Hududning shart-sharoitlari
Download 0.63 Mb.
|
Razakov 306 MYR kurs ishi
Grunt (sizot) suvlarining ta’minlanish sharoitlariga qarab: «a» - sizot suvlarining singish sohasi – bunda sizot suvlari tuproq paydo bo‘lishiga ta’sir qilmaydi, uning chuqur joylashgan sharoitlarda oqib ketishi ta’minlangan bo‘ladi; «b» - sirtga tepish sohasi – tuproq paydo bo‘lishining asosiy sharoitlarini aniqlovchi sizot suvlarining hududga tashqaridan jadal kelishi va undan qiyin oqib ketadi, ular yer yuzasiga barqaror yaqin yotadi; «v» - tarqalish sohasi – sizot suvlarining tashqaridan qiyin oqib kelishi va qiyin oqib chiqib ketishi bilan xususiyatlanib ularning yotish chuqurligi va tartibi mahalliy sharoitlarga bog‘liq holda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Sizot suvlarining minerallanish tabiati va darajasi yordamida uning sathini pasaytirish va sho‘r yuvish me’yorlari hamda boshqa elementlar aniqlaniladi. Tuproq-meliorativ rayonlashtirishning oxirgi taqsimot birligi bo‘lib, bir xil yoki har xil tuproq-genetik kompleksi ko‘rinishdagi tuproq ajratmasi xizmat qiladi. Tuproq hosil qiluvchi jinsning litologik tarkibiga va sizot suvlarining yotish chuqurligi bilan bog‘liq gidromorfologiyasiga qarab tuproqlar 9 ta gidromodul rayonlarga guruhlashtiriladi, ularning tavsifi 11-jadvalda keltirilgan. Talaba xo‘jaligini joylashgan o‘rni, (kenglik va balandlik mintaqalari bo‘yicha) sizot suvlarini ta’minlashi, tuproq hosil qiluvchi jinsning litologik tarkibi va sizot suvlarining yotish chuqurlik qiymatlari bo‘yicha gidromodulni belgilanishini qabul qiladi. Misol tariqasida Andijon viloyati Andijon tumani hududidagi sizot suvlar sathi 3-4 m da joylashgan qalin qumoq va gilli qatlam tuproq shiroitlarida g‘alla-paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi uchun “UzGIP” MChJ tavsiyasiga asosan М-II-Б-в-IV gidromodul rayoni qabul qilingan va unga mos qishloq xo‘jalik ekinlariga suv berish tartibi I, II va III ilovalardan mos ravishda 4-jadvalga ko‘chirib yoziladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling