Hududiy boshqarmasi
Download 0.63 Mb.
|
06 Maruza matn bank kassa ishi
chiqim kassasi - bank amaliyot kuni davomida bank mijozlariga naqd pullarni berishni amalga oshiruvchi bank kassasi;
sayyor kassa - kassa tarmog‘idan (uzelidan) tashqarida bankning maxsus jihozlangan avtomashinasi yordamida kassa operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank kassasi.; maxsus kassa - yirik naqd pul tushumiga ega bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida pul tushumlarini qabul qilish uchun tashkil etiladigan bank kassalari; bankomat - mijozlar tomonidan bankning plastik kartalari orqali o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan elektron-mexanik qurilma; kassa hujjatlari - qimmatliklarni qabul qilish va berishni amalga oshirish va rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi pul hujjatlari (kirim kassa orderi, chiqim kassa orderi, naqd pullarni qo‘yish haqidagi e’lon, pul cheki, ilova qaydnomalari, yuk xatlari, to‘lov qaydnomalari va boshqalar); kassa operatsiyalari - qimmatliklarni qabul qilish va mijozlarga berish, qayta sanash, saralash, maydalash, ayirboshlash va o‘rab-bog‘lash. 5. Tijorat banklari (bundan keyingi o‘rinlarda banklar deb yuritiladi) mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatadi va o‘z kassalarida naqd pullarni jamlab, ularni mijozlarga beradi. 6. Banklarning mijozlar bilan kassa operatsiyalari bo‘yicha bajaradigan operatsiyalari bank hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga asosan ushbu yo‘riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bank kassasidan mijozlarga berilgan pullar orasidan aniqlangan kamomad, ortiqcha, to‘lovga yaroqsiz va qalbaki pullar yuzasidan qilingan e’tirozlar bank hisobvarag‘i shartnomasiga asosan tartibga solinadi hamda uning shartlari ushbu yo‘riqnomada belgilangan tartibga zid kelmasligi lozim. 7. Banklarda mijozlar bilan kassa operatsiyalarini amalga oshirish va naqd pullarga ishlov berish bo‘yicha aylanma kassa va operatsion kassalar tashkil etiladi. Operatsion kassalar quyidagilardan iborat: kirim va chiqim kassalari (kirim-chiqim kassalari), pulni qayta sanash kassasi, kechki kassa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qoshidagi maxsus kassa va kommunal to‘lovlarini qabul qilish bo‘yicha jamg‘arma hamda sayyor kassa va boshqalar. 8. Ko‘rsatib o‘tilgan kassalar kassa operatsiyalarining hajmi, xizmat ko‘rsatadigan mijozlar soni va kassa xodimlarining belgilangan shtatlar jadvalidan kelib chiqqan holda bank rahbarining farmoyishiga asosan tashkil etiladi. 9. Banklar mijozlarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishlari uchun bankomatlar va to‘lov terminallarini, ularni himoyalash darajasiga qarab, bankda yoki undan tashqarida o‘rnatishlari mumkin. 10. Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingan kassa hujjatlari (pul cheklari, naqd pul topshirish e’loni, kirim va chiqim kassa orderlari, ilova qaydnomalari va yuk xatlari) asosida amalga oshiriladi. 11. Kassa hujjatlari hisobini yuritish, mijozlar imzosining bankka taqdim etilgan namunalariga mos kelishi, ularning hisobvarag‘ida mablag‘larning bo‘lishi va pasportdagi ma’lumotlarning to‘g‘ri to‘ldirilishi bo‘yicha bank buxgalteriyasining tegishli xodimlari javobgar hisoblanadilar. 12. Bank rahbarlari, bosh buxgalterlari va kassa mudirlari mijozlarga o‘z vaqtida va aniq kassa xizmatini ko‘rsatish, shuningdek kassa ishini to‘g‘ri tashkil etishga og‘ishmay amal qilish va qimmatliklar butligini ta’minlash bo‘yicha mas’uldirlar. 13. Bosh banklarda kassa ishini nazorat qilish uchun kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo‘limi) tashkil etiladi. Kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo‘limi) bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan Kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo‘limi) to‘g‘risidagi nizomga asosan faoliyat yuritadi. Boshqarma (bo‘lim) zimmasiga nizomda ko‘zda tutilmagan vazifalarni yuklash ruxsat etilmaydi. 14. Kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo‘limi) zimmasiga uning nizomida ko‘rsatib o‘tilgan barcha majburiyatlar boshqarma (bo‘lim) xodimlari o‘rtasida yozma ravishda taqsimlanadi. Bajariladigan ishlar taqsimoti boshqarma (bo‘lim) boshlig‘i tomonidan belgilanadi va lavozim majburiyatlari sifatida alohida rasmiylashtirilib, boshqarma (bo‘lim)ning har bir xodimiga tanishib chiqish uchun beriladi va ularga imzo qo‘ydirgan holda, nusxalari topshiriladi. Lavozim majburiyatlari bo‘yicha yuklatilgan ishlarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun ijrochi xodim shaxsan javobgar hisoblanadi. 15. Boshqarma (bo‘lim) xodimlari - ish rejasi, ishning ahvoli bo‘yicha o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga asosan, shuningdek taftish hujjatlari, tekshirish va tahlil natijalariga ko‘ra, kassa ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida, bank binolarining yong‘indan va xavfdan ogohlantiruvchi texnik vositalari bilan jihozlanganligi, yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiya vositalari bilan ta’minlanganligi, ruxsatnoma berish va qo‘riqlash tartibi yuzasidan bank filiallarida ishlarning qanday yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganish, ularni tekshirish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradilar. 16. Boshqarma (bo‘lim) xodimlari bir yilda kamida bir marotaba o‘z tasarrufidagi bank filiallarida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tekshirish o‘tkazishlari hamda ish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni ushbu yo‘riqnoma talablariga binoan tekshirish davomida bartaraf etishlari lozim. Banklarda kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish uslubi mazkur yo‘riqnomaning 6-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan. 17. Lozim bo‘lgan taqdirda, tekshiruvchi aniqlangan kamchiliklarni aniq va qancha muddatda bartaraf etish va ishni yaxshi yo‘lga qo‘yish yuzasidan bank filiali rahbari nomiga yozma ravishda ko‘rsatma beradi. 18. Kassa ishini to‘g‘ri tashkil etilganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish vaqtida, bank rahbari yoki ushbu boshqarma (bo‘lim) faoliyatiga bevosita boshchilik qiluvchi bank rahbarining o‘rinbosari tomonidan imzolangan xizmat farmoyishiga asosan xodimga o‘rganish dasturida ko‘rsatilgan reja-topshiriq va pul saqlash omboridagi qimmatliklarni taftish qilish muddati belgilangan bir martalik guvohnoma beriladi. 19. Bosh bankning Kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo‘limi) boshliqlari o‘tkazilgan tekshiruv natijalari bo‘yicha tegishli materiallarni kelib tushgan kunidan boshlab 5 kun muddat ichida ko‘rib chiqishlari va o‘tkazilgan tekshiruv natijalari yuzasidan boshqarma (bo‘lim) xodimlarining shaxsiy fikrlarini tinglashlari hamda ishning samaradorligini oshirish yuzasidan chora ko‘rishlari lozim. 20. Tekshiruv natijalari takliflar bilan birga, yozma ravishda bankning Boshqaruv Raisiga yoki uning mazkur ish sohasiga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosariga taqdim etiladi, lozim bo‘lgan taqdirda, bank filiali rahbariga kerakli ko‘rsatmalar beriladi. 21. Kassa operatsiyalari boshqarma (bo‘lim)lari rahbarlari tomonidan tekshiruv amalga oshirilgan bankda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan nazorat o‘rnatilishi lozim. Keyingi tekshirish o‘tkazish vaqtida avvalgi tekshiruv va taftishlar natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarning ish jarayonida bartaraf etilganligi tekshirilishi shart. Kamchilik va tartibbuzarliklar takrorlangan holda uning sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi hamda joyida tegishli va qo‘shimcha choralar ko‘riladi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tekshiruvchi aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha bank filiali rahbari nomiga o‘z takliflarini kiritadi. Nazorat savollari 1 Kassa qoldig’I nima 2 kassadagi limitlar 3 Kassadagi qoldiqni tartibga solish 4 Kassa hujatlari 5 kassa operatsiyalari. 6 Maxsus kassa nima 4 Mavzu: Kassa muomalalarini yuritish tartibi. Reja: 1.Kirim va chiqim muommalari bo’yicha hujjatlar aylanishi. 2.Kassa muomalalarini yuritish tartibi. Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o‘zining pul mablag‘larini va naqd pulsiz muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankida hisob-kitob schyotini ochadi. Bankda schyot ochish uchun tashkilotlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: 1. Schyot ochish uchun ariza. 2. Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning ko‘chirmasi. 3. Yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusdan tasdiqlangan ko‘chirma. 4. Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat. 5. Soliq organidan ro‘yxatdan o‘tib idensifikatsiya nomeri berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot. 6. Imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka. Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag‘larining harakati, holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib boradi. Hisob-kitob schyotining debetida pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida esa pulning o‘tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu schyotda yozuvlar bankning ko‘chirmasiga asosan amalga oshiriladi. Pulning tushumi va o‘tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi; 1. To‘lov topshiriqnomasi. 24 2. To‘lov talabnomasi. 3. Inkassa topshiriqnomalari. 4. Pul cheki. 5. Pul badallari haqidagi e’lon. To‘lov topshiriqnomasi korxonaning o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z schyotidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i hisoblanadi. Bunda to‘lovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriqnoma taqdim etadi. Topshiriqnomalar yozilgan kun — 1 kun davomida amal qiladi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra topshiriqnomalarga asoslangan to‘lovlar muddatli, muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan bo‘lishi mumkin. Muddatli to‘lov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi: — bo‘nak to‘lovi, ya’ni tovarlarni yuklab jo‘natish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan oldin; — tovar yuklab jo‘natilganidan so‘ng, ya’ni tovarni to‘g‘ridan to‘g‘ri akseptlash yo‘li bilan; — yirik bitimlarda qisman to‘lovlar. To‘lov talabnomasi hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol yetkazib beruvchi (yuk jo‘natuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning to‘lovchiga muayyan summani bank orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga oladi. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va to‘lovlarni ta’minlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni oluvchi unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka inkassa uchun to‘lovchidan muayyan summani bank orqali to‘lash talab qilingan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi. To‘lovchilarning akseptli yoki akseptsiz talabli hisob-kitoblari korxonalar o‘rtasida yuklab jo‘natilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, boshqa to‘lovlar bo‘yicha esa – amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llanadi, talabnomada mazkur to‘lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak. Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan kunning ertasiga to‘lanadi. 25 To‘lovchi unga xizmat ko‘rsatadigan bank muassasasiga mazkur bank muassasasi talabnomani olgan kundan so‘ng 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunni hisobga olmaganda, akseptdan voz kechishi to‘g‘risida aytish huquqiga ega. Zarurat tug‘ilganda korxonaning so‘roviga binoan bank muassasasi rahbari talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi mumkin. Inkassa topshiriqnomalariga binoan to‘lovlar hisobi korxonalar schyotlaridagi mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan o‘chirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi: budjetga to‘lovlar bo‘yicha boqimandalar, jarimalarni undirishda va mablag‘larni hisobdan o‘chirishning so‘zsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilarning farmoyishlari bo‘yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo‘yicha. Mablag‘larni schyotlardan so‘zsiz tartibda hisobdan o‘chirish undiruvchilarning to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi. Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasidan oladi. Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar, kasallik varaqasi bo‘yicha nafaqalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari uchun naqd pullarni bank cheki asosida korxonaning hisobkitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi. Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko‘rsatilgan naqd pul summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyohda yoki sharikli ruchkada to‘ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining nomi, shuningdek, olingan summaning nima maqsadda ishlatilishi ko‘rsatiladi. Pul badallari haqidagi e’lon bilan hisob-kitob schyotiga naqd pullar topshirilganligi rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat bir nusxada to‘ldiriladi va unda to‘lanadigan pulning hosil bo‘lish manbayi ko‘rsatiladi. Bank qabul qilingan pulga kassirga kvitansiya beradi, u buxgalteriyada kassa chiqim orderini tuzish va kassa bo‘yicha pul mablag‘larini hisobdan chiqarish uchun asos vazifasini o‘taydi. 26 5110 – Hisob-kitob schyotining boshqa schyotlar bilan aloqasi D-t 5110 K-t D-t 5010 K-t D-t 6010 K-t D-t 4010 K-t D-t 6410 K-t D-t 6810 K-t D-t 6520 K-t D-t 7810 K-t D-t 5010 K-t D-t 4800 K-t D-t 6510 K-t D-t 6810 K-t D-t 6900 K-t 5110-«Hisob-kitob» schyotining debetli va kreditli jarayonlari quyidagi buxgalteriya aloqalarida aks ettiriladi Schyotlar aloqasi D K 1 Kassadan ortiqcha pul hisob-kitob schyotiga topshirildi 5110 5010 2 Sotilgan mahsulot uchun xaridorlardan boshqa bajarilgan ish, xizmatlar uchun buyurtmachilardan pul kelib tushdi 5110 4010 3 Bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli kredit hisob- 5110 6810, kitob schyotiga o‘tkazildi 7810 4 Debitorlardan qarz kelib tushdi 5110 4810, 4890 5 Foydalanilmagan akkreditiv, limitlangan chek daftarcha- 5110 5510, sining mablag‘i hisob-kitob schyotiga qaytarilib topshirildi 5520 6 Ta’sischilardan hisob-kitob schyotiga pul kelib tushdi 5110 4610 Kassadagi ortiqcha mablag‘ning qaytarilishi Xaridor va buyurtmachilar qarzining to‘lanishi Qisqa muddatli bank kreditining olinishi Uzoq muddatli bank kreditining olinishi Turli debitorlik qarzlaridan tushumlar Mol yetkazib beruvchilarga to‘lovlar Budjetga soliq to‘lovlari Budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar Kassaga naqd pul berilishi Sug‘urta to‘lovlari Qisqa muddatli kreditning qaytarilishi Turli kreditorlik to‘lovlari t/r Muomalalar mazmuni 27 7 Chek asosida hisob-kitob schyotidan kassaga pul olindi 5010 5110 8 Mol yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qarzni uzish uchun o‘tkazildi 6010 5110 9 Kasaba uyushmasi tashkilotiga, ijtimoiy sug‘urta tashkilotiga ajratmalar o‘tkazildi 6520 5110 10 Banklardan olingan qisqa va uzoq muddatli kreditlar 6810 7810 qaytarildi 5110 11 Budjetga bo‘lgan qarzlar to‘landi 6410 5110 12 Ishlatilmagan akkreditiv, limitlangan chek daftar- 5510 5520 chasi qaytarildi 5110 13 Bank xizmatlari uchun foiz to‘landi 9430 5110 Korxonaning hisob-kitob schyotidagi O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasidagi pul schyotidan foydalaniladi. 5110-schyot debeti bo‘yicha tushumlar tarziga bog‘liq ravishda turli schyotlar kreditidan hisob-kitob mablag‘larining miqdori va harakatini hisobga olish uchun 5110-«Hisobkitob schyoti» aktiv pul varag‘iga mablag‘larning tushishi bo‘yicha xo‘jalik muomalalari, 5110-schyot krediti bo‘yicha esa xarajatning nima maqsadda qilinganligiga ko‘ra hisob-kitob varag‘i turli schyotlar debetiga mablag‘larni hisobdan chiqarish bo‘yicha xo‘jalik muomalalari aks ettiriladi. 5110-«Hisob-kitob» schyotining debet aylanmasi 2-vedomostdan, kredit aylanmasi 2-jurnal orderda aks ettiriladi. 5110-«Hisob-kitob» schyoti bo‘yicha muomalalar tekshirilgan bank ko‘chirmasi va unga ilova qilingan pul hujjatlariga asosan aks ettiriladi. 5110-schyotining qoldig‘i hisob-kitob schyotidan berilgan ko‘chirmada ko‘rsatilgan qoldiqqa teng kelishi kerak. Quyida 2-jurnal order va 2-vedomostning qisqartirilgan holdagi to‘ldirilgan shaklini keltirib o‘tamiz. 2-jurnal order 20__ yilning may oyi uchun, ming so‘mda 5110-«Hisob-kitob» schyotining kreditidan quyidagi schyotlarning debetiga Debetlanuvchi schyotlar Jami 5010 5510 6010 6410 6520 7810 01-04 240,0 – 11000,0 – – – 11240,0 Sana 28 06 – – – – – 6000,0 6000,0 08-10 12000,0 – 28000,0 3000,0 4200,0 – 47200,0 11-31 – 7000,0 – 2000,0 – – 9000,0 Jami 122400,0 7000,0 39000,0 5000,0 4200,0 6000,0 73440,0 2-vedomost 20__ yilning may oyi uchun. 5110-«Hisob-kitob» schyotining debetiga quyidagi schyotlarning kreditidan Oy boshidagi qoldiq – 520,0 ming so‘m Kreditlanuvchi schyotlar 4010 6810 5510 5010 4800 01-04 48000.0 – – – – 48000,0 06 11000.0 – – – – 11000,0 08-10 25000.0 2000,0 400,0 800,0 180,0 28380,0 11-31 18000.0 1000,0 6000,0 400,0 260,0 25660,0 Jami 102000,00 3000,0 6400,0 1200,0 440,0 113040,0 Oy oxiriga qoldiq: 40120,0 so‘m 2-jurnal order va 2-vedomostni yuritish bir oyga mo‘ljallangani uchun bankdan olingan har bir ko‘chirma ma’luomtlari bir qatorga yoziladi. Demak, 2-jurnal order va 2-vedomostda band qilingan qatorlar soni shu davr ichida bankdan olingan ko‘chirmalar soniga teng bo‘lishi kerak. Bu esa buxgalteriya xodimlariga korxona hisob-kitob schyotiga pul mablag‘larining tushish manbalarini tahlil qilish, maqsadli foydalanilishi, tasdiqlangan moliyaviy to‘lanmalar kalendar grafigiga binoan budjetga va boshqa organlarga mablag‘ o‘tkazilishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. Nazorat Savollari 1. Kassa muomlalarini tashkil eitsh 2 Kirim va chiqim muommalari bo’yicha hujjatlar aylanishi. 3. Kassa muomalalarini yuritish tartibi 4. Naqd pullarni topshirish tartibi 5 Pul cheki Nima
5 Mavzu: Kassirni huquqlari va majburiyatlari. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling