Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyotida qanday o‘zgarishar ro‘y berdi?


Download 170.12 Kb.
bet19/39
Sana18.11.2023
Hajmi170.12 Kb.
#1785416
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari-hozir.org

Savol va topshiriqlar:
    1. 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyotida qanday o‘zgarishar ro‘y berdi?

    2. 2021 yilning birinchi choragida O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi qanday o‘sish dinamikasiga ega buldi?

    3. 2021 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida qanchalik o‘sish kuzatildi?

    4. 2021 yilning 9 oy davomida O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha iqtisodiyot sohalarida qanday o‘zgarishlar kuzatildi?



5-Mavzu. Hududlarni rivojlantirishda iqtisodiy rayonlarning hududiy o`rni va ahamiyati.(2 soat)


Reja:
1.Iqtisodiy rayonlashtirish xududlarni rivojlantirishning va boshqarishning muhim shakli sifatida
2. O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy rayonlashtirish
3. O‘zbekiston iqtisodiy rayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari



  1. Iqtisodiy rayonlashtirish xududlarni rivojlantirishning va boshqarishning muhim shakli sifatida

Iqtisodiy rayon (latinchada «rejio» region-mamlakat, o‘lka, viloyat)- bu mamlakatning bir qismi bo‘lib, uning ichidagi barcha iqtisodiy ob’ektlar bevosita yoki bilvosita ixtisoslashuvning biron bir funksiyasini bajaradi.


A.S.Soliev rayon ham hudud, ammo hududning ma’lum bir o‘xshashliklarga ega bo‘lgan muayyan bir qismidir. Tabiiy geografiyada rayon turli komponentlarning majmuasi shaklida vujudga kelgan landshaft tipi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada esa u hududiy mehnat taqsimoti natijasida shakllangan, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ma’lum soha yoki yo‘nalishlariga ixtisoslashgan aniq hududdir, deb ta’riflaydi (Soliev A.S., 2007).
N.N.Kolosovskiyning fikricha, rayonlashtirish nazariyasini rivojlantirib, uning fundamental ahamiyati, har bir fanning eng murakkab tomoni uning ma’zmun mohiyatini ifodalaydigan tushunchasini ochib berishdir. Matematikada masalan, sonlar xaqidagi ta’limot. Fizikada materiya va energiya xaqidagi ta’limot, biologiyada xujayra, geografiyada esa rayon xaqidagi ta’limotdir (Plisetskogo E.L., 2008).
Rayonlashtirish jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va milliy jihatdan rivojlantirish maqsadida ajratiladi va unda albatta ichki bir butunlilik tamoyili muhim o‘rin tutadi. Iqtisodiy rayonlashtirish-mamlakat hududlarini iqtisodiy rayonlarga ajratishdir. Bu o‘z navbatida, mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirishda boshqarishning muhim bir vositasi va asosi hisoblanadi.
Rayonlarni ajratish murakkab, rayonlashtirishning oddiy va murakkab shakllari mavjud. Masalan, mamlakat hududini turli geografik tomonlar bilan nomlash (Markaziy, G‘arbiy, SHarqiy, Janubiy, SHimoliy va ularning oraliqlari SHimoliy-sharqiy, Janubi-sharqiy, SHimoli-g‘arbiy, Janubi-g‘arbiy) yoki alohida orollar, yarim orollar, anklav va eksklav hududlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy rayon maqomida ko‘rish rayonlashtirishda uncha qiyin emas. Haqiqiy rayonlashtirish alohida, rayonlar chegarasini aniqlash esa iqtisodiy makonni uning ichki tuzilish (tarkib) xususiyati, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va mujassamlashuvi, kombinatsiyasi, rayon hosil qiluvchi markazlarning mavjudligini hisobga olgan holda ajratiladi (Soliev A.S., 2007).
Rayonlashtirish mintaqaviy, maqsadli dasturlarni amalga oshirishda, mintaqaviy siyosat masalalarida, moddiy ishlab chiqarish, yoqilg‘i-energetika va boshqa sohalarda muammolarni hal etishda muhim o‘rin tutadi. SHuningdek, rayonlashtirishda quyidagi rayon hosil qiluvchi omillarga, ya’ni rayon tarkibiga kirgan hududlar mamlakat milliy iqtisodiyotining bir qismi sifatida uni taraqqiyotida faol ishtirok etishi, ulkan mehnat va demografik salohiyatga ega bo‘lishi, bir butunlilik tamoyiliga amal qilishi, rayon hosil qiluvchi tarmoqlarning mavjudligi, iqtisodiyotning ba’zaviy tarmoqlarining rivojlanganligi, transport va boshqa infrastruktura tizimining shakllanganligi va hakozolarga alohida e’tibor qaratiladi.
Qaysiki, mehnat taqsimotidagi jiddiy o‘zgarishlar, yirik masshtabdagi yangi foydali qazilma konlarining topilishi va ishga solinishi hamda boshqa hududiy siljishlar rayonlar chegarasining o‘zgarishiga yoki uni qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, G‘uzor – Boysun - Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining qurilishi bilan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari Janubiy iqtisodiy rayon tarkibi sifatida ko‘rila boshlandi. Ammo, mustaqillik yillarida ichki hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, yangidan yangi konlarning ishga tushishi va uning negizida ishlab chiqarishning rivojlanishi, transport tizimidagi islohotlar respublikani iqtisodiy rayonlashtirishda yana o‘zgarishlar ro‘y berishidan dalolat beradi.

Download 170.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling