Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


Zarafshon iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi


Download 170.12 Kb.
bet27/39
Sana18.11.2023
Hajmi170.12 Kb.
#1785416
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari-hozir.org

Zarafshon iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi


Zarafshon iqtisodiy rayoni-Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy rayon Zarafshon daryosining o‘rta va quyi qismini, qadimda uning ta’sirida vujudga kelgan xo‘jalikning hududiy tizimini o‘z ichiga oladi. Rayonning umumiy maydoni 168,1 ming km2 bo‘lib, u mamlakat hududining 37,4 foizini tashkil qiladi. Bu jihatdan u, faqat Quyi Amudaryo rayonidan biroz kichikroq, xolos. Aholisi 5916,5 ming kishi (2012 y.) bo‘lib, umumrespublika aholisining 20,0 foizi istiqomat qiladi. Bundan Samarqand viloyati aholisi 3327,2 ming kishi, Navoiy viloyatiniki 881,7; Buxoro viloyatiniki esa 1707,6 ming kishidan iborat.
Aholisining zichligi iqtisodiy rayon bo‘yicha kv.km joyga o‘rtacha, 35,2 kishidan to‘g‘ri keladi. Hududi shimolda Qozog‘iston Respublikasi, Nurota tizmalari, shimoli – sharqda Turkiston, sharqda va janubi-sharqda Zarafshon tizmalari bilan, davlatlardan yana janubi-g‘arbda Turkmaniston davlati bilan chegaradosh.
Iqtisodiy rayon er sirti xilma-xil katta qismi tekisliklardan (Qizilqum, Qarnob cho‘li), vodiy va adir erlardan iborat. Tabiiy resurslardan mineral resurslarga boy, tabiiy gaz zahiralari, oltin, nodir metallar, tuzlar, qurilish materiallari, marmar, volfram konlari mintaqa sanoatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Suv resurslariga Zarafshon daryosi, Amu Buxoro, Amu Qorako‘l kanallari, Quyimozor, Kattaqo‘rg‘on suv omborlarini kiritish mumkin. Buxoro vohasi ko‘proq Amudaryo suvlari bilan sug‘oriladi. Biroq, bu hududning rivojlanishida Zarafshon daryosining ahamiyati katta bo‘lgan; Buxoro daryoning quyi, Samarqand esa daryoning yuqori qismida joylashgandir.


  1. Zarafshon iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Zarafshon iqtisodiy rayoni O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 18-20, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 22-23 foizini beradi. Mamlakat ichki mehnat taqsimotida rayon hosil qiluvchi tarmoqlar sifatida paxtachilik, qorako‘lchilik, rangdor metallurgiya, xalqaro turizm va boshqalar xizmat qiladi. SHuningdek, bu hududda pilla etishtirish, uzumchilik, kimyo va neft kimyosi, oziqovqat, to‘qimachilik sanoatlari ham rivojlanib bormoqda. Rayonni g‘arbdan sharqqa tomon kesib o‘tuvchi xalqaro temir va avtomobil yo‘llar, sug‘orish inshootlari uning iqtisodiyotini shakllanishida katta ahamiyatga ega.


Mintaqa iqtisodiyoti agrar - industrial yo‘nalishga ega. Mustaqillik yillarida mintaqa sanoati, xususan, yoqilg‘i, qurilish materiallari ishlab chiqarish ancha tez rivojlandi, qulay investitsiya muhiti yaratildi. Mamlakat neft mustaqilligini ta’minlashda Buxoro (Qorovulbozor) neftni qayta ishlash zavodi muhim o‘rin tutmoqda. Bu korxona Fransiyaning Teknep firmasi bilan hamkorlikda barpo etildi va buning uchun 500 mln. AQSH dollariga yaqin mablag‘ sarflandi. Zavod Qashqadaryo neft-gaz konlari asosida ishlaydi. YOqilg‘ini asosan Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi va qisman “Gazlineftgaz qazib chiqarish” shirkat korxonasi beradi. Sanoatda mashinasozlik va metallni qayta ishlashda ta’mirlash mexanika zavodi “Trubodetal”; “Buxorosozta’mir-servis”, “NEM” ta’mir mexanika zavodi, "Samarqandliftsozlik zavodi; engil va oziq-ovqat sanoatida “Buxoro brilliant shilk”; “O‘zkarpet”, “Ramstar”, “Qorako‘lteks”, «Samteks», "Uz BAT""Sino", "Sigaretnaya qo‘shma korxonalari, Kogon, Kattaqo‘rg‘on yog‘ - ekstraksiya zavodlari, shuningdek, Buxoro yog‘ - ekstraksiya zavodi, “Evrosnar” qo‘shma korxonasi, ximiyada "Samarqandkimyo", “Navoiyazot”, “Elektroximsanoat”, yoqilg‘i-energetikada Xishrov GES, Navoiy IES, qurilishda “Qizilqumsement”, “Qizilqum – Rus - Nur”, rangli metallurgiyada “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonalari ham etakchilik qiladi. Mamlakatimiz xo‘jaligi uchun nihoyatda zarur bo‘lgan superfasfat zavodi xom ashyosi-fosforitlar Navoiy viloyati hududida ishlab chiqariladi. Zarafshon iqtisodiy rayoni O‘zbekiston umumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotining 26,7 foizini etishtiradi. Iqtisodiy rayon tarkibida bu jihatdan Samarqand viloyati etakchilik qiladi. Qishloq xo‘jaligi paxtachilik, qorako‘lchilik, qo‘ychilik, meva-sabzavotchilik va donli ekinlar etishtirishga ixtisoslashgan. Iqtisodiy rayonda respublika yalpi don ekini hosilining 22,8 foizi, go‘shtning 29,2 foizi etishtiriladi. SHuningdek, kartoshkaning yalpi hosili bo‘yicha hamda go‘sht ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra Samarqand viloyati mamlakatda birinchi o‘rinni egallaydi (371,7 ming tonna kartoshka, 111,9 ming tonna go‘sht, 2011 y.).
Transport tizimining barcha turlari rivojlangan, ayniqsa, Buxoro-Tashkent, Buxoro-Qarshi temir yo‘llarining borligi, “Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-Nukus” temir yo‘l liniyasi ishga tushirilganligi, Navoiy logistika markazining qurilib topshirilganligi mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Aynan mana shu logistika markazi tufayli iqtisodiy rayon dunyoning turli mamlakatlari bilan havo aloqalari o‘rnatishga erishdi. Qolaversa, mintaqadan juda katta xalqaro ahamiyatga ega gaz quvurlarining olib o‘tilganligi ham transportning rivojlanganligidan dalolat beradi.

Download 170.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling