Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1


III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN KETISh VIZALARINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


Download 182.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana07.11.2021
Hajmi182.37 Kb.
#171442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
(invalid)

III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN KETISh VIZALARINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI

Oldingi tahrirga qarang.

15.  O‘zbekiston  Respublikasida  doimiy  yashaydigan,  chet  elga  bormoqchi  bo‘lgan

fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxs  yashash  uchun  hujjatni,  belgilangan  namunadagi  anketa-arizani,

davlat  boji  to‘langanligi  to‘g‘risidagi  kvitansiyani  va  35  x  45  mm  o‘lchamli  4  ta  fotosuratni

taqdim  etgan  holda,  doimiy  ro‘yxatda  turgan  joydagi  kirish-chiqish  va  fuqarolikni

rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qiladi.

Chet elga vaqtincha chiqishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga chet elga chiqish uchun 2

yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri (keyingi o‘rinlarda stiker deb ataladi)

rasmiylashtiriladi. Ko‘rsatilgan muddat mobaynida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bir necha marta

chet  elga  chiqishi  mumkin.  Stikerning  amal  qilish  muddati  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxsning

guvohnomasi yoki harakatlanish hujjatining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarning  O‘zbekiston  Respublikasidan  boshqa  xorijiy

davlatlarga stiker rasmiylashtirmasdan chiqishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka

olib keladi.




Stikerning  amal  qilish  muddati  chet  elda  tamom  bo‘lishi  O‘zbekiston  Respublikasiga

kirishda,  shuningdek  bir  xorijiy  davlatdan  boshqasiga  safar  qilishda  fuqaroligi  bo‘lmagan

shaxslarni javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanmaydi.

(15-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2015-yil  22-oktabrdagi  301-sonli

qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 539-modda)

Doimiy  yashash  uchun  chet  elga  chiqishda  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxsga  amal  qilish

muddatisiz stiker rasmiylashtiriladi.

(15-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil  7-iyuldagi  200-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)

Keyingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

16.  Kirish-chiqish  va  fuqarolikni  rasmiylashtirish  bo‘linmalari  fuqaroligi  bo‘lmagan

shaxsning  murojaatini  15  ish  kuni  mobaynida  ko‘rib  chiqadi  va  chet  elga  chiqish  huquqiga

cheklovlar  uchun  asos  bo‘lmagan  taqdirda  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxsning  guvohnomasini

rasmiylashtiradi hamda guvohnomaga yoki harakatlanish hujjatiga stikerni yopishtiradi.

Hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chet eldan

qaytganidan keyin uch ish kuni mobaynida guvohnoma yoki harakatlanish hujjatini topshirish

va  o‘rniga  O‘zbekiston  Respublikasida  yashashga  ruxsatnoma  olish  uchun  kirish-chiqish  va

fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qilishlari kerak.

Amal  qiladigan  stiker  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxsning  haqiqiy  bo‘lmagan

guvohnomasidan yoki harakatlanish hujjatidan yangi guvohnoma yoki harakatlanish hujjatiga

ko‘chirilgan hollarda, ushbu stikerni rasmiylashtirish muddati 7 ish kunidan oshmasligi kerak.

Chet elga xizmat safariga borayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, ular ishlaydigan

tashkilotlarning  mulkchilik  shakllaridan  qat’i  nazar,  chet  elga  chiqish  huquqini  cheklashlar

uchun  asos  bo‘lmagan  taqdirda,  stikerni  rasmiylashtirish  uchun  hujjatlarni  ko‘rib  chiqish

muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak.

O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishni talab qiladigan shoshilinch davolanish

zaruriyatini,  og‘ir  kasallik  holatlarini  yoki  yaqin  qarindoshi  vafot  etganligini  tasdiqlovchi

hujjatlar  mavjud  bo‘lganda  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxsga  va  unga  hamrohlik  qiluvchi

shaxslarga stikerni rasmiylashtirish muddati, chet elga chiqish huquqini cheklash uchun asos

bo‘lmagan taqdirda, 5 ish kunidan oshmasligi kerak.



Keyingi tahrirga qarang.

Doimiy  yashash  uchun  chet  elga  chiqishda  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxs  O‘zbekiston

Respublikasi  hududida  doimiy  yashaydigan  o‘z  ota-onasining  va  turmush  o‘rtog‘ining

(birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek agar birgalikdagi nikohdan bolalar

bo‘lsa,  O‘zbekiston  Respublikasida  doimiy  yashaydigan  sobiq  turmush  o‘rtog‘ining  notarial

tasdiqlangan  roziligini,  shuningdek  ular  vafot  etgan  yoki  bedarak  yo‘qolgan  hollarda,  vafot

etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish

haqidagi  qarorining  notarial  tasdiqlangan  nusxasini  kirish-chiqish  va  fuqarolikni

rasmiylashtirish bo‘linmasiga taqdim etadi.

(16-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil  7-iyuldagi  200-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)

Keyingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

17.  Fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  O‘zbekiston  Respublikasidan  ketish  hujjatlarini

olganlaridan  so‘ng  viza  olish  uchun  tegishli  davlatlarning  diplomatik  va  konsullik

vakolatxonalariga murojaat qiladilar.



(17-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil  7-iyuldagi  200-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)

Oldingi tahrirga qarang.


18.  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  doimiy  yashaydigan  xorijiy  fuqarolar  va

fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarning  yashash  uchun  guvohnomasi  va  doimiy  ro‘yxatdan

o‘tkazilganligi:

xorijiy  fuqarolar  O‘zbekiston  Respublikasidan  tashqariga  vaqtincha  chiqqanda,  agar

ular uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz O‘zbekistondagi doimiy yashash joyiga

qaytmasa;

O‘zbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha tashqariga chiqqan fuqaroligi bo‘lmagan

shaxslarning  harakatlanish  hujjatining  amal  qilish  muddati  tamom  bo‘lgach,  agar  ular

harakatlanish hujjatini almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;

bekor  qilish  to‘g‘risida  shaxsan  murojaat  qilsa  yoxud  notarial  tasdiqlangan

ishonchnoma  bo‘yicha  boshqa  shaxs  murojaat  qilsa  yoki  chet  eldagi  tegishli  organlarning

so‘rovi bo‘yicha bekor qilinadi.



(18-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil  7-iyuldagi  200-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)


Download 182.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling