Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1


bo‘lishlari QOIDALARI I. UMUMIY QOIDALAR


Download 182.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana07.11.2021
Hajmi182.37 Kb.
#171442
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
(invalid)

bo‘lishlari

QOIDALARI



I. UMUMIY QOIDALAR

Oldingi tahrirga qarang.

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  muvofiq  xorijiy  fuqarolar  va  fuqaroligi

bo‘lmagan shaxslar* O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashlari yoki vaqtincha bo‘lishlari

mumkin.


* Keyingi o‘rinlarda matnda “xorijiy fuqarolar” deb ataladi.

(1-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  20-apreldagi  116-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)

2. Mazkur Qoidalar:



Oldingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

a) O‘zbekiston Respublikasida bo‘luvchi xorijiy fuqarolarni kelish vizasining amal qilish

muddatiga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish;

(2-bandning  “a”  kichik  bandi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999-yil  16-

apreldagi 178-sonli qarori tahririda)



b) xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnomalar

berish;


v) xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida yurishlari;

g)  qonunchilikni  va  mazkur  Qoidalarni  buzganliklari  uchun  xorijiy  fuqarolarning

O‘zbekiston  Respublikasida  bo‘lishlari  muddatlarini  qisqartirish  va  bu  yerdan  chiqarib

yuborish tartibini belgilaydi.



Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

3.  O‘zbekiston  Respublikasida  vaqtincha  bo‘luvchi  xorijiy  fuqarolar  o‘zlarini  qabul

qiluvchi tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllari va faoliyat turidan qat’i nazar,

korxonalar  va  tashkilotlar,  xorijiy  davlatlarning  doimiy  vakolatxonalari,  xalqaro

hukumatlararo  tashkilotlar  va  xorijiy  davlatlarning  hukumat  tashkilotlari  vakolatxonalari,

xalqaro  va  xorijiy  nodavlat  (hukumatga  qarashli  bo‘lmagan)  notijorat  tashkilotlarining

vakolatxonalari)ni*,  shuningdek,  xususiy  ishlar  bo‘yicha  ularni  O‘zbekiston  Respublikasiga

taklif  qilgan  shaxslarni  xabardor  qilgan  holda  xohishlariga  ko‘ra  mehmonxona  xizmatlari  —

vaqtinchalik  yashash  bo‘yicha  xizmatlar  ko‘rsatiladigan  joylashtirish  vositalarida

(mehmonxonalar, turizm bazalari va komplekslari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar,

kempinglar,  motellar,  milliy  mehmonxona  uylari,  o‘tov  lagyerlari,  sanatoriylar  va  boshqa

obyektlarda), boshqa turar joylarda, shuningdek davolash muassasalarida yashaydilar.



(3-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-apreldagi  207-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

4.  O‘zbekiston  Respublikasidagi  xorijiy  fuqarolar  pasportlari  yoki  ularning  o‘rnini

bosuvchi  hujjatlarni*  o‘zlari  bilan  olib  yurishga  va  ularni  vakolatli  organlar  vakillarining

talabiga ko‘ra ko‘rsatishga majburdirlar.

* Keyingi o‘rinlarda matnda “milliy pasportlari” deb ataladi.

Milliy  pasportni  yo‘qotib  qo‘yganlik  to‘g‘risida  xorijiy  fuqarolar  ularni  qabul  qiluvchi

tashkilotlarga va ichki ishlar organlariga tezlik bilan xabar qilishlari kerak.

(4-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999-yil  16-apreldagi  178-sonli  qarori

tahririda)

Keyingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

5.  Qabul  qiluvchi  tashkilotlar,  shu  jumladan  turizm  operatorlari  xorijiy  fuqarolarga

O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlarida  va  ushbu  Qoidalarda  nazarda  tutilgan

ularning  huquqlari  va  majburiyatlarini  o‘z  vaqtida  tushuntirilishini,  xorijiy  fuqarolarga

nisbatan  belgilangan  huquqiy  normalarning  aniq  bajarilishini  ta’minlaydilar,  xorijiy

fuqarolarning tegishli hisobini yuritadilar, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Ichki

ishlar vazirligining tegishli bo‘limlarida vaqtinchalik propiska qilishning ta’minlanishi, ularning

respublika  hududida  harakatlanishi  va  ular  bo‘lishining  muayyan  muddati  tugagandan  keyin

O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlari uchun javob beradilar.

Xorijiy  turistlarni  qabul  qiluvchi  turizm  operatorlari,  shuningdek  ularning  xodimlari

xorijiy  turistlar  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligining  buzilishi  yuzasidan

javobgarlikdan  ozod  qilinadilar,  ushbu  bandning  birinchi  xatboshida  nazarda  tutilgan

javobgarlik bundan mustasno.

(5-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-apreldagi  207-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

6.  Xorijiy  fuqaro  tashkilotlardan  birining  taklifiga  ko‘ra  bu  yerga  kelgan  hollarda,

boshqa  tashkilot,  bu  fuqaroga  nisbatan  mazkur  qoidalarning  5-bandida  nazarda  tutilgan

majburiyatlarni  amalga  oshirib  va  javobgarlikni  zimmasiga  olib,  uni  O‘zbekiston

Respublikasida qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.



Oldingi tahrirga qarang.

6 .  Ularga  nisbatan  viza  rejimi  qo‘llanmaydigan  yoxud  vizalar  berishning

soddalashtirilgan  tartibi  qo‘llanadigan,  uchinchi  shaxslarning  takliflarisiz  yoki  turist  sifatida

takliflarsiz  kelishgan  xorijiy  fuqarolar  pasport  bo‘yicha  nazoratdan  o‘tgungacha  ushbu

Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va javobgarliklar bilan tanishadilar. Ko‘rsatib

o‘tilgan  fuqarolar,  zarurat  bo‘lganda,  vizalarni  uzaytirishga  hujjatlarni  mustaqil  ravishda

berish huquqiga egadirlar.

(6 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga

asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

7. Xorijiy fuqarolarni xususiy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan va

ularga  turar  joy  bergan  shaxslar  bu  fuqarolarni  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar

vazirligining  ichki  ishlar  boshqarmasining  tegishli  bo‘limlarida  o‘z  vaqtida  ro‘yxatdan

o‘tkazilishini  ta’minlash  uchun  chora-tadbirlar  ko‘rishga  va  ularga  belgilangan  bo‘lish

muddatlari  tugashi  bilan  O‘zbekiston  Respublikasidan  chiqib  ketishlarida  ko‘maklashishga

majburdirlar.

(7-bandning  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999-yil  16-

apreldagi 178-sonli qarori tahririda)

Mazkur  shaxslar  tomonidan  xorijiy  fuqarolarga  turar  joy,  transport  vositalari

berilishiga  yoki  ularga  boshqa  xil  xizmatlar  ko‘rsatilishiga,  agar  bu  O‘zbekiston

Respublikasining  amaldagi  qonunchiligi  va  mazkur  qoidalarning  buzilishiga  olib  kelishi  aniq

bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.

8. O‘zbekiston Respublikasida turgan xorijiy fuqarolar uning qonunchiligiga va mazkur

Qoidalarga rioya qilishga majburdirlar.

Oldingi tahrirga qarang.

9.  Xorijiy  fuqarolar,  shuningdek,  mansabdor  shaxslar  va  O‘zbekiston  Respublikasining

boshqa fuqarolari tomonidan mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni o‘z

vakolatlari  doirasida  ichki  ishlar  organlari  va  Tashqi  ishlar  vazirligi,  joylardagi  hokimiyat

organlari  va  O‘zbekiston  Respublikasining  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  bilan

hamkorlikda amalga oshiradilar.



Keyingi tahrirga qarang.

10.  Xorijiy  fuqarolarni  vaqtincha  ro‘yxatdan  o‘tkazish,  ularga  doimiy  yashash  va

O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  yurishlari  uchun  ruxsatnomalar  berish  tartibi

O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlari bilan,

shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Tashqi ishlar

vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tenglik asosida o‘zgartirilishi mumkin.



(9  va  10-bandlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999-yil  16-apreldagi  178-sonli

qarori tahririda)

Oldingi tahrirga qarang.


Download 182.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling