Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1


XORIJIY FUQAROLARNING VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNING O‘ZBEKISTON


Download 182.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana07.11.2021
Hajmi182.37 Kb.
#171442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
(invalid)

XORIJIY FUQAROLARNING VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNING O‘ZBEKISTON

RESPUBLIKASIGA KELISHLARI, KETISHLARI, BU YERDA BO‘LISHLARI VA TRANZIT

O‘TISHLARI TARTIBI TO‘G‘RISIDA

Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga

kelishlari,  ketishlari,  bu  yerda  bo‘lishlari  va  tranzit  o‘tishlari  tartibini  yanada  soddalashtirish

maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga

kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 1-ilovaga muvofiq;

Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida

bo‘lishlari qoidalari 2-ilovaga muvofiq;

Xorijiy  fuqarolarning  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarning  O‘zbekiston  Respublikasi

hududi orqali tranzit o‘tishlari qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Keyingi tahrirga qarang.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar

bilan  birgalikda  Vazirlar  Mahkamasining  “Xorijiy  valyutadagi  davlat  bojlari,  yig‘imlar  hamda

soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga

xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan bir

oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va ularni belgilangan tartibda taqdim etsin.

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi,  Ichki  ishlar  vazirligi  va  boshqa

vazirliklar va idoralar o‘zlarining idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.

4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-sentabrdagi 415–31-son qarori bilan tasdiqlangan

xorijiy  fuqarolarning  O‘zbekiston  Respublikasida  bo‘lishlarining  Vaqtinchalik  qoidalari  o‘z

kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

5.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasi

Prezidentining Davlat maslahatchisi B.H. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.


Download 182.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling