rasmilashtirishnig asoslari nimalardan iborat

20 Mavzu: Bank xodimlari tomonidan hujjatlarni tekshirish, qabul qilish va ularni imzolash tartibi.
Reja:
1.Bank xodimlari tomonidan hujjatlarni tekshirish va ularni imzolash tartibi.
2.Bank xodimlari tomonidan hujjatlarni qabul qilish va ularni imzolash tartibi.

Akkreditiv shundan iboratki, bu bankning applikant (mijoz-xaridor) topshirig‘iga asosan kelishilgan valyutada tomonlar o‘rtasida belgilangan summani, belgilangan muddatda akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim etilganidan keyin, benefitsiar (sotuvchi) foydasiga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilgan pul majburiyatidir.


Dokumentar akkreditivlar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish mijozlarning tashqi savdo operatsiyalari kengayishiga, pul oqimlarining ko‘payishiga, xorijiy hamkorlar va ularning banklari bilan ishonchli munosabatlarning rivojlanishi va mustahkamlanishiga yordam beradi.
Bitim bo‘yicha asosiy shartlar:
Amal qilish muddati - 360 kundan ortiq bo’lmagan;
Foiz stavkasi – kelishuv bo‘yicha;
Menejment uchun bir martalik komissiya – bank tariflariga muvofiq;
Bitimni so‘ndirish bo‘yicha imtiyozli davr – akkreditiv ochilgan sanasidan boshlab 9 oydan ortiq emas;
Akkreditivni muddatidan oldin so‘ndirish – yo‘l qo‘yiladi, muddatidan oldin so‘ndirish uchun jarima va komissiyalar olinmaydi;
Garov ta’minoti – ko‘chmas mulk, avtotransport, depozitlar, maxsus texnika va Qonunchilikka muvofiq boshqa likvid mol-mulk;
Aralash garov ham mumkin. Garov umumiy summaning 125% miqdorida diskont qo‘llanish bilan qabul qilinadi. Diskontning miqdori mol-mulkning turi va uning qiymatiga bog‘liq;
Bitim bo‘yicha boshqa xarajatlar – xorijiy bank tariflariga binoan.
Ushbu moliyaviy bitim uni amalga oshirishda quyidagi bir qator afzalliklarni ko‘zda tutadi:
to‘lov instrumenti ko‘rinishidagi xalqaro huquqiy ishonchlilik;
qisqa muddatli sifatli moliyalashtirish vositasi;
xorijiy yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni tezkor amalga oshirish imkoniyati;
xizmat ko‘rsatish shartlarini belgilash va hamkorlikni tashkil etish vaqtida individuallik;
tuzilgan bitim doirasida tomonlar o‘rtasidagi to‘lov qobiliyati va o‘zaro hisob-kitoblarning kafolatlari;
applikant (xaridor) tomonidan to‘lamaslik xavfidan benefitsiar (sotuvchi) foydasiga himoya.
Dokumentar akkreditivni qanday ochish mumkin:
Joylashgan yeri bo‘yicha o‘zingizga qulay bo‘lgan Bank filialini tanlang va Bank mutaxassisi bilan uchrashuv haqida kelishib oling. Uchrashuv vaqtida Bank mutaxassisi akkreditiv ochish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ularning shakli va mazmuni bo‘yicha maslahatlar beradi hamda Sizning barcha savollaringizga javob beradi.
Hujjatlarni yig‘ish va akreditiv ochish bo‘yicha arizani rasmiylashtirish
Zarur hujjatlarning to‘liq paketini yig‘ing. Bank mutaxassisi bilan uchrashuv vaqtida u bilan birgalikda akkreditiv ochish bo‘yicha ariza (tavsiyanoma) to‘ldiring va zarur hujjatlarning to‘liq paketini topshiring. Bank mutaxassisi akkreditiv ochish bo‘yicha Sizning arizangiz (tavsiyanomangiz) va taqdim etilgan hujjatlar paketini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.
Bank tomonidan o‘rnatilgan tartibda tavsiyanomani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish
Bank tomonidan tavsiyanoma bo‘yicha qaror qabul qilish muddati, Bankka zarur hujjatlarning to‘liq paketi ilova qilingan akkreditiv ochish bo‘yicha ariza (tavsiyanoma)ning kelib tushgan kunidan boshlab 10 ish kunidan oshmaydi. Bitim summasiga bog‘liq holda ikki martagacha oshishi mumkin. Bank tomonidan ariza (tavsiyanoma) ni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati Siz tomoningizdan taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligiga bog‘liq.
Kredit shartnomasini tuzish va ta’minotni rasmiylashtirish
Bankning ijobiy qaroridan keyin Siz tegishli shartnoma imzolaysiz va belgilangan tartibda akkreditiv bo‘yicha ta’minotni rasmiylashtirasiz.
Kreditni olish
Akkreditiv, import kontrakt va shartnomalar shartlariga muvofiq, akkreditiv ochish bo‘yicha maxsus shakldagi arizani to‘ldirish orqali ochiladi.

Nazorat Savollari


1. Bank xodimlari tomonidan hujjatlarni tekshirish va ularni imzolash tartibi.
2. Bank xodimlari tomonidan hujjatlarni qabul qilish va ularni imzolash tartibi.
3. Mijoznig banka taqdim etadigan hujatlari tarkibi
4. Bankda hujatlarni rasmiylashtirish tartibig nimalar kiradi
5 Bnkdagi hujatlar aylanishi tarkimi nimalardan iborat
6 mijozlarnig hujatlarini yig’ma jilt qilish tartibi

21 Mavzu: Naqd pulsiz hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish.


Reja:
1.Naqd pulsiz hisob-kitob shakillari.
2.Tijorat banklarining me’yoriy hujjatlarini rasmiylashtirish.






















Asosiy adabiyotlar

1.Bank hisobi K.N.Navro’zova, Sh.Ibragimova Fan texnologiya 2006 yil.



22 Mavzu: O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularning tashkil qilinishi.
Reja:
1.O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularning tashkil qilinishi.
2.Mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim.

To‘lov hujjatlarida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart:


to‘lov hujjatining nomi;
tartib raqami;
hujjatning sanasi;
mablag‘larni to‘lovchining nomi;
mablag‘larni to‘lovchi hisobvarag‘ining raqami;
mablag‘larni to‘lovchining STIRi (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami);
mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;
mablag‘larni to‘lovchining banki kodi;
mablag‘larni oluvchining nomi;
mablag‘larni oluvchi hisobvarag‘ining raqami;
mablag‘larni oluvchining banki nomi;
mablag‘larni oluvchining banki kodi;
to‘lov summasi;
to‘lov maqsadi;
shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan shaxs(lar)ning familiyasi to‘liqligicha, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda ularning imzolari (to‘lov hujjati elektron shaklda taqdim etilgan bo‘lsa, bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan berilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi).
Xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankka taqdim qilinadigan chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari quyidagi rekvizitlardan iborat bo‘ladi:
to‘lovning turi;
hujjatning sanasi;
mablag‘larni to‘lovchining to‘liq nomi va pochta manzili;
mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i;
to‘lov summasi;
valyuta kodi;
to‘lov maqsadi;
to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq bank komission xarajatlari;
mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;
mablag‘larni to‘lovchining banki pochta manzili (mamlakat, shahar);
mablag‘larni to‘lovchining banki maxsus kodi;
mablag‘larni oluvchining banki nomi;
mablag‘larni oluvchining banki pochta manzili (mamlakat, shahar);
mablag‘larni oluvchining banki maxsus kodi;
mablag‘larni oluvchi bankining mablag‘larni to‘lovchining bankidagi hisobvarag‘i;
mablag‘larni oluvchining to‘liq nomi va pochta manzili;
mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i;
mablag‘larni to‘lovchining oluvchiga xabari.
To‘lov hujjatidagi to‘lov summasi raqam va so‘z bilan yoziladi, bunda to‘lov summasini so‘z bilan yozilganda birinchi so‘z katta harf bilan va tiyin raqam bilan yoziladi.
Akkreditivga arizada qo‘shimcha ravishda quyidagi rekvizitlar bo‘lishi kerak:
akkreditivning amal qilish muddati;
akkreditiv ochilayotgan shartnomaning tartib raqami va sanasi;
buyurtmaning tartib raqami;
buyurtma berilgan sana;
tovarning (ish, xizmat) nomi;
to‘lovlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan hujjatning turi;
qo‘shimcha shartlar.
Agar ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, to‘lov hujjatlarini to‘ldirishda mablag‘larni to‘lovchi va oluvchining qisqartirilgan firma nomidan foydalanish mumkin.
To‘lov hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldiriladi. To‘lov hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‘lov topshiriqnomasida uning bankka taqdim etilgan va valyutalash sanasi ko‘rsatiladi.
To‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan valyutalash sanasi to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan oshmasligi kerak.
Mijozlar tomonidan taqdim etilgan to‘lov hujjatlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik mijozning ushbu to‘lov hujjatini imzolagan shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
Tizim orqali yuborilgan to‘lov hujjatlarining qog‘oz shakldagi asl nusxalari bankka taqdim etilmaydi. Bunda Tizim orqali yuborilgan to‘lov hujjatlaridagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga mijoz javobgar hisoblanadi.
Bankda 2-son kartotekaga kirim qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha yakuniy to‘lov avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda to‘lov hujjatining “To‘lov maqsadi” grafasida yakuniy to‘lov amalga oshirilganligini bildiruvchi “Ya/t” belgisi, to‘lov hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi ko‘rsatiladi.
Bank tomonidan qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul qilinadi:
to‘lov hujjatlaridagi imzolar (rahbarlik vazifalarini hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiradigan shaxsning) va muhr izi shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq bo‘lganda, bundan mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan talab mustasno;
yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklaridan to‘lov hujjatlaridagi imzo shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.
To‘lov hujjatlari shaxsiy varaqchaga imzo qo‘ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. To‘lov hujjatlarini faksimile usulida nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash taqiqlanadi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan to‘lov hujjatlariga muhr qo‘yish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
To‘lov hujjatlariga mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni ilova qilinishiga talablar belgilanishi mumkin emas.
Bank tomonidan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan identifikatsiya vositalari orqali tasdiqlangan holda qabul qilinadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlari bank operatsiya kuni davomida bankning mijozlar bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Elektron shakldagi to‘lov hujjatlari bankning mijozlar bilan ishlash vaqtidan qat’i nazar to‘lov hujjatining sanasi bilan u taqdim etilgan sana mos kelgan hollarda ijroga qabul qilinadi.
Bank hisobvarag‘idagi mablag‘lar quyidagilar asosida hisobdan chiqariladi:
qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlarining asl nusxalari;
to‘lov tizimlari orqali olingan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari;
Tizimdan foydalanuvchilarning umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali yuborgan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari va to‘lovni amalga oshirishga roziliklari;
elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan tranzaksiyalar bo‘yicha tuzilgan elektron shakldagi hujjatlar.
Mijozning hisobvarag‘iga mablag‘lar quyidagilar asosida kirim qilinadi:
to‘lov hujjatlarining qog‘oz shakldagi asl nusxasi yoki Tizim orqali yuborilgan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari;
to‘lov tizimlari orqali kelib tushadigan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari;
elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan tranzaksiyalar bo‘yicha tuzilgan elektron shakldagi hujjatlar.
To‘lov hujjatlarining nusxalari, shuningdek mablag‘larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim tomonidan imzolanadi.
Mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim to‘lov hujjatini to‘lovga qabul qilish va mablag‘larni to‘lash sanalarini ko‘rsatadi hamda o‘ziga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlaydi.
Mablag‘larni oluvchining banki tomonidan Tizim orqali taqdim etilgan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. Elektron shakldagi to‘lov hujjatlarini mablag‘larni oluvchiga taqdim qilish tartibi bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada belgilanadi.

Nazorat Savollari


1.O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularning tashkil qilinishi.
2.Mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim.
3. to’lov talabnoma nima
4. naqd pulsiz hisob kitoblar deganda nimani tushunasiz
5. bank tomonidan qaday o’tkazmalar amalga oshiriladi
6. hisob raqamga pul o’tkizish jarayoni nima


23 Mavzu: Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari.
Reja:
1.Pul aylanishi, uning mohiyati va tarkibiy qimlari
2.Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari
3.Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling