08.04.2023, 16:19
63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa…
https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019
2/28
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib
qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer
uchastkalarini berish va yer
uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibini
belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy
qurilishi olib borilayotgan massivlarga tatbiq etilmaydi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda “YERELEKTRON”
AAT deb ataladi) — Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son
qaroriga
muvofiq yer
uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish
va unga kiritilgan vakolatli
organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini
amalga oshirish uchun
avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi (keyingi o‘rinlarda “E-IJRO
AUKSION” deb ataladi) — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish
uchun zarur
axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-
auksionlar jarayonlaridan bevosita foydalanish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
yer uchastkasi — yer fondining qat’iy belgilangan chegara, maydon, joylashuv joyi, huquqiy
rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega qismi;
xabarnoma — Internet tarmog‘ida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi)
va uning hududiy
boshqarmalari rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladigan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan
umrbod egalik qilish huquqining kelgusida realizatsiya qilinishi haqida “E-IJRO AUKSION”dagi
axborot;
Keyingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: