Hududlarning investitsion jozibadorligi oshirish: muammolar va yechimlar


Download 165.73 Kb.
bet4/8
Sana26.03.2023
Hajmi165.73 Kb.
#1296564
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xomitov K 02 2021

Tаdqiqot metodologiyasi.


Hududlarining investitsion jozibadorligi va uni oshirish bo’yicha maʼlumotlar toʼplash, toʼplangan maʼlumotlarni tahlil qilish, sintezlash, mantiqiy fikrlash kabi iqtisodiy tadqiqot usullaridan keng foydalanildi.


  1. Tahlil va natijalar muhokamasi.


So‘zimizni boshlar ekanmiz bir haqiqatni unitmaligimiz kerak. Har qanday davlatning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi ham ichki, ham tashqi investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilish orqali erishilishi isbotlangan. Ushbu holatni inobatga olib, tubanda aynan, jahon investitsiyalar bozoridagi vaziyat, rivojlanishning yuqori darajalarini egallash maqsadida qabul qilinayotgan islohotlar, ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvlar va tendensiyalarning sharhiga navbat beriladi.
O‘zbekiston jahon hamjamiyati oldida o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojl anish darajasi, geografik joylashishi, tabiiy resurslarining tarkibi va zahirasi, hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosati bilan jonli qiziqish uyg‘otadi.
Hududlarning investitsion jozibadorlikni oshirish hududlarni tipologiyasi tipologiyasini quydagi turlarga ajratib olishimiz mumkin: “lokomotivlar”, “tayanch hududlar” va “o‘sish qutblari”.
“Lokomotivlar”da markazning katta ko‘magisiz ham barqaror rivojlanishiga imkon beruvchi yuqori investitsion salohiyat va rivojlanishning ichki resurslari mavjud bo‘ladi. “O‘sish qutblari” – aholi soni va iqtisodiy quvvati bo‘yicha katta bo‘lmagan, investitsion xatarning past darajasi bilan farq qiluvchi hududlar hisoblanadi.
Uchinchi hudud esa, “o‘sish qutblari”dan farqli o‘laroq, iqtisodiy o‘sish bo‘yicha
cheklangan istiqbolga ega va 10–15 yildan keyin o‘zining “eng yuqori ko‘rsatkichi”ga etadi, ya’ni yuqori investitsion jozibadorlik: mehnat, er, suv va boshqa resurslarning cheklangani tufayli qo‘shimcha investitsiyalarni “jalb etish”ga qodir bo‘lmaydi.
“Muammoli hududlar” deganda, ishlab chiqarish resurslariga ega bo‘lishidan qat’i nazar, investitsion muhitning nosog‘lomligi, investitsiyalarning yetishmasligi nazarda tutiladi. Investitsion jozibadorlikni oshirishda ularning eng yiriklari “o‘sish qutblari”, katta bo‘lmaganlari esa “o‘sish nuqtalari”ga aylanishi mumkin. Eng ko‘p sonli guruhga “noaniq istiqbolga ega bo‘lgan” hududlar kiritilib, ular taqdiri hududdagi boshqaruv mahoratiga bog‘liq bo‘ladi (Марченко., Мачульская, 2005).
Investitsion muhit jozibadorligining ikkinchi tarkibiy qismi – investitsion risk (xatar) hisoblanadi. Uning darajasi investitsiyalarni va ulardan tushadigan daromadlarni yo‘qotish ehtimolini aks ettiradi. Respublikaning u yoki bu hududida ushbu xatar umumiqtisodiy (hududning iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalari), moliya-valyuta (hudud byudjeti va korxona moliyasining balanslashgan darajasi), siyosiy (Prezident va Parlament saylovlari natijasi bo‘yicha aholining ruhiy holati, kayfiyati, mahalliy boshqaruv organlarining qonunga rioya qilishi), qonuniy-ijtimoiy (ijtimoiy tenglikning darajasi), ekologik, jinoiy va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Hududda moliyaviy xatarlarni hudud va korxonalarning o‘zaro ichki qarzdorligining umumiy balansi sifatida tavsiflash qabul qilingan. Moliyaviy xatarlarni tahlil qilishda asosiy e’tibor quyidagi omillarga qaratilishi lozim: respublika byudjetida hududning moliyaviy maqomi (donor, retsipient); yalpi hududiy mahsulot; investorlarga berilgan moliyaviy kafolatlar va boshqa omillar. Hududning iqtisodiy xatari, avvalambor, hudud iqtisodiyotining tarkibi bilan belgilanadi. Hududning iqtisodiy xatarlarini tahlil qilishda quyidagi omillardan foydalanish mumkin: zarar bilan ishlayotgan korxonalarning salmog‘i; iste’mol savatchasi qiymatining o‘sish darajasi; hududning yalpi milliy mahsulotdagi ulushi va boshqalar.
Hududning ijtimoiy xatari yangi ishchi kuchini jalb qilgan holda, ishlab chiqarishlarni yaratish va rivojlantirish imkoniyatlarini belgilaydi. Shu bois, ijtimoiy xatarni baholash uchun quyidagi omillardan foydalanish qabul qilingan: uy-joy va ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi; aholining daromad olish darajasi; hududiy mehnat bozorining holati; hududdagi aholi sog‘lig‘ining holati va tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi; demografik va ekologik holat va boshqalar.
Umuman olganda, hududning investitsion jozibadorlik darajasi investitsion xatar va investitsion salohiyatning nisbati bilan belgilanadi, ya’ni amaldagi holati va hududning kelgusidagi rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda, mazkur hududga investitsiya qilish bilan bog‘liq xatarlar investitsiyalardan olish mumkin bo‘lgan daromadlar orqali qoplanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, hududning investitsion jozibadorigini shakllantiruvchi omillar soni nazariy jihatdan cheksiz. Masalan, bugun hatto VICH bilan kasallangan insonlarning ulushi investitsion jozibadorlik omillaridan biri bo‘lishi mumkin. Biroq investitsion jozibadorlik ko‘rsatkichlari tarkibiga faqat investitsion muhim bo‘lgan, ya’ni hududiy investitsion faollikni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan omillar kiritiladi.
Investitsion jarayonda sub’ekt (investor) va ob’ekt (investitsiya ob’ekti) o‘rtasidagi aloqalar (investitsion daromadni olish maqsadida investitsiya kiritish) muayyan muhit (investitsion muhit)da kechadi. Tizimli yondashuv investitsion jarayonning mohiyatini mufassal yoritish va asosiy tushunchalarini amaliy jihatdan ifodalashga imkon beradi.
Shunday qilib, ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning rang-barangligi hududlarning investitsion rivojlanishining barcha zarur omillarini hisobga oluvchi investitsion jozibadorlikning integral darajasini baholash bo‘yicha yagona tizimli yondashuvni ishlab chiqish talab etiladi. Bunday baholashdan, avvalambor, davlat investitsion institutlari, investitsion bozor infratuzilmalari va xorijiy investorlar manfaatdor bo‘ladi.
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, respublika mintaqalariga xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilishi rag‘batlantirilishini kuchaytirish, xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini yanada mustahkamlash maqsadida qonun hujjatlariga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildiki, bu, o‘z navbatida, mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qilmoqda.


Download 165.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling