Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1
Download 182.37 Kb. Pdf ko'rish
|
(invalid)
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda) (17 va 18-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. Keyingi tahrirga qarang. 19. Joylashish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasiga kelish vizasiga ega bo‘lmagan, shuningdek boshqa qoida buzishlarga yo‘l qo‘ygan xorijiy fuqarolar to‘g‘risida hududiy ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar qilishga majburdir.
Bunday shaxslarni joylashish vositalari va davolash muassasalarida rasmiylashtirish faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
20. Joylashish vositalarida va davolash muassasalarida xorijiy fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirish va bo‘lishi muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma iltimoslarida yoxud ushbu Qoidalarning 6 -bandida ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolar o‘zlarining yozma arizalarida (turistlar uchun — turning amalda bo‘lishi muddatiga), lekin viza amal qilishi muddati doirasida amalga oshiriladi. (20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda) Oldingi tahrirga qarang. (21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-apreldagi 178-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan) Oldingi tahrirga qarang. Keyingi tahrirga qarang. 22. O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rasmiylashtirish xorijiy fuqaro joylashish vositasi va davolash muassasasiga kelgandan so‘ng 48 soat mobaynida amalga oshiriladi. (22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda) Oldingi tahrirga qarang. 23. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqi bo‘yicha umumiy asoslarda joylashish vositalari va davolash muassasalariga joylashtiriladilar va hisobga olinadilar. (23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 24. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida va Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalarida akkreditatsiya qilinmagan diplomatik pasportlari mazkur Qoidalarga muvofiq joylashish vositalarida va davolash muassasalarida hisobga olinishi kerak. (24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13- apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda) Oldingi tahrirga qarang. Milliy pasport yoki akkreditatsiya kartochkasi asosida mehmonxonada yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus a’zolari pasportlarga va akkreditatsiya kartochkalarga biron-bir belgi qo‘yilmasdan joylashish vositalari va davolash muassasalarining hisobga olish daftarlarida va kartochkalarida hisobga olinishi kerak. 1
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13- apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda) Oldingi tahrirga qarang. Keyingi tahrirga qarang. 25. Joylashish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati tomonidan xorijiy fuqarolarni hisobga olish yuzasidan talablarga rioya etilishini ichki ishlar organlari nazorat qiladilar. (25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda) Oldingi tahrirga qarang. 26. Mazkur Qoidalarning 14, 15 va 16-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolar akkreditatsiya yoki ularni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirish tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida, ichki ishlar organlarida va joylashish vositalari va davolash muassasalarida vizalarning amalda bo‘lish muddati belgilangan tartibda uzaytirilgandan so‘ng, ularning amalda bo‘lish muddatiga ko‘ra amalga oshiriladi.
27. O‘zbekiston Respublikasiga olti oygacha muddatga kelgan xorijiy fuqarolarning shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarida hisobga olinishi kerak. Xorijiy fuqarolar o‘z transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olti oydan ortiq muddatga olib kelishlar, bu transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida milliy raqam belgilarini almashtirgan holda ro‘yxatga olinadi. (27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29- apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda) Xalqaro haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiyaning tegishli talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida ularning tasdiqlangan tarjimasi mavjud bo‘lganda haqiqiy hisoblanadi. Xorijiy fuqarolarga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish yoki bu fuqarolarga ko‘rsatilgan Konvensiya talablariga javob bermaydigan guvohnomalarni almashtirib berish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Keyingi tahrirga qarang. Xorijiy shaxslarning transport vositalarini davlat texnik ko‘rigidan o‘tkazish ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan xorijiy fuqarolarga tegishli bo‘lgan avtotransportni xorijiy fuqarolarga foydalanish uchun berish avtomototransport davlat raqami belgisini xorijiy fuqarolarga mo‘ljallangan tegishli toifasiga almashtirib berish uchun ichki ishlar organlarini xabardor qilgan holda notarial tartibda rasmiylashtiriladi. Xorijiy fuqarolar tomonidan qaytarib olib ketish majburiyati bilan olib kelingan avtotransport belgilangan muddat tugashi bilan chet elga olib ketilishi kerak va O‘zbekiston Respublikasi hududida egasi qoldirilishi mumkin emas. Download 182.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling