Hududlarning investitsion jozibadorligi oshirish: muammolar va yechimlar


Download 165.73 Kb.
bet5/8
Sana26.03.2023
Hajmi165.73 Kb.
#1296564
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xomitov K 02 2021

1-rasm. Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar(Stat.uz, 2021)

2020-yilning yanvar-dekabr oylarida investitsion faollikni pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 91,8 % ni tashkil etdi.


2020-yilning yanvar-dekabr oylarida 202,0 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 65,4 % i yoki 132,0 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 34,6 % yoki 70,0 trln. so‘m moliyalashtirildi(Stat.uz, 2021).
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2020- yilning mos davridagi ulushiga nibatan 8,0 % punktga kamayib, 19,5 % ni yoki 39 310,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 162 289,9 mlrd.
so‘m yoki jami investitsiyalarning 80,5 % investitsiyalari o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,0 % punktga ko‘paydi (Stat.uz, 2021). Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur‘atlarini moliyalastirish manbalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatilib, 2019- yilga nisbatan 63,2 % ga ko‘paydi. Bunday yuqori o‘sishga sement ishlab chiqarishni tashkil etish, elektron gaz hisoblagichlar, kalava, infuziya va inyeksion qorishma ko‘rinishidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, Auminzo-Amantoy konlari hududida oltin mavjud konlarda qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha qurilish ishlari I-II bosqich, “Muruntau” karyeriga qayta ishlov berish (V navbat) I bosqich, texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha majmua qurilishi (I-II bosqichlar), Toshkent metall zavodi qurilishi va boshqa yirik investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan investitsiyalar sabab bo‘ldi.
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan ivestitsiyalar 2019- yilga nisbatan 32,7 % ga kamaydi. Buni o‘tgan yilda amalga oshirilgan sement ishlab chiqarishini tashki etish, “Tashkent city” hududida “Congress Hall” va besh yulduzli Hilton mehmonhonasining qurilishi, metallni qayta ishlash zavodi qurilishi, to‘qimachilik fabrikasi qurilishi va boshqa loyihalar bo‘yicha investitsion faollik bilan izohlash mumkin.
Hududlarni investitsion salohiyatini baholash bo‘yicha uslubiyot hududning investitsion jozibadorligi va undagi investitsion faollik o‘rtasidagi ob’ektiv holda mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqadorlikni hisobga oladi, bu esa, investitsion iqlimni yaxshilash bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda muammoli nuqta va ko‘rsatkichlarni aniqlashga imkon beradi va quyida keltirib o’tilgan sxema orqali biz hududlarda qulay investitsion muhitni yaratishimiz mumkin deb hisoblaymiz(2-rasm).


Download 165.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling