Hududlarning investitsion jozibadorligi oshirish: muammolar va yechimlar


Download 165.73 Kb.
bet3/8
Sana26.03.2023
Hajmi165.73 Kb.
#1296564
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xomitov K 02 2021

Adabiyotlar sharhi.


Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etish jarayonida hududlarning investitsion jozibadorligi tahlil qilish yuzasidan bir qancha yetakchi iqtisodchi olim va mutaxassislar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borgan bo’lib, Jumladan, Akerman va boashqalar (2016) tomonidan investitsion muhit jozibadorligi har bir hududning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi kapital va mehnat resurslarining salohiyati, undan foydalanish darajasiga bog‘liq. Umum qabul qilingan nuqtai nazarga ko‘ra, aynan hududning iqtisodiy salohiyati va uning imkoniyatlari u erda mavjud bo‘lgan barcha majmuaviy resurslardan samarali foydalanish orqali hayotiy zarur bo‘lgan ne’matlarni ishlab chiqarish bilan belgilanadi.
Marchenko va Machulskayalar (2005) tomonidan hududlarning investitsion jozibadorlikni oshirish hududlarni tipologiyasi ishlab chiqilgan va ularni “lokomotivlar”, “tayanch hududlar” va “o‘sish qutblari”ga ajratib olgan va hududlarni investitsion salohiyat oshirish imkoniyatlari keltirilgan.
Zenchenko va Shemyotkinlar (2007) o‘z tadqiqotlarida investorlarning xohishiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator omillarni ajratib ko‘rsatishadi. Xususan, mamlakat yoki hududning investitsion salohiyatini baholash uchun eng muhim omillardan quyidagilarni keltirishadi: resursli – xom ashyoviy (tabiiy resurslar asosiy turlarining o‘rtacha o‘lchangan ta’minoti); ishlab chiqarish (hududdagi xo‘jaliklar faoliyatining umumiy natijasi); iste’mol (hudud aholisining xarid qilish qobiliyati); infratuzilmaviy (hududning iqtisodiy-geografik holati va uning infratuzilmaviy ta’minlanganligi); intellektual (aholining ma’lumot darajasi); institutsional (bozor iqtisodiyotiga asoslangan etakchi institutlarning rivojlanganlik darajasi); innovatsion (hududda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini tatbiq etish darajasi). Shuni ta’kidlash kerakki, investitsion salohiyat hududlarni tasniflash mezonlaridan biri hisoblanadi va hududlarning investitsion jozibadorligi oshirish bo'yicha amaliy ta'sirlarni ochib berishga bag'ishlangan yondashuvlarini batafsil yoritib berishga etiborlarini qaratgan.



  1. Download 165.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling