Hujjat kuchini yo‘qotgan


-bob. Yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimining


Download 283.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana21.06.2023
Hajmi283.18 Kb.
#1638501
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
63-280~1

5-bob. Yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimining
vakolatiga kirmaydigan yer uchastkalari ajratish bo‘yicha materiallarni kelishish tartibi
29. Yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimi vakolatiga
kirmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvi yoki ijobiy
xulosasi olingandan so‘ng yer uchastkasi ajratish uchun keyingi ish kunidan kechikmasdan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga
taqdimnoma yuboradi.
30. Taqdimnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
ushbu Nizomning 
14-bandida 
nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda yer uchastkasi
ajratish haqidagi hujjatlar yig‘ma jildi;
vakolatli tashkilotlarning xulosalari va kelishuvlari.
Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron raqamli
imzo bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki ularning ko‘chirilgan nusxalari yuboriladi.
31. Taqdimnomada qayd etilgan yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirgan
taqdirda, taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgandan so‘ng uch ish kunida
ularni ko‘rib chiqadi va quyidagilar haqida qaror qabul qiladi:
taqdim etilgan materiallarga muvofiq yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida;
yer uchastkasining joylashgan joyi o‘zgartirilgandan keyin yer uchastkasi ajratilishi
mumkinligi to‘g‘risida asoslangan sabablarni ko‘rsatgan holda;
asoslangan sabablarni ko‘rsatgan holda yer uchastkasi ajratishni rad etish to‘g‘risida.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklarining qarori keyingi ish kunidan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali tegishli
taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
32. Yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi vakolatiga kirgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat
hokimligi taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni olgandan so‘ng keyingi kundan
kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yer
uchastkalari ajratish masalasini ko‘rib chiqish haqida xat yuboradi.
Xatga tuman (shahar) hokimligining taqdimnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyat hokimligining qarori loyihasi va ushbu Nizomning 
30-bandida 
nazarda tutilgan
hujjatlar ilova qilinadi.
Agar yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish Toshkent shahar hokimi vakolatiga
kirmasa, u holda Toshkent shahar hokimi vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvi yoki ijobiy
xulosasini olgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga o‘z qarorining loyihasini, hujjatlar yig‘ma jildini va vakolatli tashkilotlarning ijobiy
kelishuvlari yoki ijobiy xulosalari bo‘yicha materiallarni ilova qilgan holda xat yuboradi.
33. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n ish kuni mobaynida yig‘ma jild va
materiallarni ko‘rib chiqadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent
shahar hokimligining qarori loyihasini yer uchastkasi joylashgan joyi bo‘yicha tegishli kompleks
rahbari tomonidan viza qo‘yish yo‘li bilan kelishadi hamda uni keyingi ish kunidan kechiktirmasdan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahri hokimligiga, shuningdek,
tegishli taqdimnomani kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Istisno holatlarda, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan qaror chiqariladi.


08.04.2023, 16:19
63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa…
https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019
24/28
Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
bilan kelishib olingandan keyin bir ish kuni davomida hujjatlar to‘plamini va vakolatli
tashkilotlarning ijobiy kelishuvlari yoki ijobiy xulosalari bo‘yicha materiallarni, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahri hokimligining qarorini ilova qilgan holda,
davlat korxonasi filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga yuboradi.
34. Tanlangan yer uchastkasining joylashgan joyiga rozilik berilmagan taqdirda, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlar yig‘ma jildini ko‘rib chiqqandan keyin bir kun davomida
asoslangan sabablarni ko‘rsatgan holda, “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, shuningdek tegishli taqdimnoma
kiritgan tuman (shahar) hokimligiga xat yuboradi.
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari ushbu Nizom 31-
bandining 
uchinchi xatboshida 
nazarda tutilgan qarorni chiqarganda yoki O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rozilik bermagan holatlarda, tuman (shahar) hokimligi uch ish
kuni davomida yer uchastkasining joylashgan joyini qayta ko‘rib chiqadi hamda yer uchastkasini
ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar bilan ushbu Nizomning 
16 ― 27-banlarida 
belgilangan
tartibda kelishish (xulosa olish) uchun takroran yuboradi.
Bunda, yer uchastkasini tanlash bo‘yicha takroran yuborilgan materiallar vakolatli tashkilotlar
tomonidan ikki ish kunida ko‘rib chiqilishi lozim.
Vakolatli tashkilotlar bilan yer uchastkasi ajratish materiallari kelishilgandan (xulosa
olingandan) so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklariga ushbu Nizomning 
29 — 34-bandlarida 
belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun
takroran yuboriladi.

Download 283.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling