Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


O‘zbekiston iqtisodiy rayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 170.12 Kb.
bet21/39
Sana18.11.2023
Hajmi170.12 Kb.
#1785416
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari-hozir.org

3. O‘zbekiston iqtisodiy rayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy – hududiy jihatdan hozirda 6 ta iqtisodiy rayon, 12 ta viloyat, bitta respublika va 158 ta tuman, 985 ta shahar posyolkalari, 11154,0 ta qishloqlardan iborat (32-jadval). Iqtisodiy rayonlar ichida Toshkent iqtisodiy rayoni-respublikada eng rivojlangan hududlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning tarkibiga Toshkent viloyati va Toshkent shahri kiradi. Umumiy maydoni 15,6 ming km., kv., aholisi 4981,1 ming kishi, zichligi 1 km., kv joyga 319,3 kishidan (2012 y) iborat. Bu jihatdan, ya’ni aholisining ko‘pligi, zich joylashganligi, qulay iqtisodiy geografik o‘rinni egallashi, poytaxt mintaqasi ekanligi bilan iqtisodiy rayon boshqa rayonlarga nisbatan yaqqol ajralib turadi.
Farg‘ona iqtisodiy rayoni-ma’muriy jihatdan o‘z tarkibiga Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarini oladi. Maydoni 18,5 ming kv. km yoki respublika hududining 4,1 foizini egallaydi, aholisi 8415,9 ming (2012 y) kishini tashkil etadi. Umummamlakat aholisining 28,5 foizini qamrab olgan iqtisodiy rayon aholisining zich joylashuvi, juda katta demografik salohiyatga egaligi, er-suv resurslarining cheklanganligi bilan respublikada alohida ajralib turadi.
Zarafshon iqtisodiy rayoni-Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy rayon Zarafshon daryosining o‘rta va quyi qismini, qadimda uning ta’sirida vujudga kelgan xo‘jalikning hududiy tizimini o‘z ichiga oladi. Rayonning umumiy maydoni 168,1 ming km2 bo‘lib, u mamlakat hududining 37,4 foizini tashkil qiladi. Bu jihatdan u, faqat Quyi Amudaryo rayonidan biroz kichikroq, xolos. Aholisi 5916,5 ming kishi (2012 y.) bo‘lib, umumrespublika aholisining 20,0 foizi istiqomat qiladi. Bundan Samarqand viloyati aholisi 3327,2 ming kishi, Navoiy viloyatiniki 881,7; Buxoro viloyatiniki esa 1707,6 ming kishidan iborat.
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni - o‘z tarkibiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini oladi. Uning maydoni 25,5 ming km2 bo‘lib, Respublika hududining 5,6 foizini tashkil qiladi. Maydonining kattaligi jihatidan Janubiy mintaqadan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi.

Download 170.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling