Hujayra Guliston-2023


Download 1.66 Mb.
bet4/5
Sana29.04.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1401139
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hujayralar

Lizosomalar

  • Lizosomalar – diametri qariyb 1 mkm bo‘lgan mayda yumaloq tanachalardir. Har bir lizosoma sitoplazmadan pishiq membrana bilan chegaralangan. Lizosomalar tarkibida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va nuklein kislotalarni parchalaydigan (40 ga yaqin) fermentlar bo‘ladi.

Sentrosoma yoki hujayra markazi

  • – hujayralarda juda mayda silindrik ko‘rinishda bo‘ladigan 2 ta sentriolalardan tashkil topgan. Hujayra markazining atrofida shu’lasimon strukturalar joylashgan, bular astrosferani hosil qiladi (yunoncha astron – yulduz, sfera – shar). Hujayra bo‘linishida sentriolalar hujayra qutblariga tarqaladi va uning hisobiga sitoplazmada ingichka-ingichka iplardan tashkil topgan bo‘linish yoyi hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, xromosomalar qutblanishi mana shu iplar yordamida amalga oshadi. Sentrosomalar hujayraning bo‘linishida muhim rol o‘ynaydi.

Yadro va uning komponentlari.

  • Yadro – hujayraning asosini tashkil etuvchi qismlardan biridir. Yadroning shakli va kattaligi hujayraning shakli va vazifasiga bog‘liq. Yadroning shakli odatda yumaloq, sharsimon, ovalsimon, tayoqchasimon, o‘roqsimon va duksimon bo‘lib, uning kattaligi hujayra kattaligiga bog‘liq holda 2 mkm dan 600 mkm gacha bo‘lishi mumkin. Yadrosini yo‘qotgan hujayra yashay olmaydi, shuningdek, sitoplazmasiz ham hujayra yashashi mumkin emas. Ko‘pchilik hujayralarda yadro bitta bo‘ladi, ba’zi hujayralarda yadro 2–3 ta bo‘lishi mumkin. Ba’zan esa ko‘p yadroli hujayralarni ham uchratish mumkin.

Eukariot hujayralarda

  • yadro asosan yadro qobig‘i, yadro shirasi – karioplazmadan (karion – yadro, plazma – suyuqlik) hamda xromosomalar va yadrochadan iborat. Yadro qobig‘i yadroni sitoplazmadan ajratib turadi. Yadro qobig‘i tashqi va ichki membranadan iboratligi va ularning o‘rtasida yarim suyuq modda bilan to‘la bo‘shliq borligi elektron mikroskopda aniqlangan. Yadro qobig‘ida juda ko‘p mayda teshikchalar bor. Bu teshikchalar orqali yadrodan sitoplazmaga va aksincha sitoplazmadan yadroga oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, nuklein kislotalar, suv hamda unda erigan moddalar o‘ta olishi mumkin. Karioplazmaning tarkibida turli xil vazifalarni amalga oshiruvchi oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar, uglevodlar ko‘p bo‘ladi. Karioplazmaning o‘ziga xos asosiy qismlari – xromosoma va yadrochadir.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling