Hududlarning investitsion jozibadorligi oshirish: muammolar va yechimlar
Download 165.73 Kb.
|
Xomitov K 02 2021
Xulosa va takliflar.Hozirgi kunda har qanday reytinglar – banklar reytingi, korxonalar reytingi, hattoki, mamlakatlar reytingi iqtisodiy holatni baholashda universal indikator sifatida qayd etiladi. Biroq, shuni tan olish kerakki, baholash mezonlarini tanlab olish hamda mazkur baholash natijasida olingan natijalarni tushunish ancha murakkabdir. Ya’ni yakuniy integral ko‘rsatkichdan sabab-oqibat aloqalari va u yoki bu investitsion majmuaning rivojlanish tendensiyasini kuzatish har doim ham mumkin bo‘lmaydi. Shunga qaramay, investitsion jozibadorlikni yoki uning alohida tarkibiy qismlarini baholovchi reytinglar investorlar tomonidan qarorlarni qabul qilishda faol qo‘llanilmoqda. Ta’sir etadigan omillarning soni, o‘z mohiyatiga ko‘ra, cheksiz bo‘lishi mumkin. Biroq investitsion jozibadorlik ko‘rsatkichlari tarkibiga faqat investitsion jihatdan muhim bo‘lgan omillar, ya’ni hududlarda investitsion faollikni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiritiladi. Zamonaviy kommunikatsiya vositalarining mavjudligi, kredit-moliyaviy infratuzilmalarning rivojlanish darajasi hududga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning kirib kelishiga sabab bo‘luvchi muhim omillaridan hisoblanadi. Rivojlangan institutlarga ega bo‘lgan hudud, ya’ni aniq qoida va me’yorlar asosida qarorlarni qabul qilish, soliqlar solishning yaxshi tizimi, aholining fuqarolik majburiyatlarini bajarishda yuqori darajadagi ishtiroki mamlakat hududlarining qulay iqtisodiy holatidan darak beradi. Hududlar salohiyatini kompleks baholash metodikalarini o‘rganish, ularni tahlil qilish asnosida mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini aniqlashda iqtisodiyotning quyidagi sohalari bo‘yicha indikatorlarni hisoblash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir: mehnat (aholining soni, iqtisodiy faol aholining ulushi, aholining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan qatlami); ishlab chiqarish (ishlab chiqarish hajmi, korxonalarda mavjud bo‘lgan asosiy vositalarning qoldiq qiymati); moliyaviy (soliq, byudjetning soliqsiz daromadlari, byudjet xarajatlari, asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar); tabiiy (qishloq xo‘jalik yerlari, qishloq xo‘jaligida yaratilgan tovar va xizmatlar, foydali qazilmalar); transport (avtomobil yo‘llarining uzunligi, temir yo‘llarning o‘tkazish quvvati, tashilgan yuklarning hajmi); infratuzilma (oqava suvlar, elektr tarmog‘ining quvvati, aholi turar joylarining tabiiy gaz bilan ta’minlanganlik darajasi). Ushbu indikatorlar bo‘yicha hududlarning iqtisodiy salohiyatini baholash xududiy boshqaruv organlari uchun tezkor qarorlarni qabul qilishda, shuningdek, hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qulaylik yaratish bilan bir qatorda, hududlarni kompleks rivojlanishini ham ta’minlashga xizmat qiladi. Download 165.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling