Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1


V. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BO‘LISh MUDDATINI QISQARTIRISh VA UNDAN


Download 182.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/20
Sana07.11.2021
Hajmi182.37 Kb.
#171442
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
(invalid)

V. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BO‘LISh MUDDATINI QISQARTIRISh VA UNDAN

ChIQARIB YuBORISh

37. Mazkur qoidalarni buzganlik uchun xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining

amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

Mazkur qoidalarning talablariga rioya qilishga majbur bo‘lgan shaxslar (shu jumladan

xorijiy  fuqarolarni  respublikaga  xususiy  ishlar  bo‘yicha  taklif  qilgan  yoki  ularga  xizmat

ko‘rsatayotgan shaxslar) tomonidan ularning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga

muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

38.  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligini  yoki  mazkur  qoidalarni  buzgan  xorijiy

fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bo‘lish muddati qisqartirilishi mumkin.

Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati uning bundan buyon bu

yerda bo‘lishi uchun asos yoki mablag‘ bo‘lmagan hollarda ham qisqartirilishi mumkin.

39. Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini qisqartirish va uni

respublika hududidan chiqarib yuborish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

40. Xorijiy fuqaro O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan taqdirda, ya’ni

O‘zbekistonda  yashash  huquqini  beruvchi  hujjatlarsiz  yoki  haqiqiy  bo‘lmagan  hujjatlar

bo‘yicha yashaganda, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tishning, harakatlanish yoki yashash

joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya qilinmaganda, bo‘lish muddati tugagandan keyin

chiqib  ketishdan  bosh  tortganda,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududi  orqali  tranzit  o‘tish

qoidalariga  rioya  qilmaganda,  keyinchalik  O‘zbekiston  Respublikasiga  kelish  huquqini  bir

yildan uch yil muddatgacha cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishi

mumkin.

Xorijiy  fuqaro  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  sodir  etilgan  jinoyat  uchun  sud

tomonidan tayinlangan jazoni ijro etgandan yoki o‘tagandan yoxud qonun hujjatlarida nazarda

tutilgan  hollarda  jinoiy  javobgarlikdan  yoki  jazodan  ozod  qilingandan  so‘ng,  keyinchalik

O‘zbekiston Respublikasiga kelish huquqi cheklangan holda:

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun

— besh yilga;

og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun — o‘n yilga;

o‘ta  og‘ir  jinoyatlar  sodir  etganligi  uchun  —  umrbod  O‘zbekiston  Respublikasidan

chiqarib yuboriladi

Xorijiy  fuqaroga  O‘zbekiston  Respublikasiga  kelish  huquqini  cheklash  muddati,  u

O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  chiqarib  yuborilgan  (Davlat  chegarasini  kesib  o‘tish)

paytdan boshlab hisoblanadi.

(40-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  7-avgustdagi  236-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)

41. Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi muddatini qisqartirish va uni

respublikadan  chiqarib  yuborish  to‘g‘risidagi  qarorni  O‘zbekiston  Respublikasining  vakolatli

organlari  qabul  qiladilar.  Xorijiy  fuqaro  shu  qarorda  ko‘rsatilgan  muddatda  O‘zbekiston




Respublikasidan  chiqib  ketishga  majburdir.  Bunday  hollarda  chiqib  ketishdan  bosh  tortgan

xorijiy fuqarolar qonunchilikka muvofiq majburiy tartibda chiqarib yuboriladi.

Xorijiy  fuqaroga  berilgan  viza  u  O‘zbekiston  Respublikasidan  chiqarib  yuborilganda

bekor qilinadi.

42.  Qabul  qiluvchi  tashkilotlar  va  xususiy  shaxslar  o‘z  takliflari  bo‘yicha  O‘zbekiston

Respublikasida  turgan  xorijiy  shaxslarning  O‘zbekiston  Respublikasida  bo‘lishi  muddatlarini

qisqartirish va uning hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan ichki ishlar

organlariga murojaat qilishlari mumkin.

43.  Xizmat,  xususiy,  savdo  yoki  jamoat  ishlari  bilan,  o‘qish,  malaka  oshirish,  ishlash

uchun  yoki  turist  sifatida  kelgan  xorijiy  fuqarolarni  O‘zbekiston  Respublikasidan  chiqarib

yuborish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasidagi chiqarib yuborilayotgan xorijiy fuqarolarni

o‘z taklifi bo‘yicha qabul qilgan tashkilotlar va xususiy shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

Boshqa xorijiy fuqarolarni, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi

fuqarolarni chiqarib yuborish xarajatlari ichki ishlar organlari hisobidan amalga oshiriladi.

44.  Xorijiy  fuqaro  o‘zining  O‘zbekiston  Respublikasidan  chiqarib  yuborilishi  va

O‘zbekiston  Respublikasida  bo‘lishi  muddatini  qisqartirish  to‘g‘risidagi  qaror  ustidan

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va asosda shikoyat qilishga

haqlidir.

45.  Mazkur  Qoidalarning  37—43-bandlaridagi  qoidalar  O‘zbekiston  Respublikasi

qonunchiligi  va  xalqaro  shartnomalariga,  shuningdek,  xalqaro  huquq  normalariga  muvofiq

imtiyozlar va immunitetlardan foydalanuvchi shaxslarga nisbatan qo‘llanmaydi.

Keyingi tahrirga qarang.

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil  

21-noyabrdagi 408-son qaroriga  

3-ILOVA



Download 182.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling