Hujayra tsikli va hujayra replikatsiyasi boshqaruv mexanizmlari
Asosiy kontentga oʻtish Kirish or Aʼzo boʻlish to save your future progress! All content is 100% free
Download 0.62 Mb.
|
2 5195216063561740141
- Bu sahifa navigatsiya:
- Replikatsiya
- DNK polimeraza
Asosiy kontentga oʻtishKirish or Aʼzo boʻlish to save your future progress! All content is 100% free.Asosiy kontentDNK polimeraza va boshqa replikatsiya fermentlarining ahamiyati. Yetakchi va ortda qoluvchi zanjirlar va Okazaki fragmentlari.Asosiy tushunchalar:DNK replikatsiyasi yarim konservativ hisoblanadi. Qoʻsh spiralning har bir zanjiri oʻziga komplementar yangi zanjir sintez qilish uchun andoza boʻlib xizmat qiladi.Yangi DNK DNK polimerazalari deb nomlangan fermentlar ishtirokida sintezlanadi, buning uchun unga praymer talab qilinadi va 5ʼ oxirdan 3ʼ oxiri yoʻnalishida sintezlanadi.DNK replikatsiyasi davomida bitta yangi zanjir (yetakchi zanjir) uzluksiz sintezlanadi. Ikkinchi zanjir esa (orqada qoluvchi zanjir) kichik boʻlaklardan sintezlanadi.
ReplikatsiyaDNK replikatsiyasi yarim konservativ hisoblanadi. Qoʻsh spiralning har bir zanjiri oʻziga komplementar yangi zanjir sintez qilinishi uchun andoza boʻlib xizmat qiladi.Bu jarayon natijasida bitta boshlangʻich molekuladan ikkita “qiz” molekula hosil boʻladi va har bir yangi hosil boʻlgan qoʻsh spiral bitta yangi va bitta eski ipdan iborat boʻladi.DNK polimerazaDNK replikatsiyasidagi eng asosiy molekulalardan biri DNK polimeraza fermenti hisoblanadi. DNK polimeraza DNK sinteziga javobgar: u andoza zanjirdagi ketma-ketlikka asosan yangi hosil boʻlayotgan DNK zanjiriga nukleotidlarni bittadan biriktiradi.DNK polimeraza faqatgina mavjud DNK zanjirining 3ʼ oxiriga nukleotidlarni biriktiradi. (Bunda ular 3ʼ oxiridagi –OH guruhlardan nukleotidlar uchun “ilgich” sifatida foydalanadi.) Xoʻsh, unda DNK polimeraza yangi replikatsiya vilkalariga birinchi nukleotidni qanday biriktiradi?
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling