Hududiy boshqarmasi


Download 0.63 Mb.
bet2/25
Sana14.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1773437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
06 Maruza matn bank kassa ishi

banknotlar - Markaziy bank tomonidan turli nominaldagi naqd qog‘oz pullar shaklida muomalaga chiqarilgan pullar;
valyuta qimmatliklari - naqd chet el valyutasi, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar va sof quyma oltin;
inkassatsiya xizmati - bank mijozlarining kunlik naqd pul tushumlarini inkasso qilish, bank (bank filiali)ning qimmatliklarini tashish hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning murojaatlariga ko‘ra taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan ularning maxsus yuklarini tashish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat;
inkassatsiya punkti - bozor va savdo majmualari hududlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan kunlik naqd pul tushumlari solinib, plombalangan inkassatsiya xaltalarini topshiradigan maxsus joy (xona);
slip - bank plastik kartasidan foydalangan holda operatsiya o‘tkazilganligini tasdiqlovchi va o‘zida operatsiya summasi, turi, sanasi, shuningdek bank plastik kartasini hamda ushbu slipni shakllantirgan terminalni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborotlarni aks ettiruvchi terminal kvitansiyasi;
aylanma kassa - naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash hamda chiqim qilish uchun tashkil etilgan kassa;
naqd pul zaxirasi - bank mijozlarining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida maxsus tashkil etilgan zaxira;
kechki kassa - ish kuni tugagandan so‘ng inkassatsiya xizmatidan naqd pullar va boshqa qimmatliklar solingan xaltalarni qabul qilib oluvchi bank kassasi;
qayta sanash kassasi - bank amaliyot kuni davomida qabul qilingan hamda kechki kassa tomonidan qabul qilib olingan inkassatsiya xaltalaridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanab, saralash hamda ularni toifalarga ajratish va o‘rab-bog‘lashni amalga oshiruvchi bank kassasi;
kirim kassasi - bank amaliyot kuni davomida bank mijozlaridan naqd pullarni qabul qilib oluvchi bank kassasi;

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling