Hududlarning investitsion jozibadorligi oshirish: muammolar va yechimlar


-rasm. Hududlarda qulay investitsion muhitni yaratish mexanizimi1


Download 165.73 Kb.
bet6/8
Sana26.03.2023
Hajmi165.73 Kb.
#1296564
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xomitov K 02 2021

2-rasm. Hududlarda qulay investitsion muhitni yaratish mexanizimi1.


Investitsiya muhiti mikroiqtisodiyot darajasida ikki tomonlama, ya’ni investor va aniq davlat organlari, xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlarda o‘z aksini topadi. Investitsiya muhiti har qanday aniq vaqt uchun ob’ektiv holat bo‘lib, kapital qo‘yish uchun mavjud sharoitlarning majmuasini o‘zida qamrab oladi. Investitsiya muhiti davlat organlarining boshqarish faoliyati ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun davlatning investitsiya siyosati eng asosiy omillardan hisoblanadiki, O‘zbekiston sharoitida bu muhim omil muntazam e’tibor markazida turmog‘i lozim.


O‘zbekistonning xalqaro maydonda tutgan o‘rni va mavqeini oshirish, iqtisodiy rivojlanishini bundanda yuqori sur’atlarda bo‘lishini ta’minlash, aholining daromad manbaini kengaytirish, to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar kirib kelishi uchun imkoniyatlarni oshirish, hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yuksaltirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
Birinchidan, O‘zbekistonning bir qator xalqaro reytinglarda ishtirokini ta’minlash va mavjud reyting ko‘rsatkichlarida egallagan o‘rnining pastligiga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
Ikkinchidan, investitsion muhit jozibadorligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash, ularning ta’sir doirasini aniq hisoblab chiqish.
“O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan.
2025 yilgacha investitsiya siyosatining maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish hisoblanadi.
Strategiyaning asosiy vazifalari uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha: investitsiya muhitini yaxshilash, ichki investitsiya manbalarini kengaytirish va investitsiya manbalarining samaradorligini oshirish, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish aniqlangan.
2025 yilgacha investitsiyalarning asosiy manbalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik, davlat investitsiyalari va korporativ qimmatli qog‘ozlar sarmoyalari bo‘ladi. 2019-2025 yillarda amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli yangi investitsiya loyihalari doirasida 1002,5 milliard so‘mdan ortiq markazlashtirilmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishi ko‘zda tutimoqda. Shuningdek, yaqin 30 foizi korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018 yildagi 30,5 foizdan 2025 yilda 37,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Shuningdek, 2025 yilda jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 11 milliard AQSh dollarga



1 Muallif tomonidan tayyorlangan.
yetkaziladi, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 1,6 milliard AQSh dollarni tashkil qilgan 2.
Investitsion siyosat strategiyasining amalga oshirilishining natijasi respublikaning hududiy va sanoat rivojlanishini har tomonlama ta’minlash, shuningdek mahsulotlarning xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan qiymat zanjirlarini shakllantirish, mavjudlarini mustahkamlash va yangi hududlararo va tarmoqlararo aloqalarni shakllantirish, sohalar, hududlar, davlat organlari va xususiy biznes o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘ladi3.



  1. Download 165.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling