Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1
II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VAQTINChA BO‘LUVChI XORIJIY FUQAROLARNI
Download 182.37 Kb. Pdf ko'rish
|
(invalid)
II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VAQTINChA BO‘LUVChI XORIJIY FUQAROLARNI
RO‘YXATDAN O‘TKAZISh (II bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178- sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. Keyingi tahrirga qarang. 11. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy pasportlar bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish asosida yashaydilar. Milliy pasportlar belgilangan joyga kelgandan so‘ng uch sutka mobaynida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasno. 1
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. 12. Quyidagilar chet el pasportlarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishdan ozod qilinadilar: (12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16- apreldagi 178-sonli qarori tahririda) a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflariga ko‘ra respublikaga kelgan chet mamlakatlar davlatlari va hukumatlari boshliqlari, parlamentlar va hukumatlar delegatsiyalarining a’zolari, ushbu delegatsiyalarning texnik xodimlari, sanab o‘tilgan shaxslarning oila a’zolari;
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan berilgan pasportlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar; v) 16 yoshga to‘lmagan xorijiy fuqarolar; g) O‘zbekiston Respublikasiga bayram va dam olish kunlari yoki odatdagi kunlarda uch sutkagacha muddat bilan kelgan va shu kunlar mobaynida respublikadan jo‘nab ketuvchi fuqarolar;
d) safarda yurgan xorijiy turistlar, agar ularning respublikaning har bir aniq aholi yashash joyida bo‘lishlari muddati uch sutkadan oshmasa;
e) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy harbiy samolyotlar (kemalar)ning ekipajlari a’zolari. Harbiy samolyotlar (kemalar)ning ekipajlari a’zolarining qirg‘oqqa tushishi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishiga kelgan harbiy samolyotlar (kemalar) qabul qilish rejasiga muvofiq katta (harbiy) boshliq tomonidan ruxsat etiladi; j) xalqaro yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi xorijiy avtotransport vositalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, tashishlarni amalga oshirayotgan yo‘nalishlaridagi shaharlarda va aholi yashash joylarida, shu jumladan, boradigan joylarda bo‘lgan chog‘larida; z) harbiy bo‘lmagan chet el kemalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar garnizonlarda va chegara shaharlarida bo‘lgan chog‘larida, bu shaxslar uyushgan holda sayohatga chiqqan vaqtlarida esa O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham. Xorijiy fuqarolar ko‘rsatib o‘tilgan toifalarining obyektlardan chiqishlariga portlarda amalda bo‘lgan qoidalar va yo‘riqnomalarga muvofiq chegara qo‘shinlari vakillari tomonidan ruxsat etiladi; i) xalqaro aviatsiya yo‘llarining fuqaro havo kemalari ekipajlari, xalqaro temir yo‘l poyezdlari brigadalari tarkibiga kiruvchi shaxslar, qatnovning amaldagi jadvalida ko‘rsatilgan aeroportlarda yoki stansiyalarda bo‘lgan chog‘larida.
Download 182.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling