Hujjat kuchini yo‘qotgan


-bob. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod


Download 283.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana21.06.2023
Hajmi283.18 Kb.
#1638501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
63-280~1

3-bob. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod
egalik qilish huquqini auksion orqali realizatsiya qilish tartibi
§ 1. Yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish va yer uchastkalarini auksionga qo‘yish uchun
zarur materiallarni tayyorlash tartibi


08.04.2023, 16:19
63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa…
https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019
5/28
14. 0,04 gektar va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan
umrbod egalik qilish huquqi elektron onlayn-auksionlarda (keyingi o‘rinlarda auksion deb ataladi)
realizatsiya qilinadi.
15. Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi auksion orqali realizatsiya qilishga
mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda ro‘yxat deb ataladi) davlat
korxonasi filiallari tomonidan tayyorlanadi hamda har chorakda — keyingi chorak oyining o‘ninchi
sanasigacha yangilanadi.
16. Ro‘yxat elektron shaklda “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga
yuboriladi.
Ro‘yxatga har bir yer uchastkasi bo‘yicha elektron shaklda quyidagi materiallar ilova qilinadi:
yer uchastkasini topografik xaritada (chegara burilishlarining koordinatali nuqtalari bilan),
bunday xarita bo‘lmagan taqdirda — Google map xaritada (tijorat maqsadlarida tarqatmaslik sharti
bilan) yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda
esa mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) M 1:500 dan M 1:1000 cha bo‘lgan
masshtabda ko‘rsatilgan holda joylashtirish rejasi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan fotosurati (15x20 sm).
Ro‘yxatga ilovalarda ushbu bandning
uchinchi — beshinchi xatboshilarida 
ko‘rsatilgan
materiallardan birortasi bo‘lmasa yoki ular tegishli sifatda taqdim etilmasa (boshqa masshtabda,
noaniq tasvirda taqdim etilsa), tuman (shahar) hokimliklari ro‘yxatni ikki ish kuni mobaynida qayta
ishlash uchun qaytarib berishga haqli.
17. Tuman (shahar) hokimligi ro‘yxat kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida
ro‘yxatda ko‘rsatilgan yer uchastkalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun realizatsiya qilish
bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlaydi hamda ro‘yxatni “YERELEKTRON” AAT orqali xulosa olish
uchun qurilish bo‘limiga yuboradi.
Aholi punkti bosh rejasida yakka tartibda uy-joy qurilishi nazarda tutilgan va yer uchastkalari
ro‘yxatiga kiritilgan aholi punktlari qismlarining BRL mavjud bo‘lmaganda tuman (shahar)
hokimligi ro‘yxat kelib tushgan paytdan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida belgilangan tartibda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligiga, viloyat yoki Toshkent shahar qurilish Bosh
boshqarmasiga vakolatli loyiha tashkiloti bilan tegishli BRLlarni ishlab chiqishga shartnoma tuzish
uchun yuboradi.
BRL ishlab chiqilgandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyat yoki
Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasi belgilangan tartibda tasdiqlangan BRLni mazkur
Nizomga muvofiq yer uchastkalarini auksionga qo‘yish uchun kerakli materiallarni tayyorlash
uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
18. Qurilish bo‘limi ikki ish kuni mobaynida xulosani tayyorlaydi va uni tuman (shahar)
hokimligiga yuboradi.
19. Qurilish bo‘limi xulosasi tuman (shahar) hokimligiga “YERELEKTRON” AAT orqali elektron
raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklida yoki ko‘chirilgan nusxa ko‘rinishida
yuboriladi. Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy xulosa sifatida berilishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi
egasiga shaharsozlik va boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etish talablari bayon qilinadi.
Salbiy xulosada qonunchilikning aniq normasiga tayangan holda, bo‘sh yer uchastkasini
berish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
20. Tuman (shahar) hokimligi qurilish bo‘limining ijobiy xulosasi kelib tushgan kundan keyingi
ish kuni mobaynida “YERELEKTRON” AAT orqali ushbu xulosani ilova qilgan holda ro‘yxatni
quyidagi vakolatli tashkilotlarga yuboradi:
a) xulosa olish uchun:
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga, Toshkent shahrida — Yer resurslari
va davlat kadastri boshqarmasiga;


08.04.2023, 16:19
63-сон 28.01.2019. Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexa…
https://lex.uz/ru/docs/-4182210?ONDATE=29.01.2019
6/28
tuman (shahar) yong‘in xavfsizligi bo‘limiga (bo‘linmasiga), Toshkent shahrida esa —
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga,
viloyat yoki Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga;
tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga, Toshkent shahrida esa
— Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati shahar markaziga;
O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga — aholi
punktlaridan tashqarida joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha, — bo‘lajak qurilish uchastkasining
yer qa’rida foydali qazilmalar yo‘qligi haqida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi huzuridagi tuman
yo‘llardan foydalanish korxonasiga;
“Suvoqova” DUK, “Suvsoz” DUK tuman (shahar) filialiga;

Download 283.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling