Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


Toshkent iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi


Download 170.12 Kb.
bet23/39
Sana18.11.2023
Hajmi170.12 Kb.
#1785416
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari-hozir.org

1.Toshkent iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi
Toshkent iqtisodiy rayoni-respublikada eng rivojlangan hududlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning tarkibiga Toshkent viloyati va Toshkent shahri kiradi. Umumiy maydoni 15,6 ming km., kv., aholisi 4981,1 ming kishi, zichligi 1 km., kv joyga 319,3 kishidan (2012 y) iborat. Bu jihatdan, ya’ni aholisining ko‘pligi, zich joylashganligi, qulay iqtisodiy geografik o‘rinni egallashi, poytaxt mintaqasi ekanligi bilan iqtisodiy rayon boshqa rayonlarga nisbatan yaqqol ajralib turadi.
Toshkent iqtisodiy rayoni O‘zbekistonning shimoliy-sharqiy qismida, G‘arbiy Tyanshan tog‘lari bilan Sirdaryoning o‘rta oqimi oralig‘ida joylashgan. SHuningdek, uning maydoni Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l va Janubiy Qozog‘iston (CHimkent viloyati) tekisliklari oralig‘idagi hududlarni egallaydi. Iqtisodiy rayonni shimoliy va shimoli-sharqiy tomondan Pskom, Ugom, CHotqol, Qurama tizmalari o‘rab turadi. Bu tog‘larning eng baland joyi Pskom tizmasidagi Beshtor tog‘idir (4299 m). Tabiiy resurslarga boy, tabiiy sharoitiga ko‘ra ikki qismdan iborat, ya’ni tekislik va tog‘ qismi. Tekislik qismi tog‘ oldi rayonlaridan boshlanib, Sirdaryogacha cho‘zilgan, CHirchiq-Ohangaron daryolarining vodiysini egallagan holda, dengiz sathidan 250-450 metr balandlikka to‘g‘ri keladi. Bu erda sovuqsiz kunlar 200 va undan ham ko‘proq davom etadi, vegetatsiya davrida quyoshdan keladigan issiqlik miqdori 4100-4500 gradusga etadi. YOg‘in miqdori tog‘ oldida 350-400 mm, tog‘larda 500 mm gacha tushadi.
Iqtisodiy rayonning suv resurslari CHirchiq daryosiga qurilgan CHorvoq suv ombori, maydoni 40 km.kv. umumiy suv hajmi 1,5 mlrd metr kub hamda Ohangaron daryosiga qurilgan Tuyabo‘g‘iz suv omborida 250 mln metr kub suv to‘planadi. CHirchiq daryosi va uning irmoqlari mintaqa aholisi va xo‘jaligining suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi. Tabiiy resurslarlardan ko‘mir, qora va rangli metallar, qurilish materiallari, qimmatbaho metallarga boyligi ham mintaqani respublikada rivojlangan sanoat rayoniga aylanishiga sabab bo‘lgan.



  1. Download 170.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling