Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1


Download 182.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana07.11.2021
Hajmi182.37 Kb.
#171442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
(invalid)

(3-bandning  “a”  kichik  bandi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004-yil  29-

apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)

b) rasmiy va parlament delegatsiyalari a’zolariga;

v) diplomatik maqomga ega bo‘lgan boshqa shaxslarga;

Oldingi tahrirga qarang.

g) ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha

kelganlarga, biroq ko‘pi bilan 2-marta kelganlarga.

Vizaning  uzaytirilishi  respublika  hududida  rasmiy  bo‘lishga  ruxsatnomaning

uzaytirilishini  anglatadi.  Amaliy  jihatdan  vizani  uzaytirish  amal  qilish  muddati  yangilangan



yangi viza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, xorijiy fuqaro akkreditatsiya qilingan taqdirda

esa vizaning turi ham o‘zgartiriladi.



(3-bandning  “g”  kichik  bandi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil  7-iyuldagi

200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

4.  Ko‘p  marta  foydalaniladigan  vizalar  ushbu  Tartibning  3-bandi  “a”  kichik  bandida

ko‘rsatilgan  xorijiy  fuqarolarga  ular  akkreditatsiya  qilingan  muddatga,  ushbu  Tartibning  3-

bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan fuqarolarga bir yilgacha muddatga beriladi.



(4-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil  7-iyuldagi  200-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)

5.  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Ichki

ishlar  vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  ichki  ishlar  boshqarmalari  O‘zbekiston

Respublikasidan  ketish  (ketish,  ketish-kelish)  vizalarini  berish  va  ularning  amalda  bo‘lish

muddatini  uzaytirishni  ushbu  Tartibning  3-bandida  ko‘rsatilmagan  xorijiy  fuqarolar  uchun

amalga oshiradilar.

6. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar bir yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Ichki

ishlar vazirligi tomonidan xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalariga va ularning oila a’zolariga

beriladi:

Keyingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

a)  vakolatxona  xodimining  akkreditatsiya  qilinganligini  tasdiqlovchi  hujjatlari  bo‘lgan

taqdirda,  O‘zbekiston  Respublikasi  Investitsiyalar  bo‘yicha  davlat  qo‘mitasi  akkreditatsiya

qilingan  firmalar  va  kompaniyalar  doimiy  vakolatxonalari  xodimlariga  beriladi.  Viza  xorijiy

firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasi iltimosnomasi asosida beriladi;

(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi

499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)

b) xorijiy fuqaroning xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti shtatiga kiritilganligini

tasdiqlovchi  hujjatlari  bo‘lgan  taqdirda,  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  O‘zbekiston

Respublikasida  ro‘yxatga  olingan  xorijiy  bank  yoki  boshqa  moliya  tashkiloti  xodimlariga

beriladi. Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining iltimosnomasi asosida beriladi;

Oldingi tahrirga qarang.

v)  O‘zbekiston  Respublikasida  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  yoki  akkreditatsiya  qilingan

qo‘shma korxonalar va 100 foiz xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar xodimlariga, ular

Tashqi  mehnat  migratsiyasi  masalalari  agentligining  mehnat  faoliyati  ko‘rsatish  uchun

ruxsatnomasini  olganlaridan  so‘ng,  agar  ikki  tomonlama  va  ko‘p  tomonlama  hukumatlararo

Bitimlar bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, beriladi. Viza korxona iltimosnomasi

asosida beriladi.

(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi

162-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)

Keyingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

g) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning

mansabdor shaxslari va mutaxassislariga vizalar O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari

va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining iltimosnomalari asosida beriladi.



(6-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  20-iyundagi  177-sonli  qaroriga

asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)

Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.


7.  O‘zbekiston  Respublikasiga  kelish  uchun  berilgan  viza,  tranzit  vizadan  tashqari,

O‘zbekiston  Respublikasining  barcha  hududida  haqiqiy  hisoblanadi,  xorijiy  fuqarolarning

borishlari uchun yopiq bo‘lgan joylar, obyektlar bundan mustasnodir.

8. O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari va ichki ishlar organlari tomonidan

xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan ketish vizalari berilganligi yoki

ularning  amalda  bo‘lish  muddati  uzaytirilganligi  uchun  ulardan  O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda davlat poshlinasi undiriladi.

Keyingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

9.  Xorijiy  fuqarolarning  O‘zbekiston  Respublikasiga  kelishlari  va  ketishlari  tartibi,

ularga  vizalar  berish  hamda  ularning  amal  qilish  muddatlari  O‘zbekiston  Respublikasining

boshqa  davlatlar  bilan  ko‘p  tomonlama  va  ikki  tomonlama  bitimlari  bilan,  tenglik  asosida,

shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  alohida  qarorlari  bilan

o‘zgartirilishi mumkin.



(9-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2001-yil  24-iyuldagi  315-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 14-son, 95-modda)

Keyingi tahrirga qarang.


Download 182.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling