Hujayraning subletal va potensial letal zararlanishlari Subletal va potensial letal zararlanishlarning tiklanishi Nurga ta’sirchanlikning modifikatsiyasi
Subletal va potensial letal zararlanishlarning tiklanishi
Download 47.69 Kb.
|
xujayraning zararlanishi va....10
Subletal va potensial letal zararlanishlarning tiklanishi asosan DNK – strukturasi uzilishlarining reparatsiyasi bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Bu tiklanish to‘liq (asosan – bir ipli uzilishlarda) yoki to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Ikki ip uzilishlarida reparatsiya aksariyat to‘liq bo‘lmaydi. Subletal zararlanishlarning reparatsiyasida hujayradagi metabolik jarayonlar muhim ahamiyatga ega. Hujayra fermentlari ishtirokida ro‘y beruvchi metabolik jarayonlar turli postradiatsion va boshqa zararlanishlarni tiklashga qobil.
Ionlantiruvchi nur dozasi fraksiyalarga bo‘lib berilganda, masalan, D50, muayyan bir vaqt intervali bilan, ikkiga bo‘lib ta’sir ettirilganda, shunday bir vaqt intervali (t) tanlab olinishi kerakki, uning davomida, nurning yig‘indi ta’siridan tirik qolish 50% dan ko‘p bo‘lib chiqsin. Demak, doza fraksiyalarga bo‘lib ta’sir ettirish natijasida, nurning effektivligi kamayib ketadi. Bunda, dozaning birinchi yarmi ta’siridan kelib chiqqan zararlanishlar, test-reaksiya shakllanmasdan oldin, dozaning qolgan yarmi keltirib chiqaradigan zararlanishlar bilan o‘zaro ta’sirlashib ulgurishi shart. Vaqt o‘tishi bilan, dozaning birinchi yarmi keltirib chiqargan zararlanishlarning, ikkinchi fraksiya keltirib chiqargan zararlanishlar bilan ta’sirlashish imkoni kamaya boradi. Ta’sirlashish yuz bermaganda, har bir reaksiya chaqiradigan zararlanishlar test-reaksiyaga olib kelishi mumkin. Shu yo‘l bilan oshkor etiladigan zararlanishlar subletal zararlanishlar deb ataladi. Subletal zararlanishlar sonining vaqt o‘tishi bilan kamayishi esa reparatsiyalanish natijasi hisoblanadi. Subletal zararlanishlarning reparatsiyalanishiga doir mulohazalar nisbiy xarakterga ega. Nurlantirilgan hujayralar, ma’lum vaqt davomida, vodoprovod suvida tutilganda, trofik sharoitning buzilishi natijasida bo‘linishdan to‘xtagan, tirik qolish esa oshgan. Mazkur dalil, nurlantirish natijasida sodir bo‘ladigan zararlanishlar, sharoitga bog‘liq holda, test-reaksiya shaklida ruyobga chiqishi yoki chiqmasligi mumkin, deb talqin etiladi. Mana shu zararlanishlar potensial zararlanish deb ataladi. Och qoldiriladigan muhitda hujayralar yashovchanligining oshishi, potensial zararlanishlarning reparatsiyasi bilan bog‘liq. Subletal va potensial letal zararlanishlar va ularga bog‘liq ravishda yuzaga keladigan radiobiologik effektlarning xarakteri hamda ularga daxldor molekulalarning radiatsion-kimyoviy buzilish tiplari bir xil emas. Reparatsiya - enzimatik jarayon. Fermentlar tomonidan metabolik jarayonlarni amalga oshishi ma’lum miqdorda energiya sarf qilishni talab qiladi. Download 47.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling