Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1
Download 182.37 Kb. Pdf ko'rish
|
(invalid)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang. 13. Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Joylashish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi.
Ichki ishlar organlari har haftada hududlar bo‘yicha manzil-ma’lumotnoma byurosiga kelish va ketish varaqalarini yuborishi shart. Joylashish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari har kuni (joylashgandan keyin o‘n ikki soat mobaynida) ichki ishlar organlarini maxsus elektron avtomatlashtirilgan dastur yordamida propiskadan o‘tishi kerak bo‘lgan joylashgan shaxslar to‘g‘risida Internet tarmog‘i orqali joylashish vositalarida turuvchilarning hisobini yuritish to‘g‘risida xabardor qilishi shart. (13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13- apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda) Keyingi tahrirga qarang. Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi: a) chet el diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari, diplomatik korpus xodimlari, konsullik mansabdor shaxslari, harbiy attashelar diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari; b) ommaviy axborot vositalari vakillari va ularning oila a’zolari; Oldingi tahrirga qarang. v) O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ishlari bo‘yicha kelgan xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari, ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari xodimlari, shuningdek, mamlakatlarning O‘zbekiston Respublikasida shtab- kvartiraga ega bo‘lgan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari huzuridagi vakolatxonalarining, shu tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga ko‘ra diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanadigan xodimlari va ularning oila a’zolari; (14-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29- apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning vakolatxonalari ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga akkreditatsiya kartochkalarini beradilar va akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida bevosita ularning milliy pasportlariga yozib qo‘yadilar. (14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. Keyingi tahrirga qarang. 15. Mazkur Qoidalarning 12, 14 va 16-bandlarida ko‘rsatib o‘tilmagan xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Murojaatnoma ichki ishlar organlariga bayram va dam olish kunlarini istisno qilgan holda xorijiy fuqarolar qabul qiluvchi tashkilotlarga milliy pasportlar vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirgan vaqtlaridan boshlab uch sutkadan kechikmay berilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasiga xususiy ishlar bo‘yicha, fuqarolarning takliflari bo‘yicha kelgan xorijiy fuqarolar, agar O‘zbekiston Respublikasi bilan tegishli mamlakat o‘rtasidagi bitimga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasiga kelishning boshqacha tartibi o‘rnatilmagan bo‘lsa, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va o‘zlaridagi vizalarni belgilab qo‘yish uchun ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etadilar.
Download 182.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling