Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


-Mavzu. Hududlarni rivojlantirishda Farg`ona iqtisodiy rayonining hududiy o`rni va ahamiyati.(4soat)


Download 170.12 Kb.
bet25/39
Sana18.11.2023
Hajmi170.12 Kb.
#1785416
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari-hozir.org

7-Mavzu. Hududlarni rivojlantirishda Farg`ona iqtisodiy rayonining hududiy o`rni va ahamiyati.(4soat)
Reja.
1. Farg`ona iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi
2. Farg`ona iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi


1. Farg`ona iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi
Farg‘ona iqtisodiy rayoni-ma’muriy jihatdan o‘z tarkibiga Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarini oladi. Maydoni 18,5 ming kv. km yoki respublika hududining 4,1 foizini egallaydi, aholisi 8415,9 ming (2012 y) kishini tashkil etadi. Umummamlakat aholisining 28,5 foizini qamrab olgan iqtisodiy rayon aholisining zich joylashuvi, juda katta demografik salohiyatga egaligi, er-suv resurslarining cheklanganligi bilan respublikada alohida ajralib turadi.
O‘z o‘rniga ko‘ra iqtisodiy rayon hamma tomondan tog‘ tizmalari, ya’ni Tyanshan va Xisor-Oloy tog‘ tizimiga kiruvchi shimoli-g‘arbdan Qurama va CHotqol tizmalari, shimoli-sharqdan Farg‘ona tizmasi, janubdan Turkiston va Oloy tizmalari bilan o‘ralgan. Iqtisodiy rayon foydali qazilmalarga unchalik boy emas, bu erda asosan neft, rangdor metal rudalari uchraydi xolos. Suv resurslari bilan juda yaxshi ta’minlangan, iqlimi dehqonchilik qilish uchun qulay, baland tog‘ mintaqalari yaylov chorvachiligini rivojlantirish imkonini bergan. Ammo adir mintaqasining ayrim erlari dehqonchilik qilishga imkon bermaydi. Dehqonchilik bahorikor va sug‘orma dehqonchilikka tayanadi.
Iqtisodiy rayon juda katta demografik saohiyatga ega hudud hisoblanadi. Bu erda aholining zichligi 1 km kv joyga o‘rtacha 454,9 (2012 y) kishidan to‘g‘ri keladi. Uning eng yuqori darajasi Andijon viloyatida kuzatiladi, Farg‘ona va Namanganda nisbatan zichlik darajasi kamroq. Aholi soni va zichligi asosan tabiiy ko‘payish hisobiga yildan-yilga ortib bormoqda. Bu esa rayonda mehnat resurslarining miqdori ko‘payishiga, ish bilan ta’minlashda muammolarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.
Iqtisodiy rayonning qulay tabiiy sharoiti, inson resurslarining etarliligi, hozirda iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘llarini topish lozimligidan dalolat beradi.



Download 170.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling