Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1


IV. XORIJIY FUQAROLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA YuRIShLARI


Download 182.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana07.11.2021
Hajmi182.37 Kb.
#171442
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
(invalid)

IV. XORIJIY FUQAROLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA YuRIShLARI

Oldingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

32.  Xorijiy  fuqarolar  O‘zbekiston  Respublikasi  hududi  bo‘ylab  faqat  xorijiy  fuqarolar

borishiga ruxsat berilgan joylarda harakat qilishlari shart.

Oldingi tahrirga qarang.

Xorijiy  fuqarolar  vaqtincha  bo‘lish  joyiga  kelishgach  O‘zbekiston  Respublikasi  ichki

ishlar  organlarida  vaqtincha  ro‘yxatdan  o‘tishlari  yoki  joylashish  vositalari  va  davolash

muassasalarida hisobga turishlari shart.



(32-bandning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-

apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va yashash ruxsatnomasiga ega

bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muayyan yashash joyida bo‘lgan

davr  uchun  amalga  oshiriladi.  Uch  kundan  olti  oygacha  bo‘lgan  davrda  vaqtincha  ro‘yxatdan

o‘tkazish shaxsni doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarmasdan amalga oshiriladi. 6 oydan

ortiq  muddatga  vaqtincha  ro‘yxatdan  o‘tkazish,  xizmat  safariga,  ta’tilga,  dam  olish  yoki

davolanishga  borayotgan  shaxslardan  tashqari,  shaxsni  doimiy  yashash  joyidan  ro‘yxatdan

chiqargan holda amalga oshiriladi.



(32-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil  7-iyuldagi  200-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)

33. Xorijiy fuqarolarning chegara zonalariga yoki xorijiy fuqarolarning borishlari uchun

yopiq  bo‘lgan  joylarga  kirishlari  va  ularning  yurishlari  ichki  ishlar  organlarining  ruxsati

bilangina amalga oshirilishi mumkin:

qabul  qiluvchi  tashkilotlar  orqali  kelganlar  —  bu  tashkilotlarning  yozma

murojaatnomalari asosida;

xususiy  ishlar  bo‘yicha  kelganlar  —  xorijiy  fuqarolarning  shaxsiy  yozma  arizalari

asosida.



Qabul  qiluvchi  tashkilotlarning  iltimosiga  ko‘ra  xorijiy  fuqarolarga  bir  necha  marta

kelish va yurishga ruxsat berilishi mumkin.

34.  Tashqi  ishlar  vazirligida  akkreditatsiya  qilingan  xorijiy  fuqarolarning  O‘zbekiston

Respublikasida  yurishlari  tartibi,  agar  O‘zbekiston  Respublikasi  ishtirokchisi  bo‘lgan  xalqaro

bitimlarda  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  ikki  tomonlama  shartnomalar  va

tenglik asosida belgilanadi.

35.  Xorijiy  fuqarolarning  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  tranzit  o‘tishlari

O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning

tranzit o‘tishlari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi (3-ilovaga qaralsin).

36.  O‘zbekiston  Respublikasida  bo‘lish  joylarini  mazkur  qoidalarni  buzgan  holda

o‘zgartirgan  xorijiy  fuqarolar  ichki  ishlar  organlari  talabiga  ko‘ra  oldingi  kelgan  joylariga

qaytishga yoki tanlangan borish joylariga muvofiq yurishga majburdirlar.




Download 182.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling