Moddalarning hujayra ichiga kirishida hujayra ornanellalari, xususan, endoplazmatik to'r, Goldji kompleksi ham ishtirok etadi.
Hujayralarning muhim fiziologik hususiyatlariga fatositoz, pinositoz, ta'sirlanuvchanlagi, hujayraning o'sishi, hayot sikli, differensiallanishi kiradi.
Hujayra nazariyasi. Hujayra termini 1665 yilda R.Guk tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, XIX asr boshlarida keng ko'lamda olib borilgan mikroskopik tadqiqot usullari natijasida o'simlik va hayvon organizmlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi to'la isbotlandi.
Hujayra tuzilishini o'rganishga YA.Purkinye, I.Myuller maktablari katta hissa qo'shdilar. Hujayra nazariyasining ochilishiga nemis olimlari T.Shvann, M.Shleyden katta hissa qo'shdilar.
1939 yilda I.Myullerning shogirdi nemis zooligi T.Shvanning ‘‘Hayvon va o'simliklarning o'sishi va tuzilishining munosibligiga doir mikroskopik tadqiqot’’ chiqdi. Bu kitobda hujayra nazariyasining asoslari, to'qimani hujayralardan tashkil topganligi, hujayralar umumiy rivojlanishi prinsipiga ega ekanligini, har bir hujayra mustaqil rivojlanishi mumkinligini ko'rsatib o'tdi.
Hujayra nazariyasi biologiya fanida eng buyuk kashfiyotlardan hisoblanadi.
Hujayra nazariyasining rivojlanishida 1858 yilda chop etilgan nemis – patologi R.Virxovning “Sellyulyar patologiya” si katta o'rin tutadi, bu asar nazariy va klinik medisinanning negizini tashkil qildi. R.Virxovning ‘‘hujayra hujayradan’’ degan iborasi biologiyaning keyingi rivojlanishiga turtki bo'ldi. R.Virxovning ‘‘hujayradan tashqarida hayot yo'q’’ degan iborasi hozircha o'z kuchini yo'qotgani yo'q.
Hujayra nazariyasi ochilgan davrdan boshlab, hujayraning mikroskopik tuzilishini o'rganish rivojlana boshladi va bu bilan sitologiya faning rivojlanishiga ham asos solindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |