Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1
Download 182.37 Kb. Pdf ko'rish
|
(invalid)
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori
tahririda) Oldingi tahrirga qarang. Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xorijiy fuqarolar o‘zi turgan joydagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: belgilangan shakldagi iltimosnoma; qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan shakldagi iltimosnomasi; milliy pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun hujjat; uy-joy egasining vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishga yozma roziligi va uy-joyga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar; davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya. Xorijiy fuqarolar vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirish uchun ichki ishlar organlariga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati tamom bo‘lishigacha uch ish kunidan kechikmay murojaat qilishlari kerak.
16. Joylashish vositalarida va davolash muassasalarida quyidagilar hisobga olinadi: (16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13- apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda) a) xizmat, savdo yoki jamoat ishlari bilan, davolanishga yoki dam olishga, turist sifatida, ayrim hollarda ichki ishlar organlari ruxsati bilan fuqarolar taklifnomalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy fuqarolar, mazkur Qoidalarning 12 va 14-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolar bundan mustasno.
b) xususiy ishlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan milliy (diplomatik yoki xizmat) pasportlarga ega bo‘lganlar, chet mamlakatlar tashqi ishlar idoralarining xodimlari va ularning oila a’zolari. (16-bandning birinchi xatboshi va “a” kichik bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda) Keyingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Keyingi tahrirga qarang. 17. Mazkur Qoidalarning 16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolar joylashish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda, bu fuqarolarning shaxsiy murojaatnomalari yoki qabul qiluvchi tashkilotlarning buyurtmanomalari asosida murojaatnomalarda, turlarda, arizalarda ko‘rsatilgan muddatga yoki vizaning amal qilish muddatida hisobga olinadi va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishga tenglashtiriladi.
18. O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelishgan xorijiy fuqarolarning joylashish vositalarida va davolash muassasalarida hujjatlarini va yashashini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatlarisiz ushbu Qoidalarning 11-bandida belgilangan muddatdan ortiqcha vaqtinchalik propiskasiz rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Download 182.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling