1. Hujayra ichida buzilgan gomeostazni qayta tiklash uchun yo‘nalgan
reaksiyalar:
a) moddalarni aktiv transportni kuchayishi (Na
+
, K
+
, Ca
+2
nasoslari)
b) antioksidantlar funksiyasini kuchaytirish
v) erkin yog„ kislotalarni bog„lash (trigleseridlarni sintez qilish)
g) oqsil, nuklein kislota, fosfolipidlar sintezini aktivlashuvi bilan ketadi.
Ushbu jarayonlarni yuzaga chiqishi uchun hujayrani energiya bilan ta‟minlash
lozim, bunga glikoliz, hujayra nafasini aktivlashuvi bilan erishiladi, bundan tashqari,
zahiradagi energiyani qayta taqsimlanishi ham ro„y beradi.
2. Zararlangan
hujayrada
funksional
osoyishtalikni
yuzaga
chiqarishga
qaratilgan reaksiyalar
Hujayra ichi gomeostazini qo„shimcha tarzda buzuvchi omillardan halos etilishi
lozim. Bulardan eng muhimi:
a)
hujayralarda
prostaglandinlarni
sintez
qilinishi,
ular
yordamida
β-
adrenoreseptorlarni ingibirlash
b) adenilatsiklazani ingibirlash yo„li bilan, AMF ni parchalovchi fosfodilesterazani
aktivligini oshirish lozim.
v) adenozinazani hosil bo„lishi Ca
+2
va boshqa ion kanallarni bloklaydi.
Hujayra shikastlanishini tipik formalari
Ushbu o„zgarishlarga distrofiya, displaziya, nekroz va autolizlar kiradi.
Distrofiya –gus –trophe pitayu ot grecheskogo, narusheniye obmena veщyestv v
kletkax, privodyashiye k rasstroystvam ix funksii, plasticheskim protsessov i
strukturnыm izmeneniyam.
Distrofiya olib keluvchi sabablar: 1. Hujayra autoregulyatsiyasini buzilishi; 2.
Oziqlanishda transport tizimini buzilishi; 3. Endokrin va nerv tizimini regulyator
faoliyatini buzilishi;
Distrofiyani morfogenetik mexanizmlari
1)
Hujayra infiltratsiyasi (m: xolesterin, lipoproteinlar bilan)
2)
Buzilgan sintez (anomal oqsil-polisaxarid kompleksi)
3)
Transformatsiya (m: yog„ va uglevodlarni oqsilga, yoki oqsil va uglevodlarni esa
yog„ga aylanishining buzilishi).
4)
Dekompozitsiya (membranadagi yog„-oqsil kompleksni parchalanishi)
Qaysi moddalar almashinuvini buzilishiga qarab: oqsilli (disproteinozlar) yog„li
(lipidozlar), uglevodli, pigmentli, mineralli va kombinatsiyalangan distrofiyalar tafovut
etiladi.
Irsiy omillarni ta‟sir etishiga qarab: irsiy va ortirilgan distrofiyalar farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |