Hujayra hajm boshqarilish sistemasi reja. Kirish hujayra va uning organoidlari. To`qima va uning xillari


Download 99.5 Kb.
bet8/9
Sana06.04.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1331240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUJAYRA HAJM BOSHQARILISH SISTEMASI 23

4.Kallusni suyuq ozuqa muhitiga solib, doimiy chayqatib aralashtirish yo’li hujayralar suspenziyasi bilan olinadi. Pektinaza fermentidan foydalanib eksplantdan suspenzion kul’tura olish mumkin. Oldin eksplant yuzasida kallus cho’qimasi hosil qilinadi, so’ng undan alohida hujayralar va hujayra agregatlari olinadi natijada hujayra suspenziyasya hosil. bo’ladi. 100 ml suspenziya olish uchul 2-3 g yangi kallus tuqimasi kerak bo’ladi. Suspenziya hujayralarning bo’linishi kallus hujayralari induktslyasi va o’sishi uchun zarur bo’lgan garmonlar auksin, tsitokininlar ishtirokida boradi. Suspenziya 2,4D li ozuqa muhitida o’stirilgan po’k kallusdan yaxshiroq hosil bo’ladi.
Ҳujayra suspenziyasidan biotexnologiyada ikkilamchi bo’lgan metobolitlar yani dorivor moddalar olishda, hujayra biomassasini o’stirishda va hujayra selektsiyasida foydalaniladi. Ҳujayra suspenziyasi bilan ishlashda ularning harakteristikasini, yashash qobiliyatini, suspenzion kulturadagi zichligini agregirlanish darajasini, o’sish tezligini bilish zarur.Ularning yashash qoblllyatini bo’yab aniqlanadi. Bunda metil ko’k yoki Evaks ko’k bo’yog‘idan foydalaniladi. Bunda tirik hujayralar bo’yalmaydi, nobud bo’lgan hujayralar ko’k rangga bo’yaladi. Genetik va fiziologik izlalishlar uchun, shuningdek hujayra selektsiyasida foydalanish uchun alohida hujayralarni o’stirish katta ahamiyatga ega. Alohida hujayralardan olingan klon-avlodlar genetik bir xil emaslikning sabablarini bilishda yordam berdl. Ajratilgan protoplastdan olingan yakka gibrid hujayra keyingi bo’linishiida gibrid hujayralardan iborat klon olish imkoniyatini beradi. Alohnda hujayralar o’simlik to’qimasi hujayra suspenziyasidan fermentlar bilan matseratsiyalanganidan so’ng, ajratilgan protoplastlardan hujayra devori tiklanganidan so’ng ajratib olinadi. Bir hujayrali fraktsiyalar olish uchui, kolbadagi suspenziyani tindirib qo’yib, ustki suyuq qismidan olsa bo’ladi. Bunda yirik agregatlar kolba tagiga cho’kadi. Bundan tashqari alohida hujayralarni matseratsiyalovchi fermentlardan foydalanib, saharoza gradiyentida tsentrifugalab, yoki metall elakdan filtrlab olish mumkin. Alohida hujayralarning bo’linib ko’payishi uchun maxsus uslublar ishlab chiqidgan, 1950 yil Djonson “enaga” uslubini taklif etdi, bunda “enaga” vazifasini filtr qog‘oz bilan, undan ajratilgan kallus to’qimasi bo’lagi bajaradi. “Enaga” ishtarokida alohida hujayra bo’lishib, hujayra-klon induvidial koloniya beradi. Hujayra bo’linishining induktsiyasi uchun “ozukalantiruvchi qatlam” dan foydalanish mumkin. Ҳujayra bo’linishini stimullash va muhitni konditsionirlash uchun intensiv bo’linayotgan hujayra kulturasi o’sayotgan ozuqa muhitdan qo’shiladi. Barcha tirik organizmlar hujayralardan tuzilganligi bundan bir necha yuz yil ilgari aniqlangan.Hujayra barcha tirik organizmlarning asosiy tuzilish birligi bo’libgina qolmay, balki uning hayot faoliyati va rivojlanishining ham asosiy birligidir.Hujayra tuzilishi,uning kimyoviy tarkibi,hayot faoliyati va ko’payishini o’rganadigan fan sitologiya (grekcha”sitos”-hujayra, “logos” –fan) deyiladi.
Sitologiyaning rivojlanishi fizika va kimyo fanlarining rivojlanishi ilan bog’liqdir, ayniqsa, mikroskop texnikasining rivojlanishi sitologiyani rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Hujayralar asosan juda kichik tuzilishga egadir.
Hujayrani 1665- yilda ingliz olimi Robert Guk kashf etgan. U biologic obyektlarni tekshirish uchun birinchi bo’lib mikroskopni tadbiq qildi. Robert Guk buzin poyasi bilan probka daraxti po’stlog’ini ko’ndalang kesmalarini tekshirar ekan, u ari uyalariga o’xshab ketadigan mayda – mayda bo’shliqlarni ko’rdi va ularni hujayralar deb atadi. Hujayra nazariyasi deyarli 200 yilga teng davr mobaynida to’plangan hujayra haqidagi bilimlar asosida 1838-1839 yillarda yaratilgan. Hujayra nazariyasini yaratish va to’liq shakllantirishda nemis botanigi I.Shleyden va zoology T.Shvanlarning ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Organizmlarning hujayraviy tuzilishi haqidagi nazariyani nemis olimi T.Shvan “Hayvonlar bilan o’simliklar tuzilishi va o’sishidagi o’xshashlikka doir mikroskopik tadqiqotlar” degan klassik asarida batafsil bayon etdi.
Hujayra nazariyasini yanada rivojlantirishda nemis olimi Rudolf Virxov (1821-1902) ning olib borgan ishlari katta ahamiyatga ega.Virxov hujayrani hayotning barcha xossalariga ega bo’lgan eng kichik morfologik elementi sifatida asosiy struktura elementi hujayra pardasi bo’lmay, balki bichidagi protoplazmasi bilan yadro ekanligini takidlaydi.Virxov,yangi hujayralar faqat avvaldan mavjud bo’lgan hujayralarning bo’linishidan paydo bo’ladi, degan fikrni ilgari surdi.Virxov o’zining “Sellyulyar patalogiya” degan kitobida hujayra nazariyasidan olingan hulosalarini patologik hodisalarga tadbiq etdi va kasalliklarning asosida hujayralar hayot faoliyatining bo’zilishi yotishini ko’rsatib berdi.Shuning uchun ham Virxov patologik anatomiyaning asoschisi bo;lib hisoblanadi.Virxov tasavvuruga ko’ra organism hujayralar davlati bo’lib, uning faoliyati hujayraning jami hossalaridan iboratdir.
Keyinchalik bu nazariya juda ko’p marta tekshirilib,yangi dalillar bilan to’ldirildi.Hozirgi zamon hujayra nazariyasiga ko’ra,hujayra barcha tirik organizmlarning strukturaviy,funksional va shuningdek, ularning ko’payish birligidir.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling